Toshkentda 1 sotix yer narxi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

Toshkentda 1 sotix yer narxi qancha?

Markaziy bank 2023-yil uchun ko‘chmas mulk hisobotini e’lon qildi (https://cbu.uz/upload/iblock/8b4/dy6ckw8vjie5h2k7j57bw6crdkcux0e0/Rynok-nedvizhimosti-4-kvartal.pdf). Yil davomida O‘zbekistonda 335 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

2023 yilda eski uylar narxi (ikkilamchi bozor) 35,1 foizga oshgan bo‘lsa, yangi uylar (birlamchi bozor) 39,6 foizga qimmatlagan.

Toshkent shahrida uylarning 1 kv metri uchun o‘rtacha narx 1 212 dollarga yetgan (2022-yilda 933 dollar).

Poytaxtda 1 sotix yerning narxi 2022-yilgi 263 mln so‘mdan 362 mln so‘mga oshgan.

2022-yilda sotib olingan uylarning ijara orqali o‘zini qoplash muddati 7,1 yil bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda bu 8,2 yilga yetgan (https://t.me/Bankir/4085).

Eslatib o’tamiz, O’zbekistonda fuqarolik obektlarini qurish sohasida 5 ming 259 ta tashkilot, ixtisoslashtirilgan qurilish bo‘yicha 14 ming 408 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda.

Оставьте комментарий