DO`STLARGA ULASHING:
Maktab haqida she’rlar.
Ushbu sahifa maktab haqida she’rlar, hayoti, o‘qituvchi va o‘quvchi obrazlari, ta’lim-tarbiyaning muqaddaslik darajasiga bag‘ishlangan she’riy asarlarni jamlagan.
Ma’naviy yetuklik, bilimga intilish va ustozga hurmat tuyg‘ularini targ‘ib qiluvchi she’rlar bu yerda muntazam e’lon qilib boriladi.
She’riyat orqali ta’lim tarbiyaning ijtimoiy ahamiyatini yoritishga qaratilgan ushbu sahifa — o‘quvchi, ustoz va barcha kitobsevarlar uchun mo‘ljallangan.
Salom maktab.
Ertaga ertalab, xuddi qushlar kabi,
Butun mamlakat bo’ylab qo’ng’iroqlar chalinadi.
Biz dam oldik va quyoshga botdik,
Maktabga to’liq tayyor.
Uchirishdan oldin astronavtlar kabi
Biz hozir biroz xavotirdamiz.
Biz allaqachon stollarni sog’indik,
Ha, va ular bizsiz baxtli emas …
Yigitlarning jo’shqin yuzlari bor,
Atrofdagilarning hammasi qichqiradi.
Tajriba almashish vaqti keldi
Men sen bilan sen men bilan.
Dengiz to’lqinlari haqida kim aytadi,
Tog’ dovonini kim eslaydi.
Ko’pchiligimiz quvnoq va baxtlimiz!
Hamma bir joyda bo’ldi.
Bayroqimiz shamolda hilpiraydi,
Biz unga saflarda qaraymiz.
Biz ilm yo’lida olg’a intilamiz,
Biz vatanimizni jondan sevamiz.
Birinchi ustoz
Qalam tutib qólimga ilk bor,
Yozuv chizuv òrgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni kóp bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!
Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari roxatlar.
Óquvchimas sizga góyo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!
Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!
Kóp ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlariz órgatdiz bizga.
Bolada shóxliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan Ustoz!
Hanuz sog’inaman yoshlik chog’larim,
Deysiz bular mening óquvchim.
Kóchada kórganda ôg’il,qizlarim,
Qayta ôqisaydim birinchi Ustoz!
Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,
Ôtgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg’ubor damlarim kutub tursaydi,
A’lo baholarni olardim Ustoz!
Shamshod Safar ótdi yoshliging,
Kóp beg’ubor kóp shóxliging.
Armon bóldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi Ustoz!
Salom, jonajon maktab
Salom, jonajon maktab,
Tabarruk makon, maktab!
Qalbga ilm nurin sochgan,
Bamisli oftob maktab!
Chorlading quchog‘ingga,
Keldik bilim bog‘ingga,
Munis ona misoli
Bizga mehribon, maktab.
Nur taratgan shamsimon,
Ilm bog‘iga bog‘bon,
Ustozlar ta’lim berar,
Biz niholsimon, maktab.
Qancha buyuk insonlar,
Alloma-yu jahonlar,
Senda olishgan ta’lim,
Sen – nurli bo‘ston, maktab!
Maktabga qaytish
Yana yangi o’quv yili
U maktab oynasini taqillatdi.
Tomonlar bizni allaqachon kutishgan,
Ham darsliklar, ham xaritalar.
Qo‘ng‘iroq yana jiringladi
Dars boshlanadi.
Bo’r o’qituvchini qo’liga oladi,
Va zerikishni darhol yo’q qiling.
Keling, bilimga ega bo’laylik
Savodli bo’lish uchun.
Bir umr qolib ber maktab.
Maktabim bag‘ringda o‘ynab yurgandim,
Ilk sevgi hayolin o‘zingda surdim.
Katta bo‘lishga ham qachon ulgurdim,
Bu savol javobin topib ber maktab.
Yodimda darslarda yozgan xatlarim,
Yuraklar rasmiga to‘lgan daftarim.
Doim tergab turgan sinf rahbarim,
Qadringni sanog‘in topib ber maktab.
Farzanding ulg‘aydi bu sening bahting,
O‘n bir yil shaxt berdi onalik mehring.
Ko‘zimga qadrdon har bir daraxting,
Mehringning adog‘in topib ber maktab.
Bag‘ringdan ketyapmiz uchib xar tomon,
Qochgan darslarimiz biz uchun armon.
Bilimlar ulashgan bilimdon makon,
O‘zingdek ardog‘in topib ber maktab.
Kelajak xayotda sening yuzingmiz,
Bir biridan erka o‘g‘il qizingmiz.
Sen bilan qoladi bizning mehrimiz,
Biz uchun bir umr qolib ber maktab.
Ustozlarga atab she’r.
Bugun zamon o‘zgarib ketgan,
O‘zgargandir keksa, yoshgacha,
Ko‘ngillarni kibr mahf etgan,
Ustozlarga mehr boshqacha.
Bugun hamma chopog‘on yuzga,
Insoniylik oqsagan, tolgan,
Eti sizga, suyagi bizga,
Degan naql tarixda qolgan.
Haqiqat bu yolg‘onmas, sirmas,
Bo‘shab qolgan kutibxonalar,
Farzandini sinfini bilmas,
Afsus ba’zi ota onalar.
Kundalik bo‘sh bo‘lsa mayliga,
«Uch» bahoga e’tirozlar ko‘p,
Farzandini qarab ra’yiga,
Ustozini yomonlaydi xo‘p.
Telefonlar kirgan rusmga,
O‘quvchilar hamma setlarda,
Ustozini olib rasmga,
Chiqarmoqda INTЕRNЕTlarda.
Yig‘ilishga kelmaydi biroq,
Farzandini koyisangiz gar
Dag‘dag‘a-yu, bo‘lib ur to‘qmoq,
Kelayapti sochgani zahar.
Qalbim aro yig‘laydi bir oh,
Odamiylik bog‘i so‘ldimi,
Ota ona oppoq, begunoh,
O‘qituvchi qora bo‘ldimi.
Bugun zamon o‘zgarib ketgan,
Insoniylik oqsagan ,tolgan
Eti sizga suyagi bizga,
Degan zamon orqada qolgan.
Ta’rbiyaga ma’suldir har kim,
Hafa bo‘lmang yozgan she’rimga,
Men ham bitta oddiy muallim,
Va otaman farzandlarimga.
Muallim haqida she’rlar.
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim!!!
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim!!!
Maktab she’r.
Necha shodon Shamol esib,
Necha bahor Handon qotdi.
Vaqt to’xtamay Shoshib yelib,
Maktab davrim ortda qopdi…
