2-sentyabr Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil etilgan kun.

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 2-sentyabr Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil etilgan kun.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi (Intizor ko‘chasi, 68) — 1994 yil 2-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi oliy va o‘rta maxsus maktablari negizida tuzilgan. Akademiyaning asosiy vazifasi ichki ishlar organlarining oliy boshliqlar va boshliqlar tarkibini tayyorlash, huquq-tartibotni muhofaza qilish muammolarini tadqiq etish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdan iborat. Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ichki ishlar organlari ofitserlari malakasini oshirish fakulteti, oliy va akademik kurs hamda serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari, 21 kafedra, 14 bo‘lim va boshqa yordamchi xizmatlar faoliyat yuritadi.

Оставьте комментарий