Dunyo mamlakatlari maktab ta’limi uchun qancha pul sarflaydilar?

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyo mamlakatlari maktab ta’limi uchun qancha pul sarflaydilar?

— AQSH davlati har bir oʻquvchi uchun shtatlar va mahalliy byudjetdan kelib chiqgan holda $9 100 dan $24 700 gacha sarflashi mumkin. 2023-yil uchun ajratilgan umumiy byudjet $794,7 mlrd boʻldi.

— Luxembourg ham ta’lim uchun eng koʻp pul ajratuvchi davlat boʻlib, boshlangʻich maktab oʻquvchilari uchun yillik $22 000 atrofida, oʻrta maktablar uchun $25 200 gacha pul ajratadi.

— Koreya boshlangʻich maktab oʻquvchisiga yillik $13 400 gacha, oʻrta maktablar uchun $15 200 atrofida pul ajratadi.

— Fransiya davlati bir yil uchun boshlangʻich maktab oʻquvchilariga $9 300 ajratsa, oʻrta maktab oʻquvchilariga $12 000 gacha sarflaydi.

— Meksika boshlangʻich sinf oʻquvchising bir yillik davlat ta’lim xarajati $3 000 gacha belgilangan boʻlib, oʻrta maktab oʻquvchilari uchun bu koʻrsatkich $2 600 gachani tashkil qiladi (https://educationdata.org/public-education-spending-statistics#:~:text=Federal%20funding%20for%20public%20postsecondary,which%20a%204.34%25%20increase%20YoY).

👉O’zbekistonda har bir o’quvchi uchun davlat qancha pul sarflaydi, izohlarda qoldiring.

Оставьте комментарий