8-Mart Ayol ziynati nomli tadbir ssenariy

DO`STLARGA ULASHING:

AYOL       ZIYNATI.
8-mart   xalqaro   xotin  —  qizlar   kuniga  bagishlab   o’tkazilgan    tadbir    dasturi
( “Muqaddas  ayol”qo’shiq’ining   musiqasi   sadosi                         ostida)
    1- boshlovchi:  Rivoyat  qilishlaricha   Qodiri  mutlaq  mukammal  dunyo  yaratishga  ahd  qilibdi.  Tundan  kunni  ajratib , suv, yer, o’simlik ,jonivorlarni , oxirgi  kunni  esa  odamni  yaratibdi.  Ular  bir-biriga  shunchalar  munosib  ekanki   , bu  mukammallikka Ollohning  havasi  kelibdi.  Keyin qarasaki  ayol  yo’q, baxtga qarshi  loy  ham  tugab  qolganmish.  Shunda  u  oydan  bir  chimdim  jamolini, tundan  qoshu-ko’zini,  majnuntoldan  sochini , kamalakdan  rang, gullardan  ifor, tongdan  musaffolik,  xullas  hammasidan   oz-ozdan  qo’shib  ayolni   yaratibdi.
2-boshlovchi: Assalomu-alaykum , muhtarama  onalar  , lobar  opa-singillar.Ayol bu – olamning  tengsiz  mo’jizasi  deydilar.     Darhaqiqat, ayol  madhiga   doston   tygamaydi. Ammo  olamning  ziynati  bo’lmish ayolning   ziynati  nimada?
1-boshlovchi: Insonni  kamolotga  yetkazish  uchun, avvalo, ayolni  tarbiyalamoq   zarur, deydi  faylasuflarimiz.  Azaldan  kamolot  bobida   tengsiz  bo’lib  kelgan  sharqning , jumladan  o’zbek  ayollarining  ta’rifiga  til  ojiz.  Milliy  qadriyatlarimiz  sirasida  aziz   momoyu- onaxonlarimizdan  meros  bo’lib  kelayotgan  o’zbekona  hayo, latofat,nafosat, umuman, o’zbekoyimlik  an’analari  bugungi tengdosh  qizlarimiz  hayoti  va  yurish-turishida  qay  darajada   namoyon  bo’lmoqda.
Zamonaviy  o’zbek  qizini  tarbiyalashda   qaysi   jihatlarga  e’tiborni  qaratishimiz  haqida  fikr  almashamiz.
2-boshlovchi: Bugungi  tadbirimizda   quyidagi  mavzularga  e’tiborni   qaratmoqchimiz
  1. Libos haqida
2.Muomala  madaniyati
3.Sihat-salomatlik
4.Hunari  borning  zari  bor   mavzularida
1-boshlovch:  Sizga  savol…Bir  qiz  bilan tanishib  ,  dugona  bo’lmoqchisiz. Birinchi  navbatda, yangi  dugonangizning qaysi  jihatlariga  e’tibor  qaratgan  bo’lardingiz?
2-boshlovchi:Menimcha, dastlab  unung  tashqi   ko’rinishi,  ya’ni  kiyinish  odobi,  o’zini  tutishiga  e’tibor  bersam   kerak.
1-boshlovchi:  Menimcha  ham  shunday.  Ayol  latofatining  eng   birinchi  ajralmas  jihati  uning  o’ziga  xos, yarashiq’li  kiyina  olishidadir.   Bu  esa  bevosita  madaniyatlilikning   muhim  belgilaridan   biridir.   Kimning  qanday  kiyinganligiga   qarab, uning  did-farosati,  ma’naviy  darajasini ,  hattoki   kasbini  aniqlab  olish  mumkin.  Psixologlarimizning  ta’kidlashlaricha,  kiyim  kishining  nafaqat  tashqi  qiyofasini , balki  ma’naviy  dunyosini,  qaysi  millatning  farzandi, qaysi  zamonning  odami  ekanligini  ham  ko’rsatib  turadi.
2-boshlovchi:   Shundan  kelib  chiqqan  holda  har  bir  mamlakatning, millatning  o’ziga  xos  milliy  liboslar
haqida  so’z  borganda ,  tarbiyaviylikdan  kelib  chiqsak    to’q’riroq  bo’lar  edi.
   Savol:
-Zamonaviy  o’zbek  qizi  qanday  kiyinishi  kerak  deb   o’ylaysiz?
-Qizlarimizning  bugungi  kiyinish  madaniyati   milliy  qadriyatlarimizga  mos  keladimi?
 So’zni  faxriy  o’qituvchilarimizga   bersak.
 ( liboslar   namoyishi   ketadi- o’quvchi  qizlar  ishtirokida)
1-boshlovchi:  Bejizga  o’zbek  qizlarini  husnu-latofatdaoyga qiyoslashmaydi. Bynday  liboslarni  kiygan  qiz  malikaga  aylanishi  turgan  gap.
2-boshlovchi:    Ayolga  zeb  beradigan  yana  bir  xislat
Uning  xushmuomalasidir.Muomalaning  asosiy  vositasi  so’z,  u  ayolning  tilida gavharga   aylanadi.  Ayolning  shikasta   ovozi  bilan  aytilgan  har  bir  so’z   misoli   kuydir.
1-Boshlovchi: Ammo  so’z  aytganda  ham   topib  so’zlash, har  kimning  ko’ngliga   qarab   muomalada
bo’lish   kishidan   alohida   ziyraklik   talab  etadi.
        -Sahna  ko’rinishi    namoyish  etiladi —   qo’pollik  va xo’shmuomalalik  haqida
   Savol:  -Yosh   qizlarimizning   muomala   madaniyati
   haqida   nimalar  deya  olasiz?
   -Muomala  madaniyatini  shakllantirishda   nimalarga
E’tibor   qaratish  lozim?
    Bahs- munozara  bo’ladi.
  ( musiqiy  tanaffus)
2-boshlovchi:  Biz  tarbiyada  tibbiy  madaniyatga  ham   ega  bo’lishimiz  kerak.
Oilada  qiz  bola  dunyoga  keldi. Uning  kelajakda  ona  bo’lib  jamiyatga  so’lom   avlod  yetishtirib   berishida   unga   chaqaloqligidan  alohida  parvarish, e’tibor  zarur  bo’ladi.Shu  o’rinda  qizlarimizning  tibbiy  madaniyatini  shakllantirish  muhim  ahamiyatga  ega.
   Savol:  Ayol  sihat- salomatligining  oila  va  jamiyatga  ta’siri   qanday?
  • Qizlarimizning soq’lom  bo’lishlari  uchun  nimalarga  e’tibor  berish  zarur?
Musiqiy  tanaffus
1-  boshlovchi:  Xalqimizning  buyuk  tarixida  o’zining  jasorat  va  matonati ,  aql-zakovati , nafosat  va  nazokati  bilan  o’chmas  nom  qoldirgan  To’maris,  Bibixonim,  Gulbadanbegim,  Zebuniso, Uvaysiy,  Anbar  Otin  va  boshqa  yuzlab  ayollarimizni  hamisha  ehtirom  bilan  tilga  olamiz  Uluq’  momolarimizga   xos  bo’lgan  oliyjanob  fazilatlar  bugun  ham  muhtaram  ayollarimiz ,
Aziz  opa – singillarimiz  siymosida  aks  etib  kelmoqda.Qizlarimizni  faoliyatini  qadrlash  va  raq’batlantirish  maqsadida  Zulfiyaxonim  nomidagi
Davlat  mukofoti   tashkil   etildi  .  Bu  mukofotga   sazovor  bo’ladigan   qizlarimiz  bizning  maktabdan  ham  chiqadi, deb  o’ylaymiz.
  2-boshlovchi:  Shu  bilan  tadbirimiz  nihoyasiga  yetdi.
(  musiqa  sadolari  ostida)

Оставьте комментарий