«Assalom Navro’zi olam» nomli tadbir ssenariysi

DO`STLARGA ULASHING:

“Assalom Navro’zi olam” nomli
                               TADBIR SSENARIYSI
Jarchi chaqirig’i:
1-jarchi:                       Odamlar-u odamlar,
                                       Bog’da bitgan bodomlar,
                                        Eshitmadim demanglar,
                                        Navro’zni olqishlanglar,
                                        Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!
2-jarchi:                     Bozorlar bo’lsin to’kin,
                                        Xalqimiz eksin ekin,
                                        Hunarmand-u kosiblar,
                                        Chevar-u holvagarlar,
                                        Barcha-barchangiz bu kun,
                                        Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!
       (Doirachilar to’garagining “ZARB” guruhi chiqishi)
1-boshlovchi:      Bugun shodiyona Navro’zi olam,
                                       Orziqib kutilgan navbahor to’yi!
                                       Assalom yangi yil! Assalom bayram!
                                       Senga atalgusi yuraklar kuyi.
2-boshlovchi:  Yuraklarga solib hayajon,
                                  Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
                                  Yelkasida bayram libosi,
                                  Qo’llarida ochil dasturxon.
                                  Dala dashtga bag’ishlab chiroy,
                                  Yurtga keldi yana ko’klamoy.
3-boshlovchi: Assalomu  alaykum aziz ustozlar, qadrli ishchi- xodimlar va bilimga chanqoq o’quvchilar. Bahor bayramingiz muborak bo’lsin!
4-boshlovchi: Assalomu alaykum, shodiyonamiz ishtirokchilari. Sizlarni Navro’z – bahor, ezgulik, mehr-oqibat va saxovat bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Bugungi she’r-u g’azallar, kuy-qo’shiqlar — barcha- barchasi sizlar uchun.
1-boshlovchi: Darhaqiqat, Navro’z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishiga guvoh bo’lmish yangi kunning boshlanishidir.
2-boshlovchi: “Navro’z” forscha so’z bo’lib, “yangi kun” degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21-mart kuni kecha va kunduz tenglashgan kun – yangi yil, Navro’z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasiga to’g’ri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
                 Vasli aro ko’rdim, teng emish bo’yi-yu sochi,
                 Tun-kun ekan zohir o’lur bo’ldi chu Navro’z.
3-boshlovchi: Mustaqillik yillarida bu ko’hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Navro’z bayrami ilgari hech qachon ko’rilmagan ko’lam va shukuh-la madaniy hayotimizdan munosib o’rin oldi.
4-boshlovchi: Ha, Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy va o’lmas an’analarini o’zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini maktab-internat direktori, hurmatli ustozimiz Ilyos Ortiqovich Qo-dirovga beramiz.
1-boshlovchi: Bugun Navro’z bayrami,
                             Zo’r tantana, hamma shod.
                             Ona yurtda quvnaymiz,
                             Baxtiyormiz umrbod.
2-boshlovchi: Navro’z keldi yurtimga,
                             Dalalarga shoshaylik.
                             Keling, do’stlar, barchamiz,
                             Kuy, qo’shiqlar kuylaylik.
3-boshlovchi: — Har bir xalqning o’ziga xos qadriyat, an’analari bor. Ular millat bilan birga yashaydi, birga ulg’ayadi, taraqqiy topadi. Xalqimizning tarixi va madaniyatining bir bo’lagi bo’lgan Navro’z ham har yili yangilanib borayotgan ulug’ va navqiron bayramdir.
4-boshlovchi:  — Tarixiy manbalarda, jumladan, Mahmud Koshg’ariy, Beruniy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy kabi allomalamiz asarlarida Navro’z bayrami, u bilan bog’liq urf-odatlar haqida ko’plab ma’lumotlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Navro’z haqida fikr yuritadi. Alisher Navoiy Navro’z haqida gapirar ekan, “Har tuning qadr o’lubon, har kuning o’lsun Navro’z” deydi.
 1-boshlovchi: Bugungi bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish uchun maktab-internatimizning 9-sinf bitiruvchi o’quvchilari kamtarona bayram dasturi tayyorlaganlar. Bahorni sog’ingan qalblar uchun ko’klam haqidagi qo’shiqni e’tiboringizga havola etamiz.
   (9-“A” sinf o’quvchisi O.G’aniyev tomonidan “Fasli navbahor o’ldi” qo’shig’i ijro etiladi).
2-boshlovchi: Yurtim!  Ilhomimga sarchashma o’zing,
                              Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
                              Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman,
                              Vatanim,  muborak bo’lsin Naro’zing.
3-boshlovchi:     Boshingda hurriyat quyoshing bordir,
                              O’z tug’ro, bayrog’ing, yurtdoshing bordir.
                             Maqsading, g’ayrating, bardoshing bordir,
                             Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing.
4-boshlovchi:-Navro’z –yangi kun, yangi fasl,yangi yil demakdir.Xalqimiz uni yilboshi deb ham  ataydi. Navro’z biz uchun millatning  ulug’ kuni , yosharish, yangilanish, yuksalish bayrami bo’lib qolaveradi.
1-boshlovchi: -Navro’z shunchaki bir bayram emas. U  millatning tarixi,  falsafasi, madaniyati va san’ati, tafakkur tarzini o’zida mujassam etgan ayyomdir.
 2-boshlovchi: -Darhaqiqat, mustaqillik sharofati tufayli bu ulug’ bayramning tiklanishi xalqimiz uchun unutilmas voqea bo’ldi. Navro’z bayramida odamlar bir-biriga yaxshi tilaklar bildiradi, yor-u birodarlar,  qarindoshlar diydor ko’rishadi. Mehribonlik uylarida sahovatpesha yurtdoshlarimiz ko’magida turli xayriya tadbirlari o’tkaziladi.
3-boshlovchi: Navro’z bayramida tabiat uyg’onadi. Bugungi tadbirimizga bahoriy bayram bo’lmish Navro’zbek hamda dehqon bobolar tashrif buyurishgan. Marhamat, ularni kutib olaylik.
                  (Dehqon bobo va Navro’z chiqishadi)
Navro’z:   Assalomu alaykum aziz o’quvchilar, zahmatkash ustozlar, jonajon vatandoshlar! Sizlarni bayram bilan qutlash uchun uzoq yurtlardan tashrif buyurdim. Bilaman, sizlar meni intiqib kutgansizlar. Shuning uchun ham sizlar bilan diydorlashish, sizlarga quvonch ulashish uchun shoshilib keldim. Lekin men yolg’iz kelmadim o’zim bilan bahor oylari: mart, aprel, maylarni ham olib keldim. Bugungi bayram tantanangiz orqali sizlarni xushnud etishni maqsad qilgan ekanman, go’zallik va nafosat bayrami barchangizning dilingizga xush va a’lo kayfiyat olib kirsin. Men esa sizlarga hamisha ko’tarinki kayfiyat va sog’lik tilayman. Shunday qilib, keyingi bahor bayramida uchrashguncha xayr, aziz birodarlar.
Dehqon bobo:    Assalomu alaykum aziz yurtdoshlarim, mehribon ustozlar, qadrli o’quvchilar! Ona vatanimizga Navro’z bayrami tashrif buyurmoqda. Navro’z kelishi bilan tabiat uyg’onadi. O’z-o’zidan bobo dehqonga, ya’ni menga ish ko’payadi. Chunki erta bahorda qilingan ish doimo o’z samarasini beradi. Mehnat qilganlar esa kam bo’lmaydi. Bugungi bayram tantanasi xalqimizni mehnat qilishga, halol rizq topishga undashi shubhasiz. Hayot charag’on bo’lishi uchun astoydil harakat qilish bevosita mehnatga bog’liq. Men bahoriy bayramda barchaning kelgusidagi ishlariga zafarlar tilayman.
4boshlovchi: Navro’zning kelib chiqishi haqida ko’plab fikrlar, afsonalar mavjud. Masalan, zardushtiylar davridagi ba’zi bir tushunchalarga qaraganda, yaxshilik xudosi Ahuramazda  bahor va yozda, yomonlik  xudosi Ahriman kuzda va qishda hukmdorlik qilar emish. Bahorning birinchi kunida yaxshilik xudosi yomonlik xudosi ustidan g’olib chiqqan. Muqaddas sana deb uni bayram qilishgan. Bu sana Navro’z bayrami deb tan olingan emish.
1boshlovchi:  Qadimiy afsonalarga ko’ra, Odam  Ato va Momo Havo  uchrashgan kun Navro’z bayrami deb tan olingan emish. Firdavsiyning “Shohnoma “sida esa yangi yil, ya’ni Navrozning vujudga kelishi shoh Jamshid  nomi bilan bog’lanadi. Vaqt o’tib ,bu bayram rivojlangan. U “Yil boshi “ vazifasini o’tay boshlagan. Ana shundan boshlab Navzo’z bayrami nishonlanadi.
2boshlovchi: Navro’z o’lkamiz bo’ylab kezmoqda, barchaning yuzida bahor nafasi, doshqozonlar osilgan, ko’k somsalar yopilgan butun xalqimiz bayramona kayfiyatda. Doshqozonda sumalaklar qaynamoqda.
3boshlovchi: Darvoqe, do’stim, yaxshi eslatdingiz. Sumalak navro’ziy taom hisoblanadi.  Sumalak haqida ko’plab qo’shiqlar yaratilgan. Hozirgi navbatni sumalakka bag’ishlangan qo’shiqqa bersak.
(9-“A” sinf o’quvchisi A.Abdullayev “Sumalak” qo’shig’ini ijro etadi)
4-boshlovchi:        Bobomning bayti bor yaproqlaringda
                                  Momomning tafti bor chorbog’laringda.
Onamni eslatar rayhoning,  yurtim
Dadamning hidi bor tuproqlaringda.
1— boshlovchi:       Qizg’aldoqzoringda ko’milib yotdim,
Billur shabnamlarda cho’milib yotdim
Dunyoni unutdim,  o’zni yo’qotdim
Men ham vatan bo’ldim quchoqlaringda.
2boshlovchi: Navbatni Navro’z, bahor haqidagi she’rlarga bersak. Marhamat, tinglab dam oling.
(9-“A” sinf o’quvchilarining she’rlari)
3— boshlovchi: Navro’z bayramida azaldan sayllar o’tkazilgan Sayllarda turli xalq qo’shiqlari ijro etilgan.
4boshlovchi: Biz ham hozirgi navbatni xalq qo’shiqlariga bersak, marhamat.
(9-“B” sinf o’quvchilari tomonidan xalq qo’shiqlari ijro etiladi)
 1— boshlovchi: Bugungi tadbirimizga qatnashchilarimiz turli xalqlar raqslarini ham tayyorlab kelganlar. Hozirgi navbatni ana shunday raqsga beramiz.

Оставьте комментарий