Avia dispetcherlar qancha maosh oladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Avia dispetcherlar qancha maosh oladi?

— AQSH davlatida oʻrtacha yillik maosh $26 200 dan $43 500 gacha boʻlishi mumkin. Ammo oʻrtacha bir soatlik ish haqi esa $36 atrofida boʻlsa va ishchi kuniga 6-10 soat ishlasa, uning yillik maoshi 305 kunlik ish kuni bilan u $65 880 dan $109 800 gacha maosh olishlari mumkin boʻladi. (https://worldsalaries.com/average-dispatcher-salary-in-united-states/)

— Fransiya davlatidagi maoshlar yillik $24 300 dan $36 200 gacha boʻlib, bir soatlik maoshlar esa xodimlarning umumiy tajribasiga qarab, $11 dan $18 gacha boʻladi. (https://www.salary.com/research/fr-salary/benchmark/dispatcher-salary/fr) Albatta xalqaro va uzoq muddatli parvozlarda narxlar bundan ham baland hisoblanishi mumkin.

— Germaniya davlatida avia dispetcherning eng kam maoshi $47 000 atrofida, oʻrtacha maosh esa $71 000 gacha, eng qimmat maoshlar xodimning koʻp yillik tajribasi, mehnatini inobatga olgan holda $119 000 gacha boʻlishi mumkin. (https://www.glassdoor.com/Salaries/germany-flight-dispatcher-salary-SRCH_IL.0,7_IN96_KO8,25.htm#:~:text=The%20estimated%20total%20pay%20for,salaries%20collected%20from%20our%20users)

— Kanada dispetcherlarining eng kam moashi $38 000 atrofida, oʻrtacha ish haqi esa $53 000 dan boshlansa, eng yuqori maosh $72 000 hisoblanadi. (https://www.glassdoor.ca/Salaries/flight-dispatcher-salary-SRCH_KO0,17.htm#:~:text=Flight%20Dispatcher%20professionals%20in%20Canada,path%20of%20a%20Flight%20Dispatcher)

Оставьте комментарий