Bizning Konstitutsiya

DO`STLARGA ULASHING:

Bizning Konstitutsiya.
Biz qudratli Vatanmiz,
Ozod yurtda erkinmiz.
Bizning Konstitutsiya,
Xalqimga qalqon qoya.
Bilamiz o’z xuquqimiz,
Ajratamiz xaqqimiz,
Bizda bor Konstitutsiya,
Yov solmas bizga soya.
O’qib o’rganib olamiz,
Unga amal qilamiz,
Bizning Konstitutsiya,
Kelajakka zinapoya.

 

✍️: Islomova Mukambar

 

Kichik guruh uchun.
Konstitutsiya.
Yashaymiz biz baxtiyor,
Meni xuquqlarim bor,
Yuraman doim ildam,
Bordir Konstitutsiyam.
Poydevorim.
Xech kimga bo’lmaymiz qaram,
Bizlar erkin va ozod,
Poydevorim Konstitutsiyam,
U bordir yurtim obod.
Moddalar aytadi.
Yosh keksani himoya,
Qilar 45-modda,
Unga qiling rioya,
Xox ko’chada,xox uyda.
52-,modda.
Vataniga xizmat qilish,
Har yigitning burchidir,
Uni sevib ardoqlash,
Ham faxri,ham g’ururdir.
49-modda.
Xalqimning buyuk tarixin
Bizlar doim asraymiz.
Ma’naviy madaniy merosin
Bag’ringda avaylaymiz.
47-modda.
Konstitutsiyani o’rganib,
Burchlarmizni bilaylik,
Unga biz amal qilib,
Obod yurtni quraylik.
52-modda.
Bo’l Vataninga posbon,
Qilgin uni himoya,
Xalqim yashasin shodon,
Yov solmasin unga soya.
41-modda.
Bilim olish huquqiga,
Biz hammamiz egamiz,
Bepul ta’lim o’g’il qizga,
Bizga g’amxur davlatimiz.
40-modda.
Sog’ tanda sog’ aql.
Xalqimga shior naql,
Har insonni sog’ligi,
Vatanimni boyligi.
Konstitutsiya.
Konstitutsiya qoida,
Keladi undan foyda,
Sarflaydi bor kuchin,
Xalqim manfaati uchun.

 

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий