26-avgust Yunusobod tumani tashkil etilgan kun.

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 26-avgust Yunusobod tumani tashkil etilgan kun.

Yunusobod tumani — Maʼmuriy-hududiy birlik. 1936-yil 26-avgustda Kirov tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-yil may oyidan Yunusobod tumani deb ataladi.

Yunusobod nomining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (akademik A. Muhammadjonov) fikricha, joyning nomi juda qadimiy boʻlib, asli «Yunusrabot» deb atalgan. Bu oʻrinda «rabot» karvonsaroy maʼnosida qoʻllangan. Shimoliy tomondan shaharga kiruvchilar shu joyda qoʻnib oʻtishgan. Mahalliy ziyolilarning fikricha, joyning nomi sebzorlik tadbirkor Yunushoji Nodirhoji oʻgʻli (19-asr, Yunusobod Oqtepasida bogʻrogʻlari boʻlgan) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Tuman shaharning shimoliy qismida joylashgan. Amir Temur xiyobonidan boshlanib shimoliy tomonga, Toshkent katta halqa yoʻligacha davom etadi.

Оставьте комментарий