Abbos ibn Abdulmuttalib Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning amakilari. Kunyasi Abul Fazl. Otasi Abdulmuttalib, onasi Nutaylo. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) onalari vafotidan keyin bobolari Abdulmuttalibning tarbiyalariga o‘tgach, o‘zlaridan bir-ikki yosh katta bo‘lgan amakilari Abbos (roziyallohu anhu) bilan birga ulg‘aydilar.
Abbos ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhu) yoshligidanoq tijorat bilan shug‘ullanib, katta boylik egasiga aylandi. Bir gal Yamanga qilgan safarida Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ni ham birga olib bordi.
Arablar orasida Ka’bada xizmat qilish sharafli vazifa edi. Bunday xizmat alohida mavqega ega kishilar o‘rtasida taqsimlangandi. Abbos ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhu) va uning ukalari ana shunday sharafga loyiq ko‘rilgan edilar. Ular haj qilayotganlarga Zamzam suvini tarqatishardi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) amakilarini nihoyatda hurmatlar, unga muloyimlik bilan murojaat qilardilar. “Abbos mendandir, men ham undanman”, derdilar. Yana u kishi haqida shunday deganlar: “Abdulmuttalib o‘g‘li Abbos Qurayshning eng saxiy va qarindoshchilik aloqalariga hurmat bilan qaraydigan kishidir”.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning vafotlari barcha musulmonlar uchun og‘ir musibat bo‘ldi. Barcha nima qilarini bilmay, dovdirab qoldi. Shunda Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu): “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) hushlaridan ketdilar. Kim u zot (sollallohu alayhi va sallam)ni o‘ldi, desa uni ham o‘ldiraman”, deb, hech kimni hujrai saodatga yaqinlashtirmadi. Bu mushkul vaziyatda to‘g‘ri yo‘l tutgan Abu Bakr Siddiq va Abbos ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhum) bo‘lishdi. Abbos ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhu) masjidga borib: «Ey odamlar! Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning “Men o‘lmayman”, deganlarini eshitganmidingiz?” deb so‘radi. Sahobalar: “Yo‘q, eshitmaganmiz”, deyishdi. Keyin Umar (roziyallohu anhu)ning oldiga kelib, unga ham shu savolni berdi. Umar (roziyallohu anhu): “Yo‘q!” dedi».
Abbos ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhu): «Hech kim Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni o‘lmaydilar deb aytolmaydi. U zot (alayhissalom) ham shubhasiz, o‘lim sharbatini totguvchidirlar. Alloh taolo u zotga shunday degan: “(Ey Muhammad!) Albatta, Siz ham o‘luvchidirsiz, ular (mushriklar) ham o‘luvchidirlar. So‘ngra, albatta, sizlar qiyomat kuni Rabbingiz huzurida da’volashursiz” (Zumar, 30-31). Ey odamlar! Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vafot etdilar. U zotni tezroq dafn qilaylik…»
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning muborak tanalarini yuvishda Ali ibn Abutolib, Usoma ibn Zayd, Abbos ibn Abdulmuttalib va uning ikki o‘g‘li (roziyallohu anhum) qatnashdi.
Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob va Usmon ibn Affon (roziyallohu anhum) barcha ishlarni hal etishda Abbos ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhu)ning fikriga hurmat bilan qarardilar.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Hazrat Umar (roziyallohu anhu): “Ey Alloh! Oldin Senga Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ni vasila qilib, yomg‘ir so‘rab duo qildik. Duoimizni ijobat etding. Endi u zot (alayhissalom)ning amakilari – Abbos ibn Abdulmuttalibni vasila qilamiz. Bizga suv ber!” dedi. Alloma Qastaloniy “Mavohib ul-laduniy”da bu voqeani shunday bayon qiladi: «Allohdan yomg‘ir so‘rab duo qilingandan keyin Hazrat Umar (roziyallohu anhu) jamoatga yuzlanib shunday dedi: “Ey odamlar! Janobi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhu)ni o‘z otalaridek yaxshi ko‘rardilar. Sizlar ham u zotga ergashinglar!”»
Abbos ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhu) dunyoqarashi keng, hamisha insonlarga yordam qo‘lini cho‘zadigan, saxovatli inson edi. Rasuli akram (sollallohu alayhi va sallam) fazilatli va savobi ulug‘ amal deya baholagan qul ozod qilish uning sevimli ishi edi.
U zotdan Imom Buxoriy va Imom Muslim o‘ttizdan ziyod hadis rivoyat qilishgan.
Abbos ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhu) hijriy 32 yili (milodiy 653 yil) Madinai munavvarada 88 yoshda vafot etdi.
Уведомление: Web Cam Live Porno Sex
Уведомление: https://krajowy.biz/
Уведомление: nova88
Уведомление: sbobet
Уведомление: maxbet
Уведомление: sportsbet
Уведомление: snuscore de
Уведомление: sbo
Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดินแลกเงิน
Уведомление: (727)743-3742
Уведомление: 토토샤오미
Уведомление: trouver plus ici
Уведомление: Alexa Nikolas Gray nazi
Уведомление: pay off debt
Уведомление: buy blue meanies mushrooms online
Уведомление: superkaya88
Уведомление: 웹툰 무빙 무료보기
Уведомление: ห้องพักรายวัน รามอินทรา
Уведомление: these details
Уведомление: buy magic boom bars online
Уведомление: blote tieten
Уведомление: Coblo
Уведомление: 카지노 커뮤니티 순위