Aktrisa Tamara Shokirova 1955 yil 26 noyabr sanasida Toshkent shahrida tug’ilgan.
Ushbu aktrisa kinoga 14 yoshidan kirib kelgan va ilk marta «Ko’zlar yomg’iri» nomli filmda suratga tushgan.Shu filmdan keyin u «Qo’qon voqeasi», «Semrug’ » va «Olovli yo’llar» kabi bir nechta filmlarda ham ishtirok etgan.
Tamara Shokirova 1974 chi va 1976 chi yillar oralig’ida Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohida tahsil olgan.U o’z faoliyatini 1973 yilda «O’zbekfilm» kinostudiyasida boshlagan.
Ushbu aktrisa faoliyati davomida 40 dan oshiq filmlarda ishtirok etgan bo’lib, ular orasida «Mehrobdan chayon»,»Integral»,Ettinchi jin» va «Temir Erkak» filmlaridagi rollari tomoshabinlarning yodida bir umrga saqlanib qolgan.
Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida: Tamara Shokirova mashxur o’zbek rejissori Nabi G’aniyevning nabirasi, aktyor Otabek G’aniyevga turmushga chiqqan.Ular ikki qiz farzandli bo’lishgan.Barchamiz tanigan mashxur xonanda Rayxon G’aniyeva aktrisaning to’ng’ich farzandi bo’lib, dizayner Nasiba G’aniyeva esa uning ikkinchi qizi bo’ladi.
Aktrisaning turmush o’rtog’i Otabek G’aniyev 1985 yilda olamdan o’tgan.
Tamara Shokirova aktrisa sifatidagi faoliyati davomida 1983 yil «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist» unvoni bilan taqdirlangan.
Ushbu aktrisa umrining so’nggi yillarida saraton kasalligiga chalingan va 2012 yil 22 fevral sanasida 56 yoshida olamdan o’tgan.
Tamara Shokirova garchi hozir hayot bo’lsa ham, o’zi ijro etgan obrazlari bilan tomoshabinlar qalbida mangu yashaydi.
Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง
Уведомление: matrimoniale
Уведомление: สล็อตวอเลท
Уведомление: buy dmt online buy dmt vape online
Уведомление: benelli pistols for sale
Уведомление: คลิปหลุด
Уведомление: Buy Guns Online
Уведомление: sbobet
Уведомление: magic mushrooms legal purchase
Уведомление: sweetwater cornhole
Уведомление: buy psilocybe mushrooms online
Уведомление: best passive income
Уведомление: Firearms For sale online
Уведомление: cutest AKC Puppies For Sale in
Уведомление: Testing Automation
Уведомление: Recommended Site