8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi

DO`STLARGA ULASHING:

8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir
senariysi
Tadbir o’tkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Chor atrofga Konstitutsiyamizga
bag’ishlangan shiorlar, devoriy gazetalar ilib qo’yilgan. Shuningdek, siyosiy
adabiyotlar, o’quvchilarning qomusimiz haqida yozgan ma’ruzalari, ijodiy ishlari
ko’rgazmasi tashkil etilgan.
(Magnitofon tasmasidan Vatan haqidagi kuy taraladi va sahnaga adabiy kecha
qatnashchilari chiqadi).
1-boshlovchi — Qo’lingda erk boshda yalov, tilingda shurud,
Vataning bor, maktab-bog’chang, or-nomusing bor.
2-boshlovchi:-O’zbekiston deb atalgan muqaddas hudud,
O’z Davlating, Qomusing, o’z madhiyang bor
MADHIYA YANGRAYDI
1-boshlovchi: Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,
Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga.
Farovon, nurafshon ulug; kunlarga,
Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!
Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!
2-boshlovchi: Yangi davrv keldi, o’zgardi zamon,
Zamon zayli bilan o’zgardi inson.
O’zgardi jamiyat, o’zgardi hayot,
O’zgardi qo’shig’-u o’zgardi hayot!
“Assalom “ qo`shig`i
1 – boshlovchi:-Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun
qomusimizning 15 yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash sharafiga
ega bo’lib turibmiz. Bayramga bag’ishlangan tadbirni, marhamat, tomosha qiling
2 –boshlovchi
Baxtiyorman hur elimning
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
O`quvchi-Shahzoda
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.
bo’ldi.
O’zbekiston- ozod ,hur Vatan!
Quchoqlari to’la nur Vatan!
Istiqloling abadiy bo’lsin,
Dunyolar turguncha tur,
Vatan!
2-o’quvchi: 1991-yil 31-avgust O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qildi.
Mustaqillik kuni muborak bo’lsin.
Toabad istiqlol oftobi kulsin.
Mustaqillik berdi bizga saodat,
Berdi e’tiqod-u, keng imkoniyat.
“Mustaqil Vatan “ qo`shig`i
3-o’quvchi: 1992-yil 2-mart O’zbekiston Respublikasi BMT a’zoligiga qabul
qilindi.
Sen ham endi tenglar ichida tengsan,
Bag’ri butun yurtsan va bag’ri
kengsan.
Sendek xalqimning ham bag’ri
butundir,
Dunyo binosida bitta ustundir.
Millatlar uyida barcha qatori
Uning xos o’rni bor- qatorda nori
4-o’quvchi:
Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u .
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oliy hakam!
1-boshlovchi: Mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasi, Prezidentimiz qayd
etganidek, o’zining tub mohiyati, falsafasi, g’oyasiga ko’ra yangi hujjatdir. Undagi
g’oya va printsiplar fuqarolik jamiyatini va huquqiy davlatni shakllantirishga asos
qilib olingan.
2-boshlovchi: Asosiy Qomusimizda xalq hokimiyatining real omillari
ko’rsatib berilgan. CHunki hammamizga ma’lumki, davlatimizda amalga
oshirilayotgan barcha ishlar, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarning
hammasi xalq, inson manfaatlari, uning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi.
Har bir kunimizning baxtli, dasturxonimiz to’kin, xonadonimiz yopyg’ bo’lishining
negizini tashkil etadi.
5-o’quvchi: 1-modda: O’zbekiston suveren demokratik Respublika. Davlatning
O’zbekiston Respublikasi va O’zbekiston degan nomlari bir xil ma’noni bildiradi
Karnay-surnay ovoz berdi jahonga,
Jahonni qaratdi O’zbekistonga.
Temurning ruhiga qilib qasamyod,
Yolboshchimiz etdi xalq dilini shod,
Yo’lboshchi so’zini ettirdi davom,
Dilida xalqiga chuqur ehtirom
Hech hazon bo’lmasin biz kezgan
chaman,
Bizdan qolsin ozod va obod Vatan.
6-o’quvchi:
Marifat bo’stoni ezgu dostoni,
Dostligu tinchlikning metin
qo’rg’oni,
Ey, ozod diyorim, O’zbekistonim.
Ey obod diyorim O’zbekistoni!
“ Do`ppi tikdim” raqs
7-o’quvchi: 3-modda: O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat va
ma’muriy-hududiy tuzilishini,davlat hokimyati va boshqaruv organlarining
tizimini
belgilaydi, ichki va tyashqi siyosatini amalgam oshiradi. O’zbekistonning
davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmasdir.
Dunyo xaritasin bezab shersimon,
Qulochini yoydi hur O’zbekiston.
Xaritaga soling diqat nazarin,
Ko’ring, havas qiling yurtim
manzarin.
U qaddin rostlagan sherga o‘xshaydi.
Pahlavon, bahodir erga o’xshaydi.
Istibdod zanjirin uzib batamom,
O’zligin olamga etdi namoyon.
Ozod nafas oldi bu jaho aro,
Va dunyo bog’iga baxsh etdi oro.
8-o’quvchi: 4-modda: O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.
O’zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va
elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi,
ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Shu tilda Temur bobo
Lashkarga buyruq bergan .
Navoiy tuzgan navo,
Bobur gavharlar tergan
“Til- xalqning shavkat- shoni”,
Bu bobolar kalomi
Ona tilim unvoni Davlat tili maqomi
9-o’quvchi: 5-modda: O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z
davlat ramzlari- bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.
Olam ahli bilan qilib barobar,
Ayladi qadrdon, do’st-u birodar.
Chiqardi millatlar uyin to’riga,
Umr qo’shdi O’zbekiston umriga.
Mulki jahon bayroqlari qatori,
Shula sochdi bayrog’imiz sharori.
Olam aro madhiyamiz yangradi,
Eshitganki, kishi joni yayradi.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!
“Yurt bayrog`i” qoshig`i
10-o’quvchi: 6-modda: O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent
shahri.
Ey ko’hna diyorim, ona Toshkentim,
Tarixda nomi Choch, gohi
Shoshkentim!
Binkentu, Banokat, ko’zi yosh
kentim,
Egilgan, sinmagan, boshi
Toshkentim!
11-o’quvchi: 7-modda: Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbayidir.
Adolatning qo’yib tamal toshini, Yo’lboshchi ko’tardi xalqning
boshini.
U tinim bilmasdan ishladi shoyon.
Konstitutsiyaga fido qildi jon.
Birnchi o’ringa qo’yib insonni,
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.
Qonunlar insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat.
Qonun emas, dedi undayin qonun,
Qonunda Insondir zori Humoyun.
Davlatning sharafi, shoni insondir,
Tanasi, yuragi, joni insondir.
12-o’quvchi: 29-modda.Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim o`zi istagan axborotni izlash , olish va uni tarqatish huquqiga ega,
amaldagi
konstitsiyaviy tizimga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan
boshqa
cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat
davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan
cheklanishi mumkin
Fikrlash, so’z, e’tiqod
Erkinligi bor bizda.
Tafakkur , erkin ijod
Jo’sh urar qonimizda.
“Avval o’yla”, deganlar
Fikrlaymiz o’ylaymiz.
So’zga navbat kelganda
Odob bilan so’zlaymiz.
13-o’quvchi: 31-modda: Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir
inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligi
huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi.
Tiklandi iftixor va milliy g’urur,
Endi o’zbekman deb ayturmiz
mag’rur.
Tiklandi an’ana, urf-odatimiz,
Tiklandi qadriyat tarix va moziy,
E’tiqod, din-iymon, ilmiy ilohiy.
“Andijon polkasi” raqs
14-o’quvchi: 40-modda. Har bir inson malakali Tibbiy xizmatdan foydalanish
huquqiga ega.
Betob bo’lib , botib g’amga,
Yotib qolsk
nogahon.
Shifokorlar tez yordamga
Yetib kelar shu zamon.
Malakali tibbiy xizmat
Ko’rsatadi shifokor
Elga xizmat – oily himmat
Sahna ko`rinishi
13-o’quvchi: 41-modda: Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy
ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
Ilmli kishini qadrlar zamon.
Ne zamon qadrlar jumlayi jahon,
Ilm bilan bezar umrini bashar.
Ilm-katta boylik, ilm-siymu zar,
Ilm bilan bezar umrini bashar
Umri oqibatda topgaydir qadr,
Ilmdan yaratdi eng oliy qasr.
14-o’quvchi: 2004-yil 22-may “2004-2009-yillarda maktab ta’limini
rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi farmoni e’lon qilindi. 2017
yil 15 martda “Umumiy o`rta ta`lim to`g`risidagi nizom” qabul qilindi.
15-o’quvchi: 49-modda Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va
madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat
muhofazasidadir
Obidalar, qo`lyozmalar
Ham osori atiqa,
Bobolardan xabar berar,
Har nafas,har daqiqa.
Yodgorlikni asrar bo`lsang
Asraganday ko`zingni,
Shunda saqlab qolajaksan
Kelajakni, o`zingni
16-o’quvchi: 50-modda Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo`lishga majburdirlar
Bugun ekkan qalamchang
Ka-a-tta terak bo`ladi.
Faqat uni avaylab
Asrash kerak bo`ladi
Tog` go`zal, o`tloq go`zal,
Sevamiz gulatrini.
Esda tutaylik, do`stlar,
Tabiatning qadrini
Kamalak” qo`shig`i yangraydi
17-o’quvchi: 55- modda Yer,yer osti boyliklari , suv, o`simlik va hayvonot
dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Yer,yer osti boyliklar,
Suv, o`simlik dunyosi-
Umummilliy xazina,
Topilmaydi qiyosi.
Qanoat, insof darkor,
Tagi mo`l bo`lgan bilan,
Kelajakning haqqi bor,
Oqilona foydalan!
18-o’quvchi: 64-modda: Ota- onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar
boqish va tarbiyalashga majburdilar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va otaonalarining
vasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va
o`qishni ta`minlaydi, bolalarga bag`ishlangan xayriya faoliyatlarni
rag`batlantiradi.
Ko`zlarida mehr bor, so`zlarida sehr bor,
Beshik ustida bedor- mehribon onaizor.
Oq yuvib, oq taragan, yo`limizga qaragan,
Ko`nglimizga qaragan- mehribon onaizor.
Ota-oila suyanchi,tog`dek ulug` tayanchi,
Biz tufayli quvonchi, baxtimizdan baxtiyor,
Sog`-salomat yursinlar, kamolimiz ko`rsinlar,
Ertaga ham bo`lsinlar baxtimizdan baxtiyor
19- o`quvchi: 66-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z otaonalari
haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar
Jonajon onajon!
Mehribon otajon!
Siz hayot ferdingiz,
Bol, novvot berdingiz.
Quyoshim, oyimsiz,
Bor bo`ling doim Siz!
Ulg`ayib albatta,
Bir umr xizmatda
Bo`lamiz begumon,
Otajon, onajon
“Tinchlik bo`lsin” qo`shig`i
20- o`quvchi: 68- modda O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar,
shaharlar, qishloqlar, qvullar, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasidan
iborat
Viloyatlar, tumanlar,
Shaharlar, shaharchalar,
Qishloqlar-unovullar va
Qoraqalpog`iston-
Bari-bari jam bo`lib,
O`zbekiston atalar ,
Shunday gul-chechaklardan
Yaralgan go`zal bo`ston!
1-boshlovchi: Konstitutsiya jahon andozasida yozilgan, ilg’or va
takomillashgan Qomusdir. U huquqiy-demokratik davlatning eng asosiy
qonuni hisoblanadi. Konstitutsiyamizning qanchalar mukammal ishlab
chiqilishi, mamlakatda amal qilinishi
2-boshlovchi: Ayniqsa, xalq manfaatlariga xizmat qilayotganligi yurtdoshlarimizning
ertangi kuni porloqligidan dalolat beradi. U mustaqillik,
ozodlik va xalqparvarlik g’oyalari bilan sug’orilib, kelajakda
O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishini ta’minlashga kodirdir.
Aql Adolatni etur ustuvor.
Adolatli jamiyatga berganda baxo
Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!
Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,
Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,
Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,
Bizni chorlamoqda haq ahillikka.
“Xorazmcha “ raqs
1-boshlovchi: Mana O`zbekiston Respublikasining 25 yilligi munosabatiga
bag`ishlangan tadbirimiz nihoyasiga yetib bormoqda
2 boshlovchi: Hozirgi so`zni maktabimiz rahbari Muborak opa
Inoyatxodjayevaga beramiz.
1 boshlovchi: Тенгларнинг ичида бугун тенг ўзим,
Жаҳоний тўнларга ёқа, енг ўзим,
Дунёлар бағримда, бағри кенг ўзим,
2-boshlovchi:Эй, менинг ўзлигим — ғypyp, номусим,
Конституциям — олий Қомусим.
Aqlga tayangan Qomusimiz bor,
“Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston” qo`shig`i

Оставьте комментарий