Alpomish mavzusida insho

DO`STLARGA ULASHING:

Alpomish mavzusida insho
Reja:
1. Alpomish dostoni tarixi
2. Alpomish dostoni dunyo xalqlarida
3. Dostonning qisqacha mazmuni
4. Mustaqillikdan so’ng Alpomishning o’rni
1. «ALPOMISH» — oʻzbek xalq qahramonlik dostoni. Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. «Alpomish»ning qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston shaklida, tatar va boshqird versiyalari ertak va rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan. Oʻzbeklar «Alpomish», qoraqalpoqlar «Alpamis», qozoqlar «Alpamis batir», oltoyliklar «ApipManash», qozon tatarlari «Alpamsha», boshqirdlar «Alpamisha va Barsin hiluu» deb nomlaganlar. Oʻzbek dostonchiligi taʼsirida 20-a. boshlarida ertak va rivoyatlar shaklidagi tojik variantlari ham yuzaga kelgan. Oʻrta asr oʻgʻuz eposining muhim yodgorligi hisoblangan «Kitobi Dadam Qoʻrqut» tarkibidagi «Bamsi Bayrak» asari oʻzining syujeti va kompozitsiya qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga yaqin turadi.
2. «Alpomish» dunyo estetik tafakkuri tarixida kamdan-kam uchraydigan favqulodda va noyob badiiy hodisalardan biridir. Uning favqulodda va noyobligi shundaki, qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos baxshilar tomonidan asrlar davomida kuylanib, jonli epik anʼanalarda ogʻzaki ravishda bizgacha yetib keldi. Shuning uchun ham u bugungi kunda qadimiyatning buyuk bir ehsoni, oʻzi yaratilgan davrning umumiy dunyoqarashi, ayni paytda jonli anʼanaviy ijod va ijro sharoitlarida xalq ommasi ruhining obyektiv holatini davrlararo ifodalab, mazmun va shakl jihatidan goh kengayib, goh torayib, koʻplab variantlarda va xilma xil koʻrinishlarda ajdodlardan avlodlarga yetib kelgan adabiy yodgorlik, xalq milliy tarixidagi qahramonlik voqealarining afsonalar qobigʻiga oʻralgan oʻziga xos badiiy ifodasi, buyuk epos sifatida baholanadi.
«Alpomish» dostoni bundan ming yil ol-din turkiy xalqlarning qad. dostonchilik anʼanalari asosida xalq ogʻzaki ijodi namunasi sifatida yaxlit doston shaklini olgan boʻlsada, aslida «Alpomish» dostonining eng qad. qatlamlari mil. av. yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning badiiy talqinini oʻzida aks ettirgan. Qoʻngʻirot qabilasining turli hududlarga siljishi va ularning yangidan shakllanayotgan xalqlar tarkibiga kira borishi natijasida doston boshqa urugʻ va elatlarga ham oʻtib, ularning epik anʼanalari asosida qayta ishlana borib, juda keng tarqaldi va nihoyat, uning yaratilishida ota-bobolari ishtirok etgan har bir xalqning oʻz eposiga aylandi. «Alpomish» dostonining ogzaki epik anʼanalarda bizgacha yetib kelgan nusxalari 9—10 a. larda yaratilgan. Ammo bunday xulosa dostonga asos boʻlgan syujet va yetakchi motivlarning mifologik va tarixiy-hayotiy ildizlari qad. davrlarga — mil. av. zamonlarga taqalishini inkor etmaydi. Doston syujet tarkibida islomgacha bulgan karashlar va mifologik qatlam mavjud. Undagi mifologik qatlam esa, kad. turmush tarzining badiiylashtirilgan va ideallashtirilgan koʻrinishlaridir. «Alpomish» variantlari 1922-y. dan yozib olina boshlangan. Hozirgacha Fozil Yoʻldosh oʻgli, Mahammadqul Jonmurod oʻgʻli Poʻlkan, Berdi baxshi, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Boʻri baxshi, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli, Abdulla Nurali oʻgʻli, Umir baxshi, Haydar Boycha oʻgʻli, Rahmatulla Yusuf oʻgʻli, Hodir Rahim oʻgʻli kabi oʻttizdan ortiq dostonchilardan qirqqa yaqin variantlari yozib olingan. Dostonning yozib olingan qoʻlyozmalarining asl nusxalari Oʻzbekiston FA Til va adabiyot institutinnng folklor arxivida saqlanadi. Bu variantlar orasida eng mukammali, badiiy jihatdan eng yuksagi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan yozib olingani hisoblanadi. «Alpomish»ning Berdi baxshi, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Pulkan va Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Xushboq Mardonaqulov aytgan variantlari ham nashr etilgan. «Alpomish» dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urugʻ birligini kuylovchi ulkan eposdir. Respublikamiz prezidenti Islom Karimov «Alpomish» dostonining 1000-y. ligiga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqida aytganidek: «Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgoʻy boʻlishga, oʻz yurtimizni, oilamiz qoʻrgʻonini qoʻriqlashga, doʻstu yorimizni, or-nomusimizni ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga oʻrgatadi».
3. Doston qoʻngʻirot urugʻi boshliqlari — aka-uka Boyboʻri va Boysarining farzandsizligi tasviri bilan boshlanadi. Unda Alpomish, Barchin, Qaldirgʻochlarning bir kunda tugʻilishi, Barchin. Dostonning yetakchi obrazi (V. Ye. Kaydalov asari).
Barchinning Alpomishga beshikkerti qilinishi, Boysarining Boyboʻridan arazlab oʻn ming uyli elat bilan qalmoq eliga koʻchishi, qahramonning yorini olib kelish uchun oʻzga mamlakatga safari, Qorajon bilan doʻst tutinib, Barchin shartlarini bajarishi va yorini olib oʻz yurtiga qaytishi, keyin yana yetti yil tutqunda qolishi, zindondan oti Boychibor yordamida qutulib, oʻz eliga umr yoʻldoshi Barchinning zoʻravon Ultontoz bilan boʻlayotgan majburiy toʻyi ustiga kelishi ham raqibini yengib, murod-maqsadiga erishishi voqealari juda qiziqarli, eposga xos rang-barang badiiy boʻyoqlarda tasvirlangan. Alpomish va Qorajon, Qultoy va Yodgorlarning oʻzaro munosabatlari, hatto qahramonning oti Boychibor b-n, enchi harvona tuya bilan munosabati tas-virida jamiyat taraqqiyotining dostonda tasvirlangan bosqichiga xos olijanob soddalik, ulugʻvor vazminlik, patriarxal insoniylik, bolalarcha begʻubor samimiylik gʻoyatda goʻzal mujassamlashgan. «Alpomish» dostoni badiiy barkamol asar. Unda oʻzbek xalqi sheʼriy dahosining buyuk qudrati toʻlaligicha namoyon boʻlgan. «Alpomish»ning slovak tilida nasriy bayoni, rus tilida badiiy tarjimasi nashr etilgan. Undan parchalar ingliz tilida eʼlon qilingan. Doston turk tiliga tarjima qilindi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga (1998-y. 13 yanv.) hamda YUNESKO ning 1999-y. dagi tadbirlar rejasiga binoan Oʻzbekistonda 1999-y. noyab. da «Alpomish» dostonining 1000-y. ligi keng nishonlandi. Soʻnggi tantanalar 1999-y. 6 noyab. da Termiz sh. da boʻlib oʻtdi. Shu munosabat b-n bu yerda xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi, Alpomish nomidagi bogʻ barpo etildi va xalq qahramoniga haykal ochildi. «Alpomish»ning atoqli xalq baxshilari kuylagan variantlari qayta nashr etildi. Doston haqida hujjatli va badiiy film, uning motivlari asosida teatr spektakllari yaratilgan.

Оставьте комментарий