Asli O’zbekistonlik bo’lgan Fattoh Shodiev haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Asli O’zbekistonlik bo’lgan Fattoh Shodiev haqida

Fattoh Kayumovich Shodiev 1953-yil 15-aprelda Jizzax viloyatida tug’ilgan asli O’zbekistonlik bo’lgan tadbirkor, Markaziy Osiyodagi eng yirik ishbilarmonlardan biri. O’zbek, rus, yapon va ingliz tillarini yaxshi biladi.

Shodiev Bolqon, Zambiya va Janubiy Afrikada ferronikel va mis ishlab chiqarish uchun aktivlarni birlashtirgan tog’-kon investitsiyalari kompaniyasi bo’lgan IMR (International Mineral Resources) ning asoschilari va aksiyadorlaridan biridir.

Shuningdek, u Qozog’istonning yetakchi banklaridan biri bo’lgan EvroOsiyo banki direktorlar kengashining a’zosi. Uning boyligi $3,7 mlrd ga baholanadi.

U tashkil etgan “Xalqaro Shodiev jamg’armasi” tomonidan yurtimizga ko’p hayriya ishlari amalga oshirilmoqda, xususan “Sardoba fojiasi” uchun ajiratilgan $5 mln.

Оставьте комментарий