21-may Ispan dengizchi-sayyohi Juan da Nova Muqaddas Yelena orolini ochgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

1502-yil 21-may ispan dengizchi-sayyohi Juan da Nova Muqaddas Yelena orolini ochdi.  Portugaliya  1143-yildan beri davlat sifatida  bo`lsada, har doim  dengizga yuzlangan. Azaldan bu yerda baliq ovlash va savdo kemalarning dengizda yurishi muhim tirikchilik vositasi bo`lgan. Tadqiqotlarga qiziqish dengizda kemalar yurishi  texnologiyalari rivojlanishi bilan birgalikda  Portugaliyaning   ekspansiyasini va buyuk geografik kashfiyotlarni yuzaga keltirdi. Birinchi yangi yerlarni ochuvchi sayyohlardan biri portugallarda xizmat qiluvchi  ispan dengiz sayyohi  Juan ha Nova edi.  1501-yilda Portugaliyadan  Hindistonga qatnovchi 4 ta kemadan iborat flotga boshchilik qilgan. Juan da Nova, Atlantika okeanida Vozneseniya orolini,  qaytishda  esa  -yana bir unchalik katta bo`lmagan orolni ochdi. Bu orolni  Da Nova janubiy  Atlantikada  1502-yil 21-mayda  Muqaddas Yelena kunida ochgan, shuning uchun orolning  nomi shunday atalgan. Muqaddas Yelena oroli — Atlantika okeanining janubiy qismidagi vulqonga oid orol bo`lib,  Janubiy Afrikadan 1900 km g`arbda joylashgan va maydoni 122 kv.km bo`lgan. Orol uzoqdagi  boshqa yevropaliklarga noma’lum bo`lgan. 1588-yilda  ingliz kapitani  Kavendish yer sharini kemada aylanib qaytayotganda unga tashrif buyurdi. Insonning orolda doimiy yashashi esa keyinroq  boshlandi. Faqat XVII asrlar o`rtasida, qachon gollandlar shu yerda birinchi mustamlakaga asos solishdi. Ma’lumotlarga  qaraganda, Muqaddas Yelena oroli  yevropaning janubiy yarim shardagi birinchi mustamlakasi bo`lgan. Bu orol strategik nufuzli obyekti bo`lgan, chunki  bu joy  dengiz kemalarini Hindistonga boorish yo`lida  suv va oziq-ovqat bilan  ta’minlashga xizmat qilgan.  XVII asrda orolga ozgina  vaqt gollandlar ega bo`lishgan, lekin  orolga egalik uchun  kurashda Angliya  g`alaba qilagan va  1659-yilda orol Ost-Ind  kompaniyasi qaramog`iga  o`tdi va 1834-yilga  qadar egalik qildi, keyin  orol Buyuk Britaniyaning mustamlakasiga aylandi. Lekin Muqaddas Yelena oroli ayniqsa, 1815-1821-yillarda Napoleon  Bonapart  surgun qilingan joyligi bilan mashhur,  Angliya  hukumati  shu yerda uni  asirlikda saqlagan, shu yerda  u 1821-yilda olamdan o`tgan. Endi orol bevosita ingliz tojiga  tegishli. 1967-yil Konstitutsiyasiga  binoan MuqaddasYelena oroli  cheklangan o`zini o`zi idora qilish huquqini oldi. Boshqaruvni ingliz gubernatori olib boradi, u qonun chiqaruvchi va ijro kengashlar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. Qonun chiqaruvchi Kengash tarkibiga gubernatordan tashqari  hukumat kotibi   va xazinachi tayinlanadi, Kengashning  12 ta a’zolarini aholi tarafidan  saylanadi. Ijro Kengashi  hukumat  funksiyasini bajaradi.  Orol aholisining  asosiy mashg`uloti — qishloq xo`jalik va baliq ovlashdan iboratdir. Tashqi savdo faqat Buyuk Britaniya  va AQSH bilan olib borilmoqda. Muqaddas Yelena oroliga metropoliya  tomonidan  ancha moliyaviy yordam beriladi. Orol aholisi 6 ming  kishi, asosan bu habashlar.

8 комментариев к “21-may Ispan dengizchi-sayyohi Juan da Nova Muqaddas Yelena orolini ochgan kun”

  1. Уведомление: check my source

  2. Уведомление: maxbet

  3. Уведомление: เงินด่วน

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: voir le site

  6. Уведомление: hire social media hacker online

  7. Уведомление: 주식선물

  8. Уведомление: ข่าวบอล

Комментарии закрыты.