23-sentyabr Saudiya Arabistoni mustaqillikka erishgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

23-sentyabr Saudiya Arabistoni mustaqillikka erishgan kun
Saudiya Arabistoni Qirolligi. Poytaxti-Ar-Riyod. Hududi — 2 250 000 kishi (2012). Davlat tili – arab. Davlat dini islom. Pul birligi- saudiya riyoli. Geografik joylashuvi va tabiati. Bu davlat Janubi-G’arbiy Osiyoda joylashgan. Arabiston yarimorolining taxminan 2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors qo’ltig’idagi qator qirg’oqbo’yi orollarini egallaydi. Janubda – Yaman (chegara uzunligi – 1458 km), shimolda- Iroq (814 km), Iordaniya (744 km) va Quvayt (222 km), janubi sharqda- Ummon (676 km) va Birlashgan Arab Amirliklari (457 km), sharqda- Qatar bilan (60 km) chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi-4431 km. G’arbda mamlakat Qizil dengiz va Akaba qo’ltig’i hamda sharqda Fors qo’ltig’i bilan tutashib ketgan. Sohil bo’ylab chegara uzunligi-640 km. Mamlakat hududi asosan sahrodan iborat. Qirg’oq bo’ylab torgina vodiylar joylashgan. Janubi-g’arbida uncha katta bo’lmagan tog’ tizmalari bor. Mamlakatning eng baland nuqtasi – Daka cho’qqisi (3353 m). Shimolda Suriya cho’lining bir qismi joylashgan. Mamlakatning janubi-sharqiy qismini katta sahro (Rub-el-Xali) egallagan. Mamlakatning suv resurslari juda kam. Hududining markaziy qismidagi bir necha daryolar yozga borib qurib qoladi. Mamlakat hududida boy neft, tabiiy gaz konlari mavjud, shuningdek, temir rudasi, mis, oltin ham bor. Ishlov beriladigan yerlar hududining faqatgina 1% ini egallaydi, o’tloq va yaylovlar 39% qismida joylashgan. Iqlimi kontinental, subtropik. O’simliklari asosan yarim sahro xarakteriga ega. Qishki, bahorgi yomg’irlar davrida yovvoyi achchiq tarvuz, astragal, saksovullar o’sadi. Tal va surd deb ataluvchi yolg’iz daraxtlar onda-sonda uchraydi. Mamlakatning hayvonot dunyosi ancha xilma-xil. Bo’ri, chiyabo’ri, fenek tulkisi, qum kiyigi, nubiya tog’ echkisi uchraydi. Kemiruvchi va sudraluvchilar – kichik bo’g’ma ilonlar, efa, agama va kaltakesaklar ko’p. Qushlar olami ham boy: burgut, kalxat, graf, sapsan. Qirg’oq pasttekisliklari chigirtkalarning ko’payish makonidir. Qizil dengiz va Fors qo’ltig’ida marjonlarning 2000 dan ziyod turi bor, ayniqsa qora marjonlar qimmat baholanadi. Saudiya Arabistoni 1932 yining 23 sentyabrida mustaqillikka erishgan (milliy bayrami – Qirollik e’lon qilingan kun).

21 комментарий к “23-sentyabr Saudiya Arabistoni mustaqillikka erishgan kun”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  2. Уведомление: buy dumps good balance

  3. Уведомление: nova88

  4. Уведомление: สล็อตเว็บตรง

  5. Уведомление: continue

  6. Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง

  7. Уведомление: cc dumps

  8. Уведомление: Buy Savage Arms Renegauge Turkey

  9. Уведомление: limanbet giriş

  10. Уведомление: maxbet

  11. Уведомление: linux sanal sunucu

  12. Уведомление: Key Wall Safe

  13. Уведомление: psilocybin mushrooms for sale usa​

  14. Уведомление: passive income investments

  15. Уведомление: สล็อตเครดิตฟรี

  16. Уведомление: this website

  17. Уведомление: Best Dogs for sale

  18. Уведомление: แทงหวย

  19. Уведомление: outboard jets for sale,

  20. Уведомление: No code testing automation tool

  21. Уведомление: see here now

Комментарии закрыты.