DO`STLARGA ULASHING:
Adabiyot fanidan dars ishlanma
Sinf: 5 Fan: adabiyot Dars — muqaddas
Mavzu: |
O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan berilgan parchani o`rganish |
|
Maqsad vavazifalar |
Maqsad:1.Ta’limiy: O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi hikoyalarni o`rganish, hikoyalar matni ustida ishlash.2.Tarbiyaviy: o’quvchilarning e’tiborini onaga bo`lgan mehr hissiga qaratish, insonni avaylashga o`rgatish. O`quvchilarni badiiy ijodga muhabbat ruhida tarbiyalash;3.Rivojlantiruvchi: og’zaki va yozma nutqni, aktyorlik mahoratini hamda eng ezgu insoniy fazilatlarni rivojlantirish.Vazifalar: o`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish,ularda mavzu asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.Mustaqil ishlashga undash.Mavzuga oid berilgan topshiriqlar qay darajada bajarilganini nazorat qilish va ularning bilimini baholash.Shakllantiriladigan kompetensiyalar: kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, adabiy bilimlarni amaliyotda qo`llash kompetensiyalari |
|
O`quv jarayonining mazmuni |
O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridan berilgan hikoyalarini o`rganish va tahlil qilish |
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi |
Dars turi: bilm, ko`nikma, malaka va layoqat hosil qiluvchiDars uslubi: aralashDars usuli: noan’anaviy:”Tilsim”,”Rolli o`yinlar”, “Sirli sandiq” , “Assisiment”Dars shakli: individual va kichik guruhlarda ishlash.Dars jihozi: darslik, elektron darslik, videoproyektor, kompyuter, ekran, slayd tushirilgan disk, audiomatnlar, rag’bat kartochkalari, adib surati va asarlari.Nazorat: og’zaki nazorat va savol-javob.Baholash: 5 balli tizim asosida. |
|
Kutiladigannatija |
O`qituvchi:Mavzuning qisqa vaqt davomida barcha o`quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O`quvchi faolligini oshiradi.Fanga nisbatan qiziqish uyg`otadi.Bir darsda barcha o`quvchi baholanadi. O`quvchilarni mavzuni mustaqil o`rganishga, xotirada saqlashga undaydi.Oldiga qo`yilgan muammolarni yechishga o`rgatadi. |
O`quvchi:Yangi bilimlarni tezlik bilan egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o`rganadi va nutqi rivojlanadi. O`z-o`zini nazorat qiladi. Savollar ustida ishlaydi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo`ladi. |
Kelgusidagirejalar |
O`qituvchi:Pedagogik texnologiyalarni o’zlashtiradi, yangi metod va usullarni tatbiq etadi. O’z ustida ishlashga undaydi. Pedagogik mahoratini oshiradi. |
O`quvchi:Mavzu yuzasidan qo`shimcha ma’lumotlar to`playdi. O`z fikrini ravon bayon qilishga harakat qiladi. Xulosa chiqarish malakasi oshadi.Asarning to`liq matnini o`qib chiqishga intiladi. |
Darsning blok-chizmasi:
T/r |
Dars bosqichlari |
Reglament |
Jami |
1 |
Tashkiliy qism: “Ma’naviyat ”daqiqasi |
3 |
45 daqiqa |
2 |
O’tilgan mavzularni takrorlash:“Tilsim” bilan ishlash |
10 |
|
3 |
Yangi mavzu bayoni:a) slayd namoyishi;b) “Rolli o`yinlar” (sahna)c) “O`yla,izla,top!”(lug’at bilan ishlash) |
20 |
|
4 |
Mustahkamlasha)”Sirli sandiq” (savol-javob)b) “Topqirlik bahsi”d) “Onaga ehtirom” |
10 |
|
5 |
Dars yakuni: baholash va uyga vazifa |
2 |
Darsning borishi:
I .Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash.
O`qituvchi: (“O`. Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobidan)
Odamzod nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan ko`ra sholg’om eksa, qozoniga tushadi-ku!
Odamzod nima uchun kitob o`qiyotib, suyukli qahramoni o`lib qolsa yig’laydi? Uni yozuvchi ichidan to`qib chiqarganini biladi-ku!
Odamzod nima uchun o`zga yurtlarga borib behisob mol-dunyo orttirsa-yu, ittifoqo bolaligi kechgan kulbasi tushiga kirib qolsa, tuni bilan yig’lab chiqadi? Axir u shohona qasrda yashaydi-ku!
Odamzod nima uchun bolasining boshida alla aytadi? Go`dak alla eshitmasa uxlamaydimi?
Gap shundaki, Odamzodni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor. Bu chegaraning nomi Ma’naviyat deb ataladi!
Qadrli o`quvchilarim! Sizning ana shunday yuksak ma’naviyat sohibi bo`lishingizni tilab ,bugungi darsimizni boshlayman!
Dars shiori: Ona- bitta! Vatan- yagona ! (O`tkir Hoshimov)
Sinf o`quvchilari 3 guruhga bo`linadi hamda I guruh “Mehr”, II guruh “Muruvvat”, III guruh “Oqibat” deb nomlanadi. O`quvchilarning dars davomidagi ishtiroki “Ofarin”,” Barakalla ”, “ Intiling ” kartochkalari yordamida baholab boriladi.
-
O’tilgan mavzuni takrorlash.
O`tilgan mavzuni takrorlash “Tilsim” ko`rgazmasi orqali amalga oshiriladi.
O`qituvchi: “TILSIM“ ko`rgazmasi umumiy o`rta ta’limning DTS talablari bilan belgilab berilgan adabiyot ta’limidan ko`zlangan maqsadni amalga oshiradi. Adabiyot olamidagi har bir adib ijodi — misoli tilsim. Bu tilsim sehrini ochish uchun siz shu adib haqida to`liq ma’lumotga ega bo`lishingiz, uning mashhur asarlarini bilishingiz lozim.
Aziz o`quvchilar! Ko’rgazmamizning pastki qismida arxiv-uyachalar bo’lib, unda bir nechta shoir va yozuvchining tug’ilgan yili, joyi, ilk asari, ish faoliyati, asarlari, mukofotlari, eng mashshur asari, vafot etgan sanasi aks etgan tarqatmalar aralash holda joylashtirilgan. Siz o`rganayotgan sevimli adibimiz ijodiga oid ma’lumotlarni arxiv-uyachalardan olib, ko`rgazmaning asosiy qismiga joylashtirishingiz kerak bo`ladi.
Guruhlar baholab olingach, o’qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi.
III. Mavzu jarayoni:
O’quvchilarga O’tkir Hoshimov hayoti va ijodi, «Dunyoning ishlari” qissasini o`rganish bo’yicha tayyorlangan slayd namoyish etiladi.
(Magnitofon orqali mumtoz musiqa yangrab turadi)
O`qituvchi internetdan olingan ma’lumotlar asosida mavzuni tushuntiradi:
O‘tkir Hoshimov 1982-yilda go‘zal asarni — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek mukofoti bilan taqdirlangan «Dunyoning ishlari» qissasini yaratib, ma’naviyat haqidagi bahsni davom ettirdi.
«Dunyoning ishlari» qissasi eng ezgu, eng samimiy tuyg’ular haqida , eng e’zozli zot- ona to`g’risida hikoya qiladi. Ona insonga hayot beradi, yuvib taraydi, tarbiyalaydi. Ona uchun eng to`tiyo narsa, o`g’ilmi-qizmi, uning farzandi. O`tkir Hoshimovning bu asari mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan.Undagi “Gilam paypoq”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “O`ris bolaning oyisi”,”Oq marmar, qora marmar”, “Iltijo” kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi, ularda o`g’li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido etishga tayyor, sharqona axloq-odob qoidalarini o`zida mujassam etgan Ona madh etiladi.Barcha hikoyalar mazmuni ona timsoli tufayli yaxlitlik kasb etadi.Asar ortiqcha tafsilotlar, jimjimadorlikdan xoli.Shu sabab ham katta qiziqish va hayajon bilan o`qiladi. Bu qissa O`zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek,”…dostondek o`qiladi. Uni o`qib o`z onalarimizni o`ylab ketamiz…”
O`tgan darsimizda qissadagi hikoyalarni o`qish va sahnalashtirishni vazifa qilib bergan edik. Bugun siz bilan “Alla”, “Qarz”, “Gilam paypoq”, “Iltijo” hikoyalari haqida gaplashamiz .
Asardagi “Alla” deb nomlangan bob nihoyatda ta’sirchanligi bilan kishini rom etadi. Alla inson bolasi hayotda tinglaydigan ilk qo`shiq, u vujudimizga ona suti bilan singgan va umrbod unutilmasdir.Yozuvchi bu ezgu qo`shiqni ilohiy kuchga ega bo`lgan, ko`ngilni eritadigan ohang sifatida ta’riflaydi. Ushbu bobni hayajonsiz, entikmasdan o`qish qiyin.
Proyektor orqali “Alla” qo`shig’i hamda alla haqidagi videolavha o`quvchilar e’tiboriga havola etiladi.
Shundan so’ng “Gilam paypoq” hikoyasining audiomatni eshittiriladi.
“Rolli o`yinlar” usuli asosida I guruh “Qarz”, II guruh “Gilam paypoq”, III guruh esa “Iltijo” hikoyalarini sahnalashtirib ko’rsatadi.
O’quvchilar sahna ko’rinishini ijro etgandan so’ng ularning mazmunini yoritib beradi.
I guruh: “Qarz” hikoyasida qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning insoniy fazilati qalamga olingan.Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo`shni farzandlar xursandchiligiga sarflaydi. O`tgan yili ularga tufli olib bergan bo`lsa, bu yil uch oyoqli velosiped, ko`ylak sovg’a qiladi. O`g’illariga esa “qarz oluvdim, qarzimni uzyapman” deb bahona qiladi. Hikoya oxirida o`g’il onasining nega bunday qilganini anglab yetadi va chuqur o`yga cho`madi.
II guruh: “Gilam paypoq” hikoyasida ona o`z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qilish uchun hatto jonini berishga ham tayyor. Ona qattiq shamollagan o`g’ilchasini “Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam o`lib qoladi!” degan tahlika bilan halloslagancha tabib Hoji buvining uyiga yuguradi.Bola darddan biroz yengil tortgach, o`z sog’lig’ini xavf ostiga qo`ygani- oyog’ini sovuqqa oldirgani ma’lum bo`ladi. Shu sabab ham o`g’il har yili onasiga gilam paypoq sovg’a qiladi.
III guruh: Qissaning “Iltijo” bobida ham insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to`lab bo`lmas qarz ekani nihoyatda ta’sirchan ifodalangan.Chunki onalarimizning hayotdagi o`rni beiyos. Ular bizni dunyoga keltiradi, oq sut berib boqadi, uzoq tunlar beshigimizni tebratib, atrofimizda parvona bo`ladi, parvarishlab voyaga yetkazadi. Buni teran idrok etgan yozuvchi onani qo`msash, uning beqiyos mehri oldidagi qarzdorlik tuyg’ularini g’oyat samimiy tasvirlay olgan.
“O`yla, izla, top!” usuli orqali o`quvchilarning adabiyot daftarlariga darslikdagi lug’at so`zlar yozdiriladi. O`quvchilar bu so`zlarning ma’nolarini yozishlari kerak bo`ladi. Shundan so`ng lug’at so`zlar ma’nolari elektron doskada aks ettiriladi va o`quvchilar o`z-o`zini baholash asosida tekshiradilar.
Lug`at bilan ishlash:
Tancha — sandal
Kavshandoz — uyning oyoq kiyim yechib kiriladigan joy
Kuchala — terak, tolning to`p guli
Qimiz — ot sutidan tayyorlanadigan ichimlik
Namat — yungdan bosib ishlangan palos, kigiz
-
Mustahkamlash
Mavzuni mustahkamlash uchun adabiyot darsligidagi savol-topshiriqlar yuzasidan “Sirli sandiq” o`yini o’tkaziladi.Har bir guruhdan navbat bilan ikkitadan ishtirokchi chiqib, sandiqchadan savolni oladi va unga javob beradi.
Agar o`quvchi javob berolmay qolsa, o`z guruhidan yordam olishi mumkin.
-
“Gilam paypoq” hikoyasida onaning bolasiga fidoyiligi nimalarda ko`rinadi?
2.Iltijo deganda nimani tushanasiz?
3.“Qarz” bobi so`ngida qo`shnining qizchasi Nilufar bilan suhbat chog’ida nega adibning qo`lidan konfetlar tushib ketdi?
4.“Haqqush” hikoyasida noahil aka-ukalar qanday jazoga tortildi?
5.“Alla” bobidagi ona allasining nima sababdan barcha uchun tushunarli ekanligini sharhlang.
6.Asarda tasvirlangan ona timsoli bilan barchamizning onalarimiz o`rtasida qanday o`xshashliklarni ko`ramiz?
T/r |
Berilgan gaplar |
Hikoya nomi |
1 |
Vahima qilmang, poshsha, dardini bergan xudo davosiniyam beradi. |
“Gilam paypoq” |
2 |
…Onalar farzandlari hamisha birga bo`lishini istaydilar. |
“Haqqush” |
3 |
Bahoga uch oyoqli velosiped, Baxtiga kuylak… |
“Qarz” |
4 |
Negadir shu ohang bilan qalbimga orom kirganday bo`ldi-yu, o`z-o`zidan ko`zlarim yumilib keta boshladi. |
“Alla” |
5 |
Ertalab-chi, oyi, yomg’ir yog’di. |
“Iltijo” |
Navbatdagi mashqimiz “Topqirlik bahsi“ deb nomlanadi. Bunda oquvchilar ekranda aks etgan quyidagi gaplar qaysi hikoyaga tegishli ekanligini aniqlaydilar.
Yakuniy bosqich “ONAGA EHTIROM” deb nomlanadi.
O`qituvchi: Ona farzandi uchun hamma narsaga,hatto jonini qurbon qilishga ham tayyor. Shuning uchun bo`lsa kerak, ona haqida behisob she’rlar to`qilgan, dostonlar, yirik asarlar bitilgan.Kichik maqollardan tortib muqaddas hadislarimizgacha ona madh etiladi, e’zozlanadi.
Bu bosqichda har bir guruh a’zolari “Onaga ehtirom” mavzusida taqdimot o`tkazishadi. 1-guruh ona haqida she’r o`qiydi, 2-guruh maqol va hikmatlardan yod aytadi, 3-guruh esa ona haqida matn tuzadi.
1-guruh: “Onajon” she’ri (Madina Xoliqova)
Izladim dunyodan mehr-oqibat,
Topmadim sizdan-da bir bag’ri kuyuk.
Onajon, izladim, lek topolmadim,
Sizdan-da ulug’ zot, sizdan-da buyuk …
Kerak emas menga hech narsa,
Siz baxtim, borlig’im,davlatim onam.
Hatto chumoliga ozor bermagan,
Oyog’i ostida jannatim onam!
2-guruh: Hikmatlar
-
Ona bilan bola, gul bilan (maqol)
-
Onalarning oyog’i ostidadur