14-Yanvarga askarlar, xarbiylar uchun she’rlar

DO`STLARGA ULASHING:

✈️ 14-Yanvarga askarlar, xarbiylar uchun she’rlar
🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🔷 Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki
🔷Naslning javhari, davlat tayanchi,
🔷 Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
🔷 Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🔷 Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,
🔷 Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,
🔷 Qizlar kulgusida avju daromad,
🔷 Chollar uyqusida jannat, farog‘at
-O’zbegimning nomus –ori,
Oriyatli askarlari.
Momolarim iftixori
Toza vijdon , iymonlari,
Ona –Vatan posbonlari !

VATAN HIMOYACHISI
Mening akam harbiydir,
Vatan himoyachisi.
U jangovor komandir,
Uchqichning uchuvchisi.
Vatan sarhadlarini
Qo’riqlashar kunu tun.
Yov tumshug’in tiqolmas,
Yo’llari to’siq butun.
Men qahramon akamga,
Doim havas qilaman.
Voyaga yetsam agar
Men ham harbiy bo’laman.

14- yanvar Vatan himoyachilari kuniga tabrik she’r
Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim,
Soatga qarasam, ikkimi yo uch.
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,
Tashqariga tortdi allaqanday kuch.
Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha,
Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan,
“Havf, havf”, deya bor ovozicha
Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda.
Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim,
Shukrki, hammayoq tinch va osuda.
Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim,
Farzandlarim yotar qator uyquda.
Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol,
Bir-birin raqsga tortar xazonlar.
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,
Boshini tebratar gulu rayhonlar.
Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha,
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati – bu.
Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.
Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men,
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.
Senga ko‘ngildagi borini aytay,
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.
Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.

14-январь.Ватан ҳимоячилари кунига бағишланади.
Мард-у, майдонмиз Ватан,
Бир тан-у, жонмиз Ватан,
Биз Темур авлодлари,
Сенга посбонмиз Ватан.
Буюкликдир аҳдимиз,
Шамолдайин шахтимиз,
Ватан эрур фахримиз,
Сенга посбонмиз Ватан.
Сенга фидо жонимиз,
Муқаддас қўрғонимиз,
Тинч бўлсин осмонимиз,
Сенга посбонмиз Ватан.
Жалолиддин, Бобуршоҳ,
Тўмарис улуғ Широқ,
Мададкор бизга ҳар чоқ,
Сенга посбонмиз Ватан.
Мағрур осмон бошимиз,
Тоғлардек бардошимиз,
Порлоқдир қуёшимиз,
Сенга посбонмиз Ватан.
Жонимиздек сақлаймиз,
Хурлигингни ёқлаймиз,
Ишончингни оқлаймиз,
Сенга посбонмиз Ватан.
Сен жон-у, жахонимиз,
Сен шавкат-у, шонимиз,
Сенга фидо жонимиз,
Сенга посбонмиз Ватан
👮‍♂14-Yanvarni Biz Bilan.

Оставьте комментарий