DO`STLARGA ULASHING:
Amir Said Olimxon haqida .
Said Mir Muhammad Olimxon — Buxoro amirligini 1910 — 1920-yillarda boshqargan soʻngi oʻzbek mangit hukmdor. 1880-yilning 3-yanvar kuni Buxoroda tugʻilgan.
Said Muhammad Olim Turkiylarning Mangʻit ulusi Oʻzbeklari oilasida tugʻilgan. Said Olim oʻn uch yoshdaligida otasi Abdulahad tomonidan uch yilga davlatni boshqarish va harbiy maʼlumotlarni oʻzlashtirish uchun Sankt-Peterburgga yuboriladi. 1896-yilda u Rossiyadan Buxoro Shahzodasi sifatida Buxoroga qaytib keladi.
Ikki yildan soʻng u Nasaf xokimi etib tayinlanadi va ushbu lavozimida oʻn ikki yil faoliyat yuritadi. Keyingi ikki yilda u Karminning shimoliy provinsiyasini boshqaradi. 1910-yilda otasi Abdulahad Xon vafot etadi. Oʻsha yili Rossiya Imperiyasi Imperatori Nikolay II tomonidan Oliy martabaga koʻtariladi. 1911-yilda Said Olimxonga Hazrati Oliylari Imperator Svitasida general-mayor unvoni beriladi.
Taxtga 1910-yilda oʻtirdi. Boshqaruvining boshida u sovgʻalar olmasligini, boshqa vazir va boshliqlarga pora olishni man etishini va soliqchilar va boshliqlarni xalqdan olgan soliqni oʻz manfaatlarida qoʻllamaslikni amr etdi. Biroq vaqt oʻtib vaziyat oʻzgarib ketdi, ushbu intrigalar oqibatida yangi qonunlar chiqarmoqchi boʻlganlar Moskva va Qozonga yuborildi. Said Olimxon esa boshqaruvini anʼanaviy tarzda davom ettirdi.