3d modelchilar studiyasini ochish

DO`STLARGA ULASHING:

3d modelchilar studiyasini ochish

💰 3d model yasab, ularni onlayn bozorlarda sotish hozirgi paytda ancha daromadli ish hisoblanadi. Bir dona yasagan modelingiz, sizga yillar davomida daromad keltirishi mumkin.

👨‍💻 Studiyada boshlanishiga 3 kishi ishlasa yetadi. Keyinchalik ishlar yurib ketganida, ishchilar sonini oshirsangiz bo’laveradi.

#Boshlanģich_xarajatlar:
– 3 dona kompyuter (sichqoncha+klaviatura bilan) — 2600$
– Mebellar (stol,kreslo, divan) — 350$
– Ishchilarga maosh — 750$
– Joy ijarasi — 300$
– Reklama — 300$

Jami: ~ 4300$ boshlang’ich sarmoya kiritish kerak.

#Oylik_xarajatlar:
– Joy ijarasi — 300$
– Ishchilarga maosh — 750$
– Reklama — 200$

Jami: ~ 1250$ oylik xarajatlar mavjud.

— Boshlang’ich 1-2 oyda foyda ko’rmasligingiz mumkin, lekin modellar soni ko’paygani sari foyda topishingiz ehtimoli ortib boradi. Hozirda O’zbekiston sharotida 3d modelyerlar oyiga 1000$ dan boshlab daromad qiladilar.