50 FOIZGACHA KONTRAKT PULI TO‘LAB BERILISHI MUMKIN, AGAR…

DO`STLARGA ULASHING:

Kontrakt pulini to‘lash imtiyozlari bo‘yicha ham savollar bo‘lmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan “Temir daftar»ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga» kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

BHM – 270 ming so‘m (2021 yil 1 sentyabrdan). 50xBHM=13 500 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

Agar siz oilangiz “Temir daftar»ga yoki o‘zingiz “Yoshlar daftari»ga kiritilgan bo‘lsa, bu imtiyozdan foydalanasiz.

«Temir daftar»ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra quyidagi oilalar kiritiladi:

  • ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan aʼzolari mavjud oilalar;
  • kam taʼminlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;
  • boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
  • ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
  • mehnatga layoqatli ishsiz aʼzolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
  • tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan aʼzolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan oilalar);
  • noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.