23-sentabr – Buyuk faqih, imom Burhoniddin Marg‘inoniy tavallud topgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

23-sentabr – Buyuk faqih, imom Burhoniddin Marg‘inoniy tavallud topgan kun

Burhoniddin Marg’inoniy (to’liq ismi Abdulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Farg’oniy al-Rishtoniy al-Marg’inoniy) (1123.23.09 – 1197.29.10).

Buyuk faqih, imom Burhoniddin Marg’inoniy Farg’onaning Rishton tumanida tug’ilgan. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, so’ng imom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qo’lida tahsil ko’rdi. Rishton, Marg’ilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta’lim olib, sunniylikdagi diniy huquq mazhablaridan biri – hanafiylik mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom bo’lib yetishdi. 1149-yili haj safariga bordi va umrining oxirigacha Samarqandda yashadi va o’sha yerda vafot etdi (Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.)

Оставьте комментарий