DO`STLARGA ULASHING:
Boshqa mamlakat fuqaroligini olishning narxi qancha?
Dunyoning ko’pgina mamlakatlari o’z fuqaroligiga olish uchun ma’lum summadagi investitsiya majburiyatini yuklaydi.
Masalan:
— Turkiya fuqaroligi ($400 000 investitsiya);
— Vanuatu fuqaroligi ($130 000 investitsiya)
— Portugaliyaning oltin vizasi (investitsiya €280 000);
— Ispaniyaning oltin vizasi (investitsiya €500 000)
— Kiprda doimiy yashash huquqi (€300 000 investitsiya);
— Vengriyada yashash uchun ruxsatnoma (investitsiya €150 000);
— Dubayda yashash uchun ruxsatnoma ($205 000 investitsiya);
— Kanadada yashash uchun ruxsatnoma — Start Up Visa Program
— AQSH da yashash uchun ruxsatnoma «Green card» yoki EB-5 dasturi ($800 000 investitsiya).
Yurtimizda chet el fuqarosi uchun «investitsiya vizasi» mavjud va bu vizani olish uchun investor O’zbekistonga BHM’ning 8500 barovari (hozirda 2,805 mlrd so’m) miqdorida investitsiya kiritishi kerak.