«O`yla, izla, top! » tadbir ssenariysi

DO`STLARGA ULASHING:

31-umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi Yorqinoy Sayidovaning “OYLA,IZLA,TOP!” tadbir ssenariyasi
Maktab sahnasi gullar bilan bezatilgan .Fevral informatika va matematika fanlari oyligi munosabati bilan matematika fani bilan bog’liq bir qator fanlar  nomi ekranga yozib qo’yilgan .
Sahnada madhiyamiz yangraydi . Navbat bilan sahnaga jamoalarni taklif qilinadi. Tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz rahbari I.Xaitboyeva ga beramiz .Shundan song jamoalar galma-gal o’z tabrik qismini namoyish qilishadi.
“ZIYO” jamoasining chiqishi:
Assalom navqiron maktab sahnasi
Assalom jannatiy ustoz murabbiy
Assalom kechamiz ko’rki siz yoshlar
Sahnamiz sizlarga muntazir bu kun
Davramiz chorlagay bahs mushoiraga .
Bellashuv atalmish “O’yla,izla,top!”
Bilimlar charhini qilamiz xitob .
Fanlar kelar galma-gal savoli bilan
Javobin aytamiz obdon o’ylasak.
Misol uchun tarix fani bersa savolin
Javobiga shay turar bunda ibrohim .
Matematika bilimdoni Xolmurod , Akbar
Bir zumda hisoblab berar javoblar .
Fizika ,kimyoni daholar qadar
Bajarib qoyadi go’zal Ozoda .
Nodira atalmish galda qizimiz,
Iqtisod ilmini suv qilib ichmish.
Tarix va huquqni also so’ramang
Barini til bilan yengadi Yulduz.
Infarmatika – bu Algoritm emasmu?
Yetadi barimiz olgan ilmimiz.
Unda ayting, Nima qoldi ? – bizlar  bilmagan .
Birgina fan qoldi bizlar bilmagan .
Hamma birgalikda:         Qaysi fan ? Barini sanadik o’rtoq.
E,o’sha birgina chizma – lekala
Murakkab shriftlar, qiyin chizgilar.
Savoli berilsa kim berar javob ,
Boshimiz qotadi, bo’lamiz hunob.
E,o’rtoq shoshmagin chizmamu o’zi.
Qotirib tashlayman o’zim barini .
Axir o’rgatganku ustoz Zamira.
“mm”ri ,”sm” ri to’g’ri bo’lsa bas.
Hey,shoshma sen bunda to’xtagin bir pas
Unda bor tekisliklar nimaydi – nomi ?
Frontal ,gorizontal, profilmiyey ?
Maketni ko’rsatib qo’yishsa agar,
Chizib bilasanmi hatto “yaqqol”da?
E, do’stlar  bahsga ne hojat bunda
Barimiz hamjihat o’ylasak balki ,
Qoyil qoldirarmiz o’sha chizmani .
Kelinglar davramiz kutib qolmasin
Zaldagi ukalar zerikmasinlar
Bersinlar boshlaylik savol – javobni
Hakamlar belgilab aniq bahoni
Shohsupaga chiqarsin g’olib jamoani.
Hamma birgalikda:
Raqiblar sizlarga omad yor bo’lsin
Baxt iqbol hamisha barchaga unsin.
Bizning guruh:   ZIYO
Bizning shior:
Orzu istaklari ushalsin deya
Kamol topish  uchun qurilgan dargoh.
Vatanim ravnaqin mustahkamlashga
Ustozlar sabog’I bizlarga hamroh.
Navbat “ZUKKOLAR” jamoasiga:
Jamoamiz fahrimiz ,doim olg’a yuramiz .
“O’yla,izla,top”da ham bizlar g’olib bo’lamiz.
Sizga omad yor bo’lsin ,aziz tengdosh raqiblar .
Bugun ham g’olib bo’lsak ,hafa bo’lmang siz bizdan.
Guruhimiz shavvozlari, Nabijon va Shohjahon
Fanlarni xech ajratmas, bilmasa ham kekkaymas.
Xusnora qiz biolog ,kam bilmaydi kimyoni
Bilmasa ham chizmani ,iqtisodni oqlaydi .
Adabiyotning oynasi ,Munira qiz a’lochi
Bugun bellashuvda ham o’zi bo’lar tilmochi.
Yer sharini qoltiqlab, atrofida boshi  qotgan
Bugun qarang Kumushga kimlargadir gap otgan
O’zi ustamon chiqib, beshta fanni bilmoqchi
Raqib jamoani ham   faqat o’zi  yutmoqchi.
“To’xta ” deydi Mohinur ,biz ham bormiz bu yoqda
Birgalashib jamlashsak, albat golib bo’lurmiz
Hakamlar savoliga tetik javob qilurmiz .
Bahs mushoira boshlanar bu kun
Kimdir g’olib bo’lar ,kim esa mag’lub.
Bizgachi farqi yo’q ,o’qish bo’lsa bas
Bugungi bellashuvda do’stlik bo’lsa bas.
Bizning jamoa : “ZUKKOLAR”
BIZNING SHIOR:Ilm xazina kabi muqaddas,Qo’lingdan kelgancha terib olsang bas.”
Jamoalar o’z chiqishlarini namoish qilib bo’lishgach hakamlar tamonidan tayyorlangan fanlar kesimidagi savol – javoblarga navbat beriladi . Ekranda ko’rsatilgan fanlardan navbatma navbat tanlanadi va jamoalar savollarga to’g’ridan to’g’ri javob berishadi.
1 . Matematika
Masala:
        —    Bobo aytingchi ,o’g’lingizning yoshi nechada?
  • Nabiram necha kunlik bo’lsa , o’g’lim shuncha haftalik bo’lgan.
  • Nabirangiz necha yoshda?
  • Mening yoshim nechada bo’lsa, nabiram shuncha oylik.
  • Sizning yoshingiz nechada?
  • Uchalamiz birgalikda 100 yoshdamiz.
  • Qani, topingchi,bolalar, ularning har biri necha yoshda?
Javobi: 1+7+12=20 , 100 : 20 =5 , 7*5=35, 12*5=60  5 yosh,35 yosh, 60 yosh.
  1. Kimyo
3.Fizika
Javobi:
  1. Iqtisod
  2. Firma ta’sischilari o’rtasida o’zaro faoliyat yuritish bo’yicha tuziladigan kelishuv hujjati ……(firmaning ta’sis shartnomasi)
  3. Ishlab chiqarishda uzoq yil va ko’p marta ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarni sotib olishga mo’ljallangan mablag’ — ….. (asosiy mablag’)
3.Faqat asosiy vositalar sotib olinadigan jamg’arma …..(Amortizatsiya jamg’armasi)
  1. Tovarning sotishdan tushgan pul tushumi …..(yalpi daromad)
  2. Tadbirkorlarni biznesdagi yo’qotishlarga va  tavakkalchilik orqali zarar ko’rishlariga  qaramasdan faoliyat yuritishga majbur etadigan asosiy rag’bat nima? (Foyda)
  3. Firmaning boshqa firmalar va davlat oldidagi qarzlarini to’lay olmaslik holati …(bankrotlik)
7.Biror ko’zlangan maqsadga erishish usullari, shakllari, vositalari va boshqarish tamoyillarini o’rganadigan fan ….(menejment)
  1. Maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi ..(menejer)
  2. Iqtisodiy samaradorlik — ….(minimal xarajat qilib , maksimal foyda olish)
  3. Iqtisodiyotning asosiy ijtimoiy maqsadlarini sanab bering ?
(iqtisodiy:erkinlik,samaradorlik,tenglik , xavfsizlik, o’sish)
  1. Davlat budjetidan aholining moddiy jihatdan kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab quvvatlash uchun sarflanadigan mablaglar …(transfert to’lovlari)
  2. Yillar davomida yig’ilib qolgan budjet kamomadining jami miqdori …(Davlat qarzi)
  3. Depozit?(Omonat yoki bankka qo’yilgan mablag’)
14.Iqtisodiyotdagi monetarizm, pul nazariyasi asoschilaridan biri …(Devid Yum 1711-1776)
  1. Chizmachilik
  2. Shtrix orasidagi masofalar qaysi materiallarda 1,5-2 mm bo’ladi? (metal,charm,rezina,tabiiy tosh va beton)
  3. kesuvchi tekislik detal konturiga nisbatan qanday joylashadi? (perpendikulyar)
  4. Detalning ichki tuzilishini aniqlash maqsadida bitta kesuvchi tekislik qo’llanilsa hosil bo’lgan qirqim qanday qirqim deyiladi ? (oddiy qirqim)
4.Detaldagi ayrim chuqurcha ,teshik va o’yiqlarni chizmada belgilashda qanday qirqimdan foydalaniladi?(mahalliy qirqimdan)
  1. Murakkab qirqim turlari: …..(pog’onali va siniq qirqim)
6.Aksonometriyada o’lchamlar qaysi tartibda qo’yiladi?(o’lcham chiziqlari aksonometrik o’qlarga parallel chiziladi)
  1. Detalning asliga qarab qo’lda chiziladigan chizma nima deyiladi ? (eskiz)
8.Oktaedrning ko’rinishini tasvirlang. (xar bir uchida 4 ta yog’I birlashgan bolib, 8 ta yoq,6 ta uch, 12 ta qirrasi mavjud)
  1. 12 ta uch ,20 ta yoq , 30 ta qirrasi bo’lgan shakl ?(ikosaedr)
  2. Nuqta H tekislikda yotsa, uning V va W tekislikdagi proyeksiyalari qaysi o’qlarda tasvirlanadi? (Ox va Oy)
  3. 90oli burchakni teng ikkiga bo’lish uchun uning qaanday chizig’I o’tkaziladi? (bissektrisasi)
12.Aylana diametrik shu diametr orqali o’tgan o’q atrofida aylantirilsa ,qanday geometric sirt hosil bo’ladi?(silindr)
  1. Informatika
  2. Informatika faniga qachon asos solingan?
  3. Birinchi hisoblash vositalari (tabiiy) nima bo’lgan?
  4. Birinchi EHM lar qachon qaеrda yaratilgan?
  5. Birinchi dasturchi kim bo’lgan?
  6. Birinchi EHM lar davrida asos solingan EHM ning nomi?
  7. Birinchi shaxsiy kompyutеrlar qaеrda va qachon yaratilgan?
  8. Birinchi kalkulyator – “Arifmomеtr” qachon va kim tomonidan yaratilgan?
  9. Birinchi avlod EHM larning asosiy elеmеnti nimadan iborat bo’lgan?
  10. Hisoblash tеxnikasi nеcha davrni o’z ichiga oladi?
  11. EHM larning avlodlarini sanab bеring (yillari bilan)
7.Tarix
  1. 1984-yil qaysi shaharda birinchi jaded maktabi ochildi.(boqchasaroyda)
  2. Muzaffariya jaded  maktabi kimning tashabbusi bilan tashkil qilingan .(Ismoil Gaspirali)
  3. Qo’qon xonligi qachon tashkil topgan ?(1710)
  4. Xonliklardagi aholining katta qismini kimlar tashkil qilgan ?(o’zbeklar)
  5. Xonliklarda suv taqsimoti va ta’minoti bilan kim shug’ullangan?(Mirabboshi)
  6. Xoliklarda 12 kunlik hasher ishlari nima deb atalgan?(begar)
  7. Suv chiqmaydigan joylarga suv chiqarish moslamasi nima? (chig’ir)
  8. Muhammad Aminxon madrasasi nechanchi yilda bunyod etilgan ? (1851-1855)
  9. XIX asrda Toshkentning nechta darvozasi bo’lgan ?(12)
  10. 1843-yil Xivaga kelgan  ingliz diplomatiyasi vakili kim edi? (kapitan  Ebbot)
  11. Toshkentni  mudofaa qilishda ishtirok etgan Qo’qon xonligi lashkarboshisi kim?(Alimqul)
  12. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligi aholisi  soni qancha bo’lgan ?(800 ming)
  13. Zirabuloq jangida mag’lubiyatga uchragan Buxoro amirligi Rossiyaga qancha miqdorda tovon to’lash majburiyatini oldi? (500 ming rubl)
  14. 1866-yil maxsus mahkama qaysi shaharda tashkil qilingan edi?(Toshkent)
 
 Fransuz tili (lug’at)
9.ona tili va adabiyot (bahru — bayt)
  1. Biologiya
1 . Matematika
Masala:
        —    Bobo aytingchi ,o’g’lingizning yoshi nechada?
  • Nabiram necha kunlik bo’lsa , o’g’lim shuncha haftalik bo’lgan.
  • Nabirangiz necha yoshda?
  • Mening yoshim nechada bo’lsa, nabiram shuncha oylik.
  • Sizning yoshingiz nechada?
  • Uchalamiz birgalikda 100 yoshdamiz.
  • Qani, topingchi,bolalar, ularning har biri necha yoshda?
  1. Kimyo
50 g ohaktosh qattiq qizdirilganda 22g CaO olindi.Ohaktosh tarkibida necha foiz CaCO3 bo’lgan?
3.Fizika
  1. Iqtisod
  2. Firma ta’sischilari o’rtasida o’zaro faoliyat yuritish bo’yicha tuziladigan kelishuv hujjati ……
  3. Ishlab chiqarishda uzoq yil va ko’p marta ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarni sotib olishga mo’ljallangan mablag’ — …..
3.Faqat asosiy vositalar sotib olinadigan jamg’arma ……
  1. Tovarning sotishdan tushgan pul tushumi …..
  2. Tadbirkorlarni biznesdagi yo’qotishlarga va  tavakkalchilik orqali zarar ko’rishlariga  qaramasdan faoliyat yuritishga majbur etadigan asosiy rag’bat nima?
  3. Firmaning boshqa firmalar va davlat oldidagi qarzlarini to’lay olmaslik holati ……
7.Biror ko’zlangan maqsadga erishish usullari, shakllari, vositalari va boshqarish tamoyillarini o’rganadigan fan …
  1. Maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi ….
  2. Iqtisodiy samaradorlik — ……..
  3. Iqtisodiyotning asosiy ijtimoiy maqsadlarini sanab bering ?
  4. Davlat budjetidan aholining moddiy jihatdan kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab quvvatlash uchun sarflanadigan mablaglar ……
  5. Yillar davomida yig’ilib qolgan budjet kamomadining jami miqdori …..
  6. Depozit?
14.Iqtisodiyotdagi monetarizm, pul nazariyasi asoschilaridan biri …
  1. Chizmachilik
  2. Shtrix orasidagi masofalar qaysi materiallarda 1,5-2 mm bo’ladi?
  3. kesuvchi tekislik detal konturiga nisbatan qanday joylashadi?
  4. Detalning ichki tuzilishini aniqlash maqsadida bitta kesuvchi tekislik qo’llanilsa hosil bo’lgan qirqim qanday qirqim deyiladi ?
4.Detaldagi ayrim chuqurcha ,teshik va o’yiqlarni chizmada belgilashda qanday qirqimdan foydalaniladi?
  1. Murakkab qirqim turlari: …..
6.Aksonometriyada o’lchamlar qaysi tartibda qo’yiladi?
  1. Detalning asliga qarab qo’lda chiziladigan chizma nima deyiladi ?
8.Oktaedrning ko’rinishini tasvirlang.
  1. 12 ta uch ,20 ta yoq , 30 ta qirrasi bo’lgan shakl ?
  2. Nuqta H tekislikda yotsa, uning V va W tekislikdagi proyeksiyalari qaysi o’qlarda tasvirlanadi?
  3. 90oli burchakni teng ikkiga bo’lish uchun uning qaanday chizig’I o’tkaziladi?
12.Aylana diametrik shu diametr orqali o’tgan o’q atrofida aylantirilsa ,qanday geometric sirt hosil bo’ladi?
  1. Infarmatika
  2. Infarmatika faniga qachon asos solingan?
  3. Birinchi hisoblash vositalari (tabiiy) nima bo’lgan?
  4. Birinchi EHM lar qachon qaеrda yaratilgan?
  5. Birinchi dasturchi kim bo’lgan?
  6. Birinchi EHM lar davrida asos solingan EHM ning nomi?
  7. Birinchi shaxsiy kompyutеrlar qaеrda va qachon yaratilgan?
  8. Birinchi kalkulyator – “Arifmomеtr” qachon va kim tomonidan yaratilgan?
  9. Birinchi avlod EHM larning asosiy elеmеnti nimadan iborat bo’lgan?
  10. Hisoblash tеxnikasi nеcha davrni o’z ichiga oladi?
  11. EHM larning avlodlarini sanab bеring (yillari bilan)
Tarix
  1. 1984-yil qaysi shaharda birinchi jaded maktabi ochildi
  2. Muzaffariya jaded  maktabi kimning tashabbusi bilan tashkil qilingan .
  3. Qo’qon xonligi qachon tashkil topgan ?
  4. Xonliklardagi aholining katta qismini kimlar tashkil qilgan ?
  5. Xonliklarda suv taqsimoti va ta’minoti bilan kim shug’ullangan?
  6. Xoliklarda 12 kunlik hasher ishlari nima deb atalgan?
  7. Suv chiqmaydigan joylarga suv chiqarish moslamasi nima?
  8. Muhammad Aminxon madrasasi nechanchi yilda bunyod etilgan ?
  9. XIX asrda Toshkentning nechta darvozasi bo’lgan ?
  10. 1843-yil Xivaga kelgan  ingliz diplomatiyasi vakili kim edi?
  11. Toshkentni mudofaa qilishda ishtirok etgan Qo’qon xonligi lashkarboshisi kim?
12.XIX asr o’rtalarida  Xiva xonligi aholisi  soni qancha bo’lgan ?
13.Zirabuloq  jangida mag’lubiyatga uchragan Buxoro amirligi Rossiyaga qancha miqdorda tovon to’lash majburiyatini oldi?
14.1866-yil maxsus mahkama qaysi shaharda  tashkil qilingan edi?

Оставьте комментарий