8-mart bayramiga atab tadbir ishlanmasi

DO`STLARGA ULASHING:

8-MART
Onajonlar bayrami
Tarbiyachi: Kutlug bulsin bayramingiz onajon
Sizga shodlik baxt tilarlar bolajonlar
Kuyosh kulib yulingizga tushagin
Baxor kelib kulingizga gul ushasin
Assalomu aliykum aziz va munis onajonlar barchangizni baxor bayrami bilan tabriklaymiz Siz bor olam yashaydi, siz bor jajji bolajonlar kuvnab yayraydi. Bugun bolajonlarni kushiklari she’rlari siz munis onajonlarga bogcha opajonlarga atalgan.
Marxamat tamosha kiling.
Siz azizsiz siz munissiz
Siz kuyoshim onajon
Xadiya etay sizga bugun
Dil kuvongim onajon
Dil kuvonichim onajon
Kalbi otash mexri daryo
Onajonlar assalom
Ilm ziyo taratguvchi
Murabbiylar assalom
Xar kun tongda turaman
Dildan quvnab yuraman
Yayrab desam assalom
Zavq olaman bir olam
Kutlug bulsin bayramingiz
Onajon-onajon
Sizga shodlik baxt tilayman
Bir jaxon bir jaxon
Kuyosh bo‘lib yulingizga
Nur tushay nur tushay
Baxor bulib kulingizga
Gul tutay gul tutay
Xam oyim xam kuyoshim
Xar bir ishda yuldoshim
Xam yayratgan yashnatgan
Joxon onajonimsiz
Kulimiz kuksimizda
Onajonim sizga ta’zim
Suzlar bilan durdona
Mexmantda eng mardona
Olam ichra yagona
Siz siz ey aziz ona
Onajonlar kutlug bulsin
Bayramingiz tuyingiz
Yuz yil yashang shodu xurram
Omon bulsin boshingiz
Onajonim nonlar yopsa
Ellar baxtga korishgay
Onajonim nonlar yopsa
Butun olam yorishgay
Onajonim nonlar yopsa
Shirin bu non deyishgay
Shu nonlardek
Kushik: Bogcha opamiz.
Tarbiyachi: Baxor bayrami buvijonlarimizni atab she’r aytib beramiz.
Dadajonim oyisi
Buvijonim buladi
Buvim uyga kirganda
Kunglim ravshan buladi
Buvi-buvi buvijon
Doim buling sog-omon
Qo‘shiq: Onajon
Raqs: Andijon polkasi
Uyin. Gul terish
Tarbiyachi: Biz bahor faslini juda yaxshi ko‘ramiz. Chunki bog‘larimiz tabiatimiz go‘zal bo‘ladi. Hozir bahor faslida she’rlar aytib beramiz.
Qo‘shiq: Bahor
Shoxi: Bahor keldi gul ochildi
Nur sochildi yuorliqqa
Ol qandayin uyin kulgi
Yurak to‘ldi shodlikka
Fayz: Bahor keldi gul bahor
Nur sochildi yuorliqqa
Etagida gul tutib
Bizga intiq lolazor
Qirlar bag‘rida kutib
Bahrom: Atrof to‘la har xil gul
Chuchmomola binafsha
Bizni kuklamlar butkul
Chiroylidir hamisha
Sanjar: Quyosh jilmalar yana
Boshimizga sochib nur
Gullari ko‘p vatanda
Hayotimiz quvnoq xur
Raqs: Azarbayjon.
Tarbiyachi: Bolajonlar onajonlaringiz sizlarni nima deb erkalatadilar
Xudo be6rdi sevsin deb
Bekning o‘g‘li bo‘lsin deb
Bek nonini yesin deb
Bek to‘nini keysin deb
Alpomish oltinim
Yovni yengan boburim
Uyni yoqqan chirog‘im
Yuragimga darmonim
Oppoq oppoq oppog‘im
Qo‘zilar juni qalpog‘im
Hamma yomon desayam
O‘zginamning oppog‘im
Oppoq upadek o‘g‘lim
Salqin soyadek o‘g‘lim
Amirlardek beklardek
Zarli tepadiyek o‘g‘lim
Qo‘shiq: Onajonim allasi.
Tarbiyachi: Onalar bor olam
Onalar bor farzand uchun yonadi
Navnihol bog‘larning bog‘boni
Niholga fidodir ming joni
Ilm talab karvonning sarboni
O‘zingiz mehribon ustozlar
Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar aziz mehmonlar. Sizlarni 1 oktabr umum xalq bayrami “Ustozlar va murabbiylar kuni” bilan chin yurakdan tabriklayman. Mana bugun bizning Qulupnaycha guruhi bolajonlari ustoz va murabbiylarga atab ko‘plab qo‘shiq va she’rlar yod olganlar. Marhamat tinglab tomosha qiling.
Bahrom: Qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib, hurmat ila deymiz.
Hamma: Assalomu alaykum.
Og‘abek: Bilim chashmasini simirib, ehtirom ila deymiz.
Hamma: Siz bor bo‘ling muallim!
Xusen: Assalomu alaykum, ustoz va muallim!
Ta’limning me’mori, zarning zargari!
Muqaddas kasbingiz asrlarga muhr
Hayotning eng asl noyob gavhari
Hamma: Bugungi tantana, bu shodiyona
Sizga bag‘ishlanur ustozlar mana!
Tarbiyachi: Ha, ustozlarimiz ham huddi bog‘u chamanzorlar bunyod etuvchi beminnat va saxiy bog‘bonga o‘xshaydilar.
Hamma: Ustozlar yaratgan bog‘idir bizlar.
Vatan suyanchig‘i tog‘idir bizlar
Tarbiyachi: Endi navbatni so‘zi dur, ko‘zi nur ustozlarga atab yodlagan she’rlarga beramiz.
Gulsanam: O‘zbegim so‘zin avval
Assalomudan boshlagan
Do‘stlarga qilib ta’zim
Ehtiromdan boshlagay
Ko‘ksimizda qo‘limiz
Assalomu alaykum.
Parizoda: Xush kelibsiz mehmonlar
Bog‘chamizga marhabo
Ustozlar onajonlar
Sog‘ bo‘lingiz doimo
Ozod: Qalbi otash mehri daryo
Onajonlar assalom
Ilm ziyo taratuvchi
Ustozjonlar assalom
Sobir: Bugun bayram tantana
Bayramingiz muborak
Aziz ustoz murabbiy\
Ayyomingiz muborak
Tarbiyachi: Kelinglar aziz bolajonlar bir chiroyli qo‘shig‘imizni bog‘cha opajonlarimizga kuylab beraylik.
Quvnoq ertak she’ringiz
Qaynoq bizga mehringiz
Rahmat opajon
Rahmat bog‘chajon
Erkalaysiz sevasiz
Biz ham sizni sevamiz
Rahmat opajon
Rahmat bog‘chajon
Raqs: Yigitlar.
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, ustozlarni burch va vazifalari sizlarga ta’lim-tarbiya berish bo‘lganidek, shogirtlarni ham o‘z ustozlari oldida burch va vazifalari bor. Qani ona shu burch haqida nimlarni bilasiz.
Javohir: Ustozlarga itoatli bo‘lish, nasihatlarga rioya qilish kerak.
Aqljon: Ustozni dushmani bilan do‘st bo‘lmaslik kerak.
Akmal: Ustozni qarindosh urug‘larini hurmat qilish kerak.
Shaxriyor: Ustoziga hamisha rost so‘zlash kerak.
Davronbek: Ustozni xafa qilmaslik kerak.
Barkamol bolajonlar sizni javoblaringiz meni mamnun qildi. Kelinglar endigi navbatni ustozlarga atalgan she’rlarga beramiz.
Asadbek: Tongda turib opajon
Bizni deya shoshasiz
Bizni ko‘rib uzoqdan
Qaynoq quchoq ochasiz
Fotima: Vatan so‘zi muqaddas
Vatan o‘zi muqaddas
Vatan uchun xizmat qilmoq
Bizlar uchun farzu qarz
Sabrina: Ko‘plar sari parvozimiz
Dong taratgan ovozimiz
Siz tufayli qalblar osmon
Dil guliston ustozlarim
Sayfullo: Vatan har bir insonning
Tug‘ilgan diyoridir
Kindik qoni to‘kilgan
Muqaddas to‘prog‘idir.
Fayozbek: Ko‘ksimizda qo‘limiz
Qilamiz qulluq ta’zim
Ravon hayot yo‘limiz
Rahmat sizga muallim
Shaxriyor: Bugun bayram tantana
Bayramingiz muborak
Aziz ustoz murabbiy
Ayyomingiz muborak
Tarbiyachi: Endigi navbatni ustozlarga atalgan maqollarga beramiz.
Fotima: Ustoz otangdan ulug‘.
Sobir: Ustoz ko‘rmagan shogird, olam sirini bilmaydi.
Ozod: Ustozlar aqli donalar naqli,
Gulsanam: Ustoz quyosh aira bo‘lar bosh
Amir: Ustoz oy shogirdga berar chiroy.
Qo‘shiq: Bog‘cha opamiz.
Bog‘cha opamiz, ko‘rsak shodon chopamiz
Aziz bog‘cha, bog‘cha opamiz
Aziz bog‘cha, bog‘cha opamiz
Eslatasiz oftobni
Urgatasiz odobni
Bizlar bilan o‘ynaysiz
Hammasizni o‘ylaysiz
Naqorat
Bog‘cha bo‘lmasa katta
Yonigizda albatta
Ko‘rish uchun qaytamiz
Sizga rahmat aytamiz
Naqorat.
Raqs: Yigitlar.
Tarbiyachi: Navbatni she’rlarga.
Javohir: Sizdan oldik ko‘p bilim
O‘rganlingiz tolmasdan
Opalarni sevishni
Unga ko‘mak berishni
Aqljon: Bu olamni asrashni
Odam bo‘lib yashashni
Bog‘da gulzor yaratib
Bog‘bon bo‘lish ni o‘rgandik
Bahrom: Bog‘larimiz oralab
Gullar terdik saralab
Gullarning eng sarasin
Sizga berdik dastalab
Amrbek: Shoir bo‘lmoq mushkul yoshi
Ijodkorlik qismatdur
Qadringiz ulug‘lamoq
Tarbiyachi: Tabriklashga keldik biz bugun.
Og‘abek: Mehnat qilib, tinim olmagan
Zahmatlardan zinhor tolmagan
Bor ilmini shoigirdga bergan
Fidoyilar, doim bor bo‘lsin
Bu zotlarga sharaf yor bo‘lsin
Shahboz: Hech kim shoir bo‘lmasdi
Asli ustoz bo‘lmasa
Gul chechakka to‘lmasdi
Sabrina: Umr baxsh etgan onaga ta’zim
Saodat tojidur oyog‘in gardi
Ta’zim aylamoq padarga lozim
Odamiylikni usiz kim o‘rgatadi.
Xusen: Olohim yaratib odamiy zotini
Taqsimlab berish vazifalarin
Sizlarga yuklabdur buyuk vazifa
Siz jajji gudakni azaldan yo‘llab
O‘rgatar ekansiz odob axloqni
Barom: Ustozlarim bor bo‘ling
Burgut bo‘ling sog‘ bo‘ling
Suyanivchi tog‘ bo‘ling
Baxtimizga bor bo‘ling
Javohir: Barcha ezgulikni o‘rgatgan sizlar
Yana bir bora egib boshimiz
Sizlarga qilgumdir ta’zim va ta’zim
Aziz mehribon munis ustozim
Salohiddin: Ishimizga gar sezsa nuqson
Yuragida turadi to‘fon
Tunlar bedor qiynaladi jon
Bu ustozlar aziz ustozlar
Akmal: Ishi bilan tili birdir
Do‘stu yorga shirin tildir
To‘lqin ursa Amu daryodir
Bu ustozlar aziz ustozlar
Davron: Mustaqillik xush zamona
Xush zamonga u parvona
Yurtim elim deya yona
Bu ustozlar aziz ustozlar
Shaxboz: Ulug‘larni eslashni
Rahmatlarni yodlashni
Vatanni e’zozlashni
Ham qo‘ynida yayrashni
O‘rgatadi ustozlar
Harakat o‘yini .
Og‘abek: Mehr suvi ichirdingiz
Ishlarimiz tekshirdangiz
Hato qilsak kechirdingiz
Baxtimizga sog‘ bo‘ling
Shaxboz: Qanchalar baxt erur ushbu onlarda
Ustoz atalmish zotlarga ta’zim
Men shoir emasman bitolmam bayon
Lek faqat istagim tashakkur aytamiz
Siz kabi buyuk zotlar nomiga
Raqs: Qizlar.
Tarbiyachi: Qo‘limga qalapm ushlatdi ilk bor
Shu ondan qalbimga boshlandi bahor
Undanda ulug‘roq buyukroq kim bor
Hamma: Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim.
Barcha ilmlarning kaliti sizda
Saxovat nuri bor bu qalbingizda
Otasiz, onasiz har o‘g‘il qizga
Hamma: Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim
O‘qishni o‘rgatib ko‘zni ochdingiz
Ilm sirlarini qalbga sog‘dingiz
Otadek ulug‘siz, kelajak sizsiz
Hamma: Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim
Tarbiyachi: Mana aziz mehmonlar shuning bilan bugungi bayram tabrigimiz o‘z poyoniga yetdi. Qadrli ustozlar shu qisqa fursat ichida sizga bo‘lgan cheksiz hurmatimizni mehrimizni oz bo‘lmasa namoyon eta olgan bo‘lsak, biz naqadar baxtiyormiz.

Оставьте комментарий