Barg morfologiyasi. Bargning anatomik tuzilishi

DO`STLARGA ULASHING:

Barg morfologiyasi. Bargning anatomik tuzilishi
1.Barg vazifasi
2.Barg qismlari
3.Barg plastinkasining tuzilishi
4.Bargning poyaga joylanishi
5.Murakkab barglar
6.Barg metamorfozasi
7.Barg ichki tuzilishining xillari
8.Barg ichki tuzilishining o‘simlikning yashash sharoitiga bog‘liqligi
9.Dorzoventral barg anatomiyasi
 10.Izoloterial barg anatomiyasi
 11.Radial barg anatomiyasi
BARG MORFOLOGIYASI-Folium .
         Barg o‘simligining asosiy vegetativ organi bo‘lib hisoblanadi. Barg birinchi marotaba urug‘ embrionidan yoki kurtakdan o‘sib chiqadi. Barg pastki tomoni bilan o‘sadi. Ba’zi o‘simliklarda ma-salan: qirqquloqsimonlarda barg uchi bilan o‘sadi. Ko‘pchilik o‘simliklar bargi baxorda chiqib kuzda to‘kiladi. Ba’zi o‘simliklarning bargi esa bir necha yil to‘kilmasdan turadi. Masalan: qarag‘ayning bargi 3 yil,archaning bargi 10 yil, velvichiya deb atalgan o‘simlikning bargi 100 yil to‘kilmasdan tura oladi. Barg asosan 2 qismdan iborat:
         1.BARGNING BANDI (Chereshok)
         2.BARGNING PLASTINKASI
Go’za bargi: 1-barg tomirlari, 2-barg yaprog’i, 3-barg bandi.
         Ba’zi o‘simliklarning bargi bandsiz bo‘ladi, (sidyachiy list) Masalan, ko‘knorining bargi. Ba’zi o‘simliklarning  bargi qinli (Vlagalishniy list). Masalan: G’alladoshlarning bargi, soyabongullilarning oilasiga kirgan o‘simliklar.
Lolaning bandsiz bargi
Terakning to’rsimon tomirli bargi
Bug’doyning parallel tomirli bargi
         Barg bandli ham bo‘ladi. Bunga chereshkovыy list deyiladi. Ba’zi o‘simliklarning bargining tagida qo‘shimcha bargi ham bo‘ladi. (prilistnik) Masalan:no‘xat, g‘o‘za barglari tagida.
         Agar barg plastinkasi 1 ta bo‘lsa oddiy barg deyiladi.
Barg plastinkasi butun yoki qirqilgan bo‘lishi mumkin. Agar barg plastinkasi o‘rta tomiriga nisbatan 3/1 qismi qirqilgan bo‘lsa, bo‘lakli barg (lopastnoy list) deyiladi: chinor, anjir, g‘o‘za, terak, dub barglari. Agar barg plastinkasi bundan  ham chuqurroq qirqilgan bo‘lsa, ammo o‘rta tomirigacha yetmagan bo‘lsa, kesik barg (razdelnыy list) deyiladi. Mas:qoqio‘t,jag‘-jag‘.
         Agar barg plastinkasi o‘rta tomirigacha qirqilgan bo‘lsa, ajralganbarg (rassechyonnыy list) deyiladi. Mas: pomidor, kartoshka.
         Barg plastinkasining cheti tekis qirrali (selnokraynыy)yoki tishsimon (zubchatыy) arrasimon (pыlchatыy) yoki o‘yiqsimon (gorodchatыy) bo‘lishi mumkin.
         Barg plastinkasi har xil shaklda:ninasimon, chiziqsimon, lansetsimon, yuraksimon, buyraksimon, tuxumsimon, nayzasimon, strelkasimon  va boshqa bo‘lishi mumkin.
Turli shakldagi barglar:
1-qalami, 2-ellipssimon, 3-yuraksimon, 4-buyraksimon, 5-o’qsimon.
O’rikning bargi(oddiy barg).
Barg plastinkasi har xil  kattalikda bo‘ladi. Mas: Gruziyada o‘suvchi Pterium barg nixoyat darajada katta bo‘ladi. Odam bemalol ko‘rpa qilib ustiga yopsa bo‘ladi. Barg poyaga xar xil ravishda o‘rnashadi. Ba’zi o‘simliklarning bargi poyada ketma-ket  (ocherdnoy, spiralnыy) Mas: tol, terak barglari. Barg poyada qarama-qarshi(suprotinnыy) o‘rnashgan Mas: labsimongullilar oilasiga kiradigan  o‘simliklar, yalpiz, shalfey. Ba’zi o‘simliklarning bargi poyada xalqasimon ravishda (mutovchatыy)joylashgan. Sambitgul o‘simligining bargi 3 tasi 1  ta joydan. Bargning asosiy bandi bo‘lib, shu asosiy bandga bir nechta bargchalar o‘zlarining bandchalari  bilan joylashgan bo‘lsa, murakkab barg (slojnыy list) deyiladi. Murakkab barglar bir necha xil bo‘ladi:
  1. 3 plastinkali murakkab barg (troychatoslojnыy list) Mas: qulupnay, bedananing bargi.
  2. Toq patli murakkab barg.(neparnoperistoslojnыy list) Mas: na’matak, yong‘oq, akatsiya bargi kiradi.
  3. Juftpatli murakkab barg(parnoperistoslojnыy list) Mas: no‘xatning bargi, sariq akatsiyaning bargi.
  4. Panjasimon murakkab barg (palchatoslojnыy list) Mas: nasha, kashtanning bargi
Hashorotho’ro’simliklar:
1-drosera, 2-nepentes(kuvacha),3-kaliforniya darlingtoni, 4-qapqonli hashorotho’r, 5-suv qaroqchisi,6-aldrovanda.
Barg plastinkasining  tomirlanishi har xil bo‘ladi. Bir pallali o‘simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo‘ladi. (parallelonervnыy, dugonervыy) Moy landыshining bargi yoysimon: bug‘doy,jo‘xori arpaning bargi parallel tomirlangan bo‘ladi. Ikki pallali o‘simliklarning bargi to‘rsimon tomirlangan bo‘ladi (setchatonervnыy).
         To‘rsimon tomirlanish 3 xil bo‘ladi:
 
         1.PATSIMON TOMIRLANISH (Peristonervnыy)
         2.BARMOQSIMON (Panjasimon), (palchatonervnыy) tomirlanish
         3.YULDUZSIMON ( zvyozdchatonervnыy)tomirlanish
TURINI O‘ZGARTIRGAN BARGLAR
 
         Ba’zi o‘simliklarning bargi asosay vazifadan tashqari, qo‘shimcha vazifalarni ham bajaradi. Mas: kurtaklarning tashqi tomonidagi qobiqsimon barglar meristemani tashqi sharoitdan saqlab turadi. Piyozning tashqi tomonidagi quruq barglar ichki tomonidagi qismlarini qurib qolishidan saqlaydi.Ba’zi bir o‘simliklarning barglari qismlarini qurib qolishidan saq-laydi. Makkajo‘xorining so‘tasini  o‘rab olgan barglar ham jo‘-xori donini quyosh ta’sirida qurib qolish, chirish va qurtlarning yeb ketishidan saqlaydi.
 Ba’zi o‘simliklarning  barglari qisman yoki butunlay tikonga aylangan bo‘ladi. Mas: qushqo‘nmas, qo‘ytikan deb atalgan o‘simliklarning barglari qisman tikanga aylangan bo‘ladi. Kak-tus va Barbaris o‘simliklarining barglari esa butunlay tikanga aylangan. Demak, tikanlar o‘simliklarni himoya qiladi. Agava va Aloe degan o‘simliklarning barglarida suv zapaslari to‘planadi. Ba’zi bir  o‘simliklarning barglari gajakka aylangan. Bu gajakka aylangan barglar yordamida o‘simlik biror narsaga osilib yoki chirmashib o‘sadi: Mosh, loviya, no‘xat. Avstraliyada o‘suvchi Avstraliya akatsiyasining bargining bandi yaxshi taraqqiy etib,barg plastinkasiga aylangan bo‘ladi. Bunday barglarni 2 Fillodiya deb ataladi. Plastinkaga aylangan barg  bandida fotosintez protsessi bo‘ladi. Demak, barg bandining plastinkasiga aylanishi fotosintez protsessiga bo‘lgan talabdan deyiladi. Ba’zi bir o‘simliklarda oqsil modda yetishmaganligi sababli barg xashorat tutadigan qopqonga aylanadi.Bunday  o‘simliklarga: Rosyanka, Muxolovka, Puzirchatka, Kuvshinkalar kiradi. Gul kosachasi, otalik va onaliklari qiyofasini o‘zgartirgan barg ekanligini nemis shoiri va tabiatshunosi Gyote aniqlagan. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari yordamida vegetativ uchraydi. Mas:Begoniya va fikus. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari ildiz vazifasini ham bajaradi. Mas: suv qirqqulog‘i-Salviniya Salvinia natans. Bu o‘simliklarda 2 xil barg:suvning yuzasidagi va suvning ichkarisidagi barg deyiladi. Suvning ichkarisidagi barg ildiz vazifasini bajaradi.Barg juda ham o‘zgaruvchan organ. Bargning o‘zgarishi o‘simlikning yashash sharoitiga bog‘liq. Ba’zan bir tup o‘simlikning o‘zida ham xar xil barglar uchraydi. O‘simlikning pastki, o‘rtasidagi, yuqoridagi barglar. Odatda o‘rta barglar o‘simliklar uchun tipik barg bo‘lib  xisoblanadi.
 
BARG ANATOMIYASI
         Bargning ichki tuzilishi 3 xil bo‘ladi:
1.DORZOVENTRAL
2.IZOLOTERIAL
3.RADIAL
         Dorzoventral bargning yuqori tomoni pastki  tomonga o‘xshash bo‘lmaydi.Chunki yuqori tomonda qoziqsimon to‘qimalar, pastki tomonda esa, bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Izoloterial bargning yuqori tomoni pastki tomoniga o‘xshash bo‘ladi. Bargning yuqorida ham,pastki  tomonida ham qoziqsimon to‘qimalar joylashgan.
         Radial bargning tuzilishi novdaga o‘xshash bo‘ladi.Bargning ichki tuzilishi o‘simlikning yashash  sharoitiga ham bog‘liqdir. Issiq sharoitda yashaydigan o‘simliklarni  Kserofito‘simliklar deyiladi.
         O‘rta iqlimda yashaydigan o‘simliklarni Mezofit deyiladi.
Suv va nam  sharoitda yashaydigan o‘simliklarni  Gidrofit deyiladi. O‘simliklarning bargi epidermis bilan qoplangan. Ba’zi o‘simliklarning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, (archa, qarag‘ay) epidermis bilan qoplangan.Epidermisning ustida Kutikula qa-vati yoki mum izlari bo‘ladi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarning bargining epidermisida kutikula qavat qalin, epidermis bir necha qavat.Bu o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima yaxshi taraqqiy etgan.
         Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda epidermis 1 qavat, qoziqsimon to‘qima ham bargning yuqori tomonidan odatda bir qavat joylashgan bo‘ladi. Ba’zan 2 qavat ham bo‘lishi mumkin.
         Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima bo‘lmaydi.
         Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar fa-qat bargning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
         Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar barg-ning asosan pastki tomonida, qisman yuqori tomonga joylashgan bo‘ladi.
         Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda  esa, ustitsalar bargning yuqori va pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
Bargning plastinkasi 2 qismdan iborat:
         1.Bargning yumshoq qismi- Mezofil
         2.Bargning tomir o‘tgan qismi
         Bargning yumshoq qismi mezofillda qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalar joylashgan.
Barg kesmasining mikroskopda ko’rinishi:
1-ustki po’sti, 2-barg eti, 3-tomirlari, 4-orqa tomonidagi po’sti, 5-og’izchalari, 6-og’izchadagi oxirgi hujayralar(kattalashtirib ko’rsatilgan).
Shuvoqbargining ko’ndalang kesimi.
B-tuk, жв-bezli tuk, эв-ustki epidermis, эн-ostki epidermis, пт-ustunsimon to’qima, ксс-o’rtangi qavat, нн-o’tkazuvchi bog’lam, к-kutikula.
Odatda qoziqsimon to‘qimaning ichkari tomonida bulutsimon to‘qima joylashgan. Qoziqsimon to‘qima zich joylashgan bo‘ladi. Bulutsimon to‘qimaning xujayralari orasida bo‘shliq bo‘ladi. Bargning mezofil qismida ba’zi xujayralarda kristallar to‘planadi.Ba’zilarning xujayrasida suv zapaslari to‘planadi. Ba’zan mezofillda toshsimon  xujayra sklereid uchraydi. Mas:choyning bargida. Ba’zan o‘simliklarning mezofilida oshlovchi dubil moddalar, efir moylari va boshqa moddalarni ishlab chiqaradigan xujayralari uchraydi. Mas: lavr, evkalipta, magnoliya va boshqalar. Qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalarni-assimilyatsion to‘qima deb ham yuritiladi.Chunki ularning xujayrasida fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Bulutsimon to‘qi-ma siyrak joylashganligi uchun xujayralar oralaridan xavo o‘tib turadi.Natijada barg shamollatib turiladi.Shuning uchun bu to‘qimani ventelyatsion to‘qima deb ham yuritiladi.Bargning tomir o‘tgan qismida mexanik to‘qima kollenxima, asosiy to‘qima, hamda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarining soni 1 tadan 7 tagacha boradi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamida kambiy bo‘lmaydi. Ya’ni o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami yopiq bo‘ladi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami  kolloterial tipda tuzilgan. Floema kollenximaning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi. (Poyadan farqi) bargning yumshoq qismiga qattiqlik beruvchi mod-dalarni idioblast deyiladi.
R A D I A L B A R G
 
         Radial bargga misol qilib, qarag‘ay  bargini olamiz.
Radial barg.
Qarag‘ayningbargiko‘pyillikbo‘lsaham, boshqabarglargao‘xshashepidermisbilanqoplangan. Epidermisxujayralariningpo‘stiqalin, tashqitomondankutikulabilanqoplangan.Ustitsalarepidermisdachuquroqdajoylashgan.Epidermisniichkaritomonidamexanikto‘qimaGipodermajoylashgan.Gipodermabarggaqattiqlikberishdantashqari, epidermisshikastlangandaqoplog‘ichlikvazifasinibajaribturadi.Bargningassimilyatsionto‘qimasichokliparenxima (skladchatayaparenxima)dantashkiltopgan.Chokliparenximadaxujayraichkaritomongakiradi. Assimilyatsion to‘qima bargning po‘stloq qismiga joylashgan. Bargning po‘stloq qismida  smola yo‘llari bor. Smola yo‘li atrofida 2 qavat xujayralar joylashgan.1 qavati tirik xujayralardan iborat bo‘lib, uni Epitelial xujayra deyiladi. Ba’zi olimlarning fikricha epitelial xujayralar smola ishlab chiqaradi.Epitelial  xujayra atrofida mexanik to‘qimaga kiruvchi o‘lik xujayralar  joylashgan. Bargning markaziy qismi  ichkari tomoniga joylashgan. Markaziy qismida asosiy to‘qima, mexanik to‘qima sklerenxima hamda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarida floema ksilemaning yuqori tomoniga joylashgan bo‘ladi. (Poyaga o‘xshab) Qarag‘ay ochiq urug‘li o‘simliklarga kirgani uchun o‘tkazuvchi to‘qimada suv naylari bo‘lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi, ya’ni suv va suvda erigan moddalar traxeidlar orqali o‘tib turadi.

Оставьте комментарий