Asmo binti Yazid

DO`STLARGA ULASHING:

Mazkur sahobiyaning to‘liq ismi Asmo binti Yazid ibn Sakan ibn Rofe’ ibn Imri ul-Qays Ansoriy bo‘lib, kunyasi Ummu Omir (Ummu Salima) edi. Ibn Hajar Asqaloniy “Al-Isoba” kitobida Asmo binti Yazidni Muoz ibn Jabalning amakivachchasi deb yozadi. U ansorlarning peshqadam sahobiyalaridan edi. Mus’ab ibn Umayrning chorlovi bilan imon keltirdi. Asmoning ko‘pgina yaxshi jihatlari bor edi: aqlli, ibodatli, sabrli va ixlosi baland ayol edi. Barcha sahobalar Asmo haqida faqat yaxshi so‘z aytar edilar.
Asmo Islomning ilk davrida Madinada yashadi, muborak nubuvvatdan fayz oldi. Kuchli xotira, fasohatli so‘z, chiroyli nutq sohibasi bo‘lganligidan uni “ayollar voizi” deyishardi.
Asmo qiziquvchan bo‘lib, ko‘p savol berar edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan sakson bitta hadis rivoyat qilgan. Ansoriya ayollarning faqihi sifatida shuhrat qozongan. Bir necha marta jannat bilan bashoratlangan edi.
Aynan shu xislatlari uchun ham ayollar biror masalada Payg‘ambarimiz (alayhissalom)ga murojaat qilish kerak bo‘lib qolsa, Asmoni yuborishar, u masalani Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga chiroyli uslub bilan yetkazardi. Bir kuni ular o‘zaro: “Erkaklar ko‘proq savobga ega bo‘lishadimi yoki ayollarmi?” degan masalada bahslashib, bir to‘xtamga kela olishmadi. Aniq javobni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan so‘rab bilishga qaror qilishdi. Tabiiyki, buning uchun Asmo binti Yazidni vakil etib tanlashdi. Asmo odob bilan Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga kirdi va: “Ota-onam Sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh! Men ba’zi ayollarning Sizga yuborgan vakiliman. Shubha yo‘qki, Alloh taolo Sizni erkagu ayolga payg‘ambar qilib yubordi. Biz ham Sizga va yakka Allohga imon keltirganmiz. Biz ayollar uylarimizda o‘tirib, erlarimizning shar’iy istaklarini bajaramiz. Erkaklar esa juma namozi o‘qishadi, namozlarini jamoat bilan ado etishadi, kasal ko‘rgani borishadi va janoza namozlariga qatnashishadi. Hamda takror-takror haj va umra amallarini bajarishadi… Biz ayollar ularning mollarini qo‘riqlaymiz, kiyimlarini yuvib-tozalaymiz, tikib-yamaymiz. Farzandlarini parvarishlaymiz. Mana shu hamma xizmatlarimiz bilan erlarimizning savoblariga sherik bo‘la olamizmi?”
Payg‘ambarimiz (alayhis­salom) Asmo­ning gaplarini eshitgach, yonlaridagi sahoba­­lariga qarab: “Siz diniy savol so‘ragan ayollar orasida bundan ham chiroyli gapiradiganini ko‘rganmisiz?” deya uning zakovati va fasohatini e’tirof etdilar. Keyin Asmoga va u orqali barcha ayollarga ushbu xushxabarni aytdilar: “Ey xotin, eshit va seni vakil qilib yuborgan boshqa xotinlarga ham yetkaz. Agar bir xotin eri bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, uning roziligini olsa, sen sanab o‘tgan barcha fazilatli amallarning hammasida eri bilan teng savobga ega bo‘ladi” (“Usudul g‘oba”).
Bu xushxabarni eshitgan ayollar behad xursand bo‘ldilar. Chunki endi uy ishlari ezadigan yuk emas, balki savobga doxil qiladigan ibodatligi ayon bo‘lgan edi.
Ansor sahobalar haqida gapirar ekanmiz, biz birinchi navbatda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ga yaqin bo‘lganlari tufayli ularning eng yaxshi sifatlari haqida eslaymiz.
Saxiylik – bu go‘zal sifat, shu sifat ansorlarni boshqalardan ajratib turgan, saxovatlari tufayli ularning rizqiga barakot berib qo‘yilgan. Ibn Asokirning “Tarix” kitobida Asmo binti Yazid (roziyallohu anho)dan bunday rivoyat qilinadi: «Bir kuni men Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ni uchratib qoldim va U zotni mehmonga taklif qildim. U zot uyimizga tashrif buyurdilar va men ularga tamaddi qilishlari uchun go‘sht bilan pishloq keltirdim. U zot sahobalariga: “Allohning nomi bilan yenglar”, dedilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) va ularning sahobalari ovqatlanishdi. Allohga qasamki, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning barakotlari tufayli non va go‘sht xuddi tegilmagandek turganini ko‘rdim, lekin u yerda 40 kishi ovqatlangan edi. So‘ng Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) mening idishimdan suv ichdilar va ketdilar. Shundan keyin men va oila a’zolarim qachon kasal bo‘lsak yoki xayru barakot istasak, o‘sha suvdan ichib Allohning izni bilan shifo topardik. Rizqimizga ham baraka kirardi».
Payg‘ambarimiz (sol­lallohu alayhi va sallam)­ning vafotlaridan so‘ng Asmo binti Yazid Abdul­malik ibn Marvon davrigacha Shomda yashadi. Hijriy 69 yilda vafot etdi, Alloh rozi bo‘lsin.
Mohira Zufarova tayyorladi | Hidoyat.uz
Asmo binti Yazid ansoriy ayollardan bo‘lib, kuchli iymon, sabr, shijoat, aql egasi edi. Unda hotirlash, ta’sirchan gapirish, chiroyli o‘qish qobilyati mujassam edi. U bizga Rasululloh (salollohu alayhi vasallam) haqlaridagi qissalarni o‘ziga hos usul bilan yetkazib berganlardan biridir.
Ibn Hojar bunday deydi: “Asmo binti Yazid ibn Sakkon ibn Rofe’ ibn Imriul Qays ansorlardan bo‘lib avs qabilasning ashhal urug‘idandir. “Ummu Omir” va “Ummu Salam” kunyalari bor.
Asmoning Quron karim oyatlarini, hadisi sharifni o‘rganinshga o‘ta mohir edi.
Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam) sahobalar davrasida o‘tirganlarida Asmo binti Yazid huzurlariga keldi va: “Ota, onam sizga fido bo‘lsin, ey Allohni elchisi! Ayollar nomidan keldim. Ular so‘zimni maqullashdi. Alloh taolo sizni erkak ayolga payg‘ambar qilgan. Biz ayollar homilador bo‘lamiz. Erkaklar jamoat namozlarida ishtirok etishadi, hamda Alloh yo‘lida safarga chiqish bilan darajalari yuksaladi. Qachon safarga ketishsa, biz ularni bolalarini va mollarni qo‘riqlaymiz. Ayting-chi, savobda ular bilan teng bo‘lamizmi?”  deb so‘radi. Shunda Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam) sahobalarga “Dini haqida yahshi savol bergan ayollarning so‘zini eshitdingizmi? – dedilar. So‘ngra yana Asmoga yuzlanib: “Ey Asmo ortingdagi ayollarga bildir, ulardan qaysi biri eriga yaxshi xotin bo‘lsa, uning roziligini istab yaxshiliklariga ergashsa, barcha savobda eri bilan teng sherik bo‘ladi” deb marhamat qildilar.
Asmo binti Yazid (raziyallohu anho) bunday rivoyat qiladi: “Bir kuni tengdosh ayollar orasida turgan edim. Yonimizdan Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam) o‘tib qoldilar. Bizlarga salom berib: “Kufroni ne’mat qilishdan saqlaninglar”, dedilar. So‘rashga juratlirog‘i men edim. “Ey Rasululloh, kufroni ne’mat nima?” deb so‘radim. U zot marhamat qildilar: “Sizlardan biringiz  ota-onasi bilan yashaydi. So‘ngra Alloh taolo unga er bersa, eridan farzand ato qilsa, u g‘azablanadi. Hatto unga: “Men sendan hech yaxshilik ko‘rmadim” deydi. Bu voqea ayollarga Payg‘ambarimiz tarbiyalarining bir ko‘rinishi edi.
Amr ibn Qatoda (raziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam) eng birinchi bay’at bergan ayollar Ummu Said, Kabashata binti Rofe Ummu Omir (Asmo) binti Yazid ibn Sakkon va Havo binti Yazid ibn Sakkondir”.
Asmo birinchi bay’at qilganidan faxrlanib: “Men Rasulullohga bay’at qilgan ayollarning birinchisiman”, der edi.
Asmo binti Yazid ishlarni ishonch va diqqat bilan o‘rganar edi. Oisha                  (raziyallohu anho) maqtab: “Ansor ayollar qanday ham yaxshidir, dinni o‘rganishda hayolari ularni  (masala) so‘rashdan to‘sib qolmadi ”, deganlarida Asmo binti Yazid kabi ayollarni nazarda tutganlari shubhasiz.
Sahiylik ansorlarning oliy sifati edi. Asmo binti Yazid rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam) uyimizga tashrif buyurganlarida: “Bu uylarda qanday yaxshilik bor, bu arsorlarning yaxshiligidir”, deb marhamat qildilar.
Asmo binti Yazid yana shunday fazilatlari bois Rasululllohning hurmatlarini qozondi. Hudaybiyadagi daraxt ostida Asmo Rizvon bay’atini bergan edi. Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam): “daraxt ostida bay’at berganlardan hech biri do‘zaxga kirmaydi”, deganlar.
Abdussomad Abdulbosit o‘g‘li | Muslim.uz

19 комментариев к “Asmo binti Yazid”

  1. Уведомление: codeless automation

  2. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  3. Уведомление: stripchat italiana

  4. Уведомление: fake cheap knockoff watch

  5. Уведомление: สล็อตวอเลท

  6. Уведомление: nova88

  7. Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง

  8. Уведомление: sbobet

  9. Уведомление: คลิปหลุดใหม่

  10. Уведомление: mr mushies chocolate bar

  11. Уведомление: find more

  12. Уведомление: buy shroom bars in stardew valley

  13. Уведомление: online sex

  14. Уведомление: meateater bourbon for sale

  15. Уведомление: 홀덤

  16. Уведомление: comprar reseñas positivas

  17. Уведомление: 다시보기

  18. Уведомление: เว็บดูบอล

  19. Уведомление: great post to read

Комментарии закрыты.