2021-yilning eng go’zal qizi

DO`STLARGA ULASHING:

2021-yilning eng go’zal qizi

Har yili o’tkazilib kelinadigan “Koinot go‘zali – 2021” xalqaro go‘zallik tanlovining g‘olibi aniqlandi. Hindistonlik 21 yoshli Xarnaz Sandxu eng go’zal qiz deb topildi. Sandxu administrator sifatida faoliyat olib boradi, boʻsh vaqtida model va aktrisalik bilan shugʻullanadi. Bundan tashqari, ayollar huquqlari uchun kurashadi, atrof-muhitni himoya qilish loyihalarida ishtirok etadi.

Bu yil go‘zallik tanlovi Isroilda bo‘lib o‘tdi. Unda 80 mamlakatdan 80 nafar qiz ishtirok etdi. Final jahonning 170 dan ortiq davlatida jonli efirda namoyish etildi. Goʻzallik tanlovidagi ikkinchi oʻringa Janubiy Afrika Respublikasidan Lalela Msvane, uchinchi oʻringa paragvaylik Nadia Fereyra munosib deb topilgan.

Оставьте комментарий