15-iyun Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Xalqaro xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tashkil topgan kun

  • Автор записи:
  • Рубрика записи:Muhim sanalar

DO`STLARGA ULASHING:

Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat: Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001-yil 15-iyun). ShHT o’z faoliyatida davlatlar o’rtasida o’zaro ishonch va do’stlikni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ta’lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish, umumiy harakatlar bilan mintaqaviy tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash kabi maqsadlarni o’rtaga qo’yadi. Shu bilan birga, tashkilot BMT tamoyillari va maqsadlariga, boshqa davlatlar mustaqilligi va suverenligini hurmat qilish, ichki ishlariga aralashmaslik va ularga nisbatan qurolli kuch ishlatmaslik, a’zo davlatlarning teng huquqligini ta’minlash, mintaqadagi masalalarni o’zaro hal etish kabi qoidalarga qat’iy amal qiladi.

У этой записи 28 комментариев

  1. Уведомление: review

  2. Уведомление: pgslot

  3. Уведомление: plinko

  4. Уведомление: melbet

Обсуждение закрыто.