Abu ad-Dardo

DO`STLARGA ULASHING:

Abu Dardo (r.a.)ning asl ismi Uyayma bo‘lib, Xazraj qabilasiga mansub. U hijriy 2 yilda Islomni qabul qildi. Uning musulmon bo‘lish tarixi o‘ziga xos. Abu Dardoning o‘rab qo‘yilgan buti bor edi. Uni Islomga da’vat qilib yurgan do‘sti ibn Ravoha o‘zi yo‘qligida butini olib sindirib tashladi va chiqib ketdi. Abu Dardo uyga qaytib, butining sinib yotganini ko‘rgach jahli chiqib ketdi: “Agar butning biror karomati bo‘lsaydi, o‘zini himoya qila olardi”, dedi va Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzurlariga borib musulmon bo‘ldi.
Abu Dardo sahobalar orasida ilmi va zuhdi bilan ajralib turardi. Avvallari tijorat bilan shug‘ullanib, keyinchalik ibodat va ilm olishga bel bog‘ladi.
Abu Dardo Rasullloh (s.a.v.)ning vafotlaridan keyin Umar (r.a.)dan Qur’on va sunnatni odamlarga o‘rgatish uchun biror joyga yuborishni so‘radi. Umar (r.a.) bunga rozi bo‘lib, Abu Dardoni Shomga jo‘natdi. Abu Dardo dunyoga muhabbat qo‘ymagan holda, juda kamsuqum hayot kechirardi. Uyiga mehmonga kelgan do‘stlari noqulayliklardan noliganda: “Bizning boshqa uyimiz bor. Barchamiz o‘sha yerda to‘planamiz”, derdi. Umar (r.a.) yoki Usmon (r.a.) davrlarida Shom qoziligiga tayinlanib, hijriy 32 yilda vafot etgan.
Bir umr taqvo va ilm ichra hayot kechirgan Abu Dardoni istarasi issiq, soqolini bo‘yab, egniga sariq chopon kiyib yuruvchi inson deya ta’riflashgan.
Abu Dardo Qur’oni karimni yod olib, masjidda har kuni Qur’ondan saboq berardi. U Shomda yuzlab hofizlar yetishtirgan. Tafsir ilmining rivojiga kamtarin bo‘lsada hissa qo‘shgan va ba’zi oyatlar tafsirini Rasululloh (s.a.v.)dan eishtganidek yetkazib bergan.
Abu Dardo fiqh va hadis ilmlarini puxta egallagan edi. Xususan, fihqda fikrlari inobatga olinadigan sahobalardan edi. U Shomdaligida Kufadan odamlar kelib u bilan maslahatlashishardi.
 U Rasululloh (s.a.v.)dan o‘rgangan va eshitgan barcha narsalarini musulmonlarga yetkazishga g‘ayrat qilardi. Zikr haqidagi ushbu mashhur hadisni ham Abu Dardo rivoyat qilgan: “Har bir namozdan keyin 33 bora tasbeh, 33 bora hamd, 33 bora takbir ayting” (Ahmad rivoyati).
Abu Dardo Rasululloh (s.a.v.)dan yana ko‘plab hadislar rivoyat qilgan. Undan hadis o‘rganganlar orasida Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Abbos kabi yirik olimlar ham bor. Umumiy hisobda Abu Dardo 79 ta hadis rivoyat qilgan.
 “Bir odam ilm yo‘lida yo‘lga chiqsa, Parvardigor unga jannat sari yo‘l ochadi. Farishtalar uning ilm yo‘lida ekanligidan sevinib, qanotlarini unga poyandoz qiladilar. Ilm sohiblari haqqiga yerdagi va ko‘kdagilar mag‘firat tilaydilar. Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir” (Ahmad rivoyati).
Abu Dardo astoydil Alloh zikrini qilar, odamlarga gapirishni o‘rganganlari kabi sukut saqlashni ham o‘rganishlari kerakligini tavsiya qilardi. U kerakli paytda sukut saqlash ham ilm ekani va inson tili tufayli jannat yo do‘zax sari yo‘l hozirlashi mumkinligini uqtirardi.
Alloh u zotdan rozi bo‘lsin!
“Irfon” taqvimining 2013 yil 2-sonidan olindi.
* * *
ABUD-DARDO, asl ismi Uvaymir, kunyasi bilan mashhur (? — 652) — ashobi kiromning faqihlaridan, olim va hakimlaridan biri.
Shom fathidan so‘ng u yerga hokim qilib tayinlangan. 179 hadis rivoyat etgan.
Islom ensiklopediyasidan

15 комментариев к “Abu ad-Dardo”

  1. Уведомление: chaturbate sexyeimykink

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: dmt vaporizer

  4. Уведомление: emprunt hypothécaire simulation ing

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: Buy punch bar edibles,

  7. Уведомление: sbo

  8. Уведомление: flooring installer

  9. Уведомление: passive income streams

  10. Уведомление: screenshot block

  11. Уведомление: DevOps Consulting Experts in USA

  12. Уведомление: psilocybin mushrooms for sale usa

  13. Уведомление: Controlled drugs available

  14. Уведомление: click here to read

  15. Уведомление: ks

Комментарии закрыты.