Bag’rikenglik haqida.

DO`STLARGA ULASHING:

1995-yilda UNESCO tomonidan qabul qilingan “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”ga ko‘ra, har yili 16-noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana turli millat, din va madaniyat vakillarining o‘zaro hurmatini, totuvlikda yashashini, fikrlar xilma-xilligini qadrlashni targ‘ib etadi. Bag‘rikenglik — umuminsoniy taraqqiyotning asosiy omillaridan biridir.

Bag’rikenglik haqida.

Bag‘rikenglik — O‘zbekiston xalqiga xos eng yuksak fazilatlardan biridir. U ming yillardan buyon turli millat va elatlarni birlashtirib kelayotgan qadriyatdir. Yurtimiz tarixida yapon harbiy asirlariga ko‘rsatilgan mehr, 16 millat farzandini tarbiyalagan Shoahmad bobo oilasi, xalq ijodida aks etgan adolat va mehr g‘oyalari bag‘rikenglikning yorqin namunasidir.

Bag‘rikenglik – bu ota-bobolarimizdan bizga qolgan meros tushuncha. Bu haqida bobolarimiz xalq ogʻzaki ijodida ham ko‘plab maqollar, dostonlar ijod qilishgan.

Masalan, buyuk bobomiz Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni ham xalqlar do‘stligini olqishlaydi. Dostonda Farhod Chin (Xitoy) hukmdorining o‘g‘li bo‘ladi. Shirin esa Armani millatining malikasi edi. Ular o‘rtasidagi sof muhabbat bir xalqning suvga erishishi va rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Agar Farhod bu mening millatimdan emas ekan deb Shirinni sevmaganida va uni qidirib bormaganida, keyin esa Shirinning o‘lkasiga tog‘ni teshib suv olib kelmaganida, Arman o‘lkasi o‘z mustaqilligini yo‘qotib, Eron shohiga qul bo‘lishi mumkin edi. Toqatlilik, bag‘rikenglik va do‘stlik shunday katta kuchga ega.

Yangi O‘zbekiston siyosatida ham bag‘rikenglik ustuvor yo‘nalish bo‘lib, Markaziy Osiyoda do‘stlikni mustahkamlash, Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish, SHHT va BMT minbarlarida diniy bag‘rikenglik tashabbuslarini ilgari surish bunga dalildir.

Bugun mamlakatimizda 130 dan ortiq millat vakillari tinch-totuv yashamoqda. Milliy-madaniy markazlar, yoshlar siyosati, bola huquqlari, diniy erkinlik va nogironligi bo‘lgan shaxslar haqidagi qonunlarda bag‘rikenglik asosiy tamoyil sifatida belgilangan. Bag‘rikenglik — jamiyatda totuvlik, barqarorlik va o‘zaro hurmatni ta’minlovchi eng muhim qadriyatdir.

Bag’rikenglik haqida maqollar.

  • Oy bilan kunday bo‘l,
    Hammaga birday bo‘l.
  • Tenglik – kenglik.
  • Yon qo‘shni – jon qo‘shni.
  • Besh barmoqning birini tishlasang, bari og‘rir.
  • O‘zingga qarama, olamga qara.
  • Bir kun urush bo‘lgan uydan
    Qirq kun baraka ko‘tarilar.
  • Olam tinch – xonam tinch.

Оставьте комментарий