2-sentyabr Gollandiyada gullar festivali

DO`STLARGA ULASHING:

2-sentyabr Gollandiyada gullar festivali
Gollandiyaning Aalsmer shahrida har yili 2-sentyabrda o’tkaziladigan gullar festivali dunyodagi eng mashhur va unutilmas gul ko’rgazmalaridan biri hisoblanadi. Festival sentyabr oyining ilk dam olish kunlarida o’tkazilib, Aalsmerda shanba kuni tonngi soat 8:30 da boshlanib, minglab odamlarni jalb qiladi.
Gullar festivali Aalsmer shahridagi auksiondan to Amsterdam markazigacha ikki yarim kilometrga cho’ziladi. Festival davomida musiqiy guruhlar, djaz gruppalar bayram dasturlari namoyish qilinadi, kostyumlashtirilgan tomoshalar, raqslar bo’lib o’tadi. Milliondan ortiq gullar 20 ta katta qayiq va 30 ta ajoyib bezatilgan avtomobillarda ko’chalar bo’ylab olib o’tiladi. Bu esa avtomobillar dizayni va gullar bilan bezatishning yangicha usullari namoyishi hamdir. Gollandiyaning yuzlab gul firmalari qayiqlar va avtomobillarni turli rangdagi gullar – xrizantema, nilufargul, atirgul, lola, freziya kabilar bilan bezatishda fantaziyalarini namoyon etadilar. Gollandiyada bir bor bo’lgan insonni bu gullar festivali befarq qoldira olmaydi. Bu mamlakatda gullar qiroli deb bemalol lolani atash mumkin. Bundan tashqari lola necha asrlardan buyon Gollandiya ramzi hisoblanadi. Bayram kunlarida hamma uylar, devorlar, mashinalar guldastalar bilan bezatiladi. Bunda Aalsmer shahri ko’ngillilari yordam beradilar. Ma’lumki, «Gul bayrami” dunyoda keng tarqalgan an’ananalardan biridir. Barcha joylardagi gul bayramlarining mohiyati va mazmuni bir-biriga yaqin bo’lsada, biroq ular o’ziga xos usul, rang-barang shaklda, milliy va mahalliy xususiyatlar bilan uyushtirilmoqda. «Gullar festivali” kishining ekologik va estetik tarbiyasida muhim rol o’ynashi bilan birgalikda go’zallik yaratish uchun mehnat qilishga undaydi.

15 комментариев к “2-sentyabr Gollandiyada gullar festivali”

  1. Уведомление: buy benelli guns online

  2. Уведомление: buy mushrooms online

  3. Уведомление: Crawley dating

  4. Уведомление: maxbet

  5. Уведомление: แอพเงินด่วน

  6. Уведомление: mr mushies chocolate bar

  7. Уведомление: Ammunition for sale online

  8. Уведомление: look what i found

  9. Уведомление: navigate to this site

  10. Уведомление: orlistat weight loss nhs​

  11. Уведомление: ปั่นสล็อต

  12. Уведомление: 무료 영화 다시보기

  13. Уведомление: spa music

  14. Уведомление: click this site

  15. Уведомление: internet

Комментарии закрыты.