Bino va inshootlar Loyixalash bosqichlari

DO`STLARGA ULASHING:

Bino va inshootlar Loyixalash bosqichlari
Bino va inshootlar qurilishini loyixalashni shartli ravishda 3 ta bosqichga bo‘lish mumkin:
-loyixalashdan oldingi bosqich;
-loyixalash jarayoni bosqichi;
-loyixalashdan keyingi bosqich.
Loyixalashdan oldingi bosqichni asosiy qismi bo‘lib, loyixalash uchun kerak bo‘ladigan tegishli ma’lumotlarni yig‘ish xisoblanadi. Ma’lumotlarni to‘la va ishonchliligi loyixa xujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqishga asos bo‘ladi. Loyixalash tashkilotlarining amaliy ish faoliyatida pudratchi qurilish tashkilotlari pudratchi qurilish tashkilotlari va buyurtmachilardan loyixa yechimlarini aniqlashtirib berish to‘g‘risidagi murojatlar ko‘plab uchrab turadi.
Loyixalashdan oldingi ishlarni qoniqarsiz xolati ilmiy tekshirish va loyixalash institutlari ish faoliyatida perspektiv rejalarni yo‘qligi bilan asoslanadi. Qurilishni loyixalash va ilmiy tekshirish institutlari rejalarini kapital qurilish rejalari bilan bog‘liq xolda ishlab chiqilmasligi bunga sabab bo‘ladi.
Boshlang‘ich ma’lumotlarni sifatini oshirish maqsadida buyurtmachi tashkilotlar bilan loyixalash institutlari o‘rtasida loyixalash topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha xamkorlik shartnomalari tuzilishi lozim. Xozirgi kunda loyixalash ishlarining xajmini ko‘pligi sababli loyixa institutlari tomonidan turli korxonalar, muassasalarni qurilishini loyixalash uchun barcha ma’lumotlarni qamrab olgan boshlang‘ich ma’lumotlarto‘plamini tuzish talab qilinadi. Bu xujjatlarda quriladigan obyektlarning eng ratsional o‘lchamlari, ishlab chiqarish maydonlari, binolarning joylashuv sxemalari, qurilish maydoning o‘lchamlari va iqtisodiy asoslashlar o‘z aksini topadi.
Loyixalash topshirig‘i tasdiqlangandan so‘ng loyixalash bosqichi boshlanadi. U loyixa smeta ishlari kompleksi (xisob-kitob, grafik va ko‘paytirish) bo‘yicha texnik xujjatlar tuzishdan iborat bo‘ladi.
Loyixalash bosqichi qayta ishlatiladigan, betakror loyixalarning konstruktiv yechimlaridan maksimal foydalanilgan xolda olib boriladi. Bu o‘z navbatida loyixalash muddatini qisqartirishga, qurilishni industrial usullardan foydalangan xolda olib borishga imkoniyat yaratadi. Loyixalash bosqichi ko‘p mexnat talab qiladigan va uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, unda qurilishni olib borish uchun kerak bo‘ladigan texnik xujjatlar ishlab chiqiladi.
Loyixalashdan keyingi bosqichda tasdiqlangan texnik loyixa va ishchi chizmalar asosida loyixa ijrochilari qurilayotgan bino va inshootlarni nazorat qilib boradilar. Loyixa ijrochilari bu jarayonni faol ishtirokchilari bo‘lishlari lozim, chunki ular qurilayotgan bino va inshootlarni qurish jarayonida mualliflik nazorati olib borishdan tashqari loyixa xujjatlariga talab qilinganda tegishli o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin.
Taxlillarni ko‘rsatishicha loyixalashdan keyingi bosqichda bino va inshootlarni qurish jarayonida loyixa ijrochilari olib boradigan ishlarni 3 ta yo‘nalishga bo‘lish mumkin:
-qurilayotgan bino va inshootlarda mualliflik nazorati olib borish;
-bino va inshootlarni foydalanishga topshirish, ularni loyixa quvvatiga yetkazish va rejalashtirilgan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish jarayonida qatnashish;
-ish faoliyatini boshlagan korxonalarga texnik yordam berish.
Turli korxona, bino va inshootlarni loyixalash uchun loyixa ishlarini olib borish uchun tuzilgan shartnoma boshlang‘ich ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Loyixa ishlarini olib borish to‘g‘risidagi shartnoma asosida loyixalovchi tashkilot zarur bo‘lgan xollarda loyixa qidiruv ishlarini olib boradi va olingan ma’lumotlar asosida quriladigan obyektni loyixa qiladi.
Quriladigan obyektlarni loyixalash 1-bosqichli (1-chizma) yoki 2 bosqichli (2-chizma) bo‘lishi mumkin. Loyixalash jarayoning bosqichliligi loyixalanayotgan obyektning murakkabligiga qarab loyixa ishlarini olib borish to‘g‘risidagi shartnoma aniqlanadi.
Texnik – iqtisodiy asoslash (TIA)
Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar (TIHK)

Loyihalash topshirig‘i

Texnik – loyiha
↓ ↓ ↓
Texnik-ishchi loyiha Qurilish
qismi Yig‘ma
qismi
↓ ↓ ↓
Ishchi chizmalar
Texnologik qismi Qurilish qismi
1-chizma. Ikki bosqichli loyihalash
Texnik – iqtisodiy asoslash (TIA)
Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar (TIHK)

Loyihalash topshirig‘i

Texnik ishchi loyiha
↓ ↓ ↓ ↓
Texnik ishchi loyiha Qurilish qismi Ishchi chizmalar Yig‘ma
qism
2-chizma. Bir bosqichli loyixalash

Ikki bosqichli loyixalash yirik va murakkab obyektlarni obyektlarni qurishda, katta texnologik qurilmalar o‘rnatiladigan, murakkab arxitektura qurilish yechimlaridan foydalaniladigan obyektlar uchun amalga oshiriladi. Bunda birinchi bosqichda texnik loyixa ishlab chiqiladi, ikkinchi bosqichda ishchi chizmalar tayyorlanadi.
Quriladigan obyektlarni bir bosqichli loyixalashda texnik ishchi loyixa yaratiladi.
Loyixalashdan oldingi xujjatlar bu texnik iqtisodiy asoslash bo‘lib, unda xududlarda, viloyatlarda ishlab chiqarish korxonalarini rivojlanishi va ularni joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha sxemalar ishlab chiqish, loyixalash va qurish mo‘ljallanayotgan korxonalar, ularni ishlab chiqarish quvvatlari, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, xisob-kitoblar bilan asoslanadi.
Qurilish obyektlarini loyixalash bo‘yicha qaror yirik va murakkab korxona va inshootlar qurish uchun texnik-iqtisodiy asoslashlarni (TIA), boshqa korxonalar, bino va inshootlar uchun texnik-iqtisodiy xisob — kitoblar (TIXK)ni, ularni qurishni maqsadga muvofiqligi va zaruriyatini e’tiborga olib qabul qilinadi.
Texnik-iqtisodiy asoslashlar import texnologik qurilmalar o‘rnatiladigan korxonalarni qurish va qayta qurish, shuningdek ma’muriy binolar uchun ularni smeta qiymatiga bog‘liq bo‘lmagan xolda tuziladi.
Texnik iqtisodiy asoslash qurilishni rejalashtirish va loyixalashdan oldingi xujjat xisoblanib, quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
1. Texnik iqtisodiy asoslashga asos bo‘ladigan qabul qilingan qarorlar va boshqa xujjatlar, kengaytiriladigan yoki qayta quriladigan korxonalarning texnik xolati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ular xo‘jalik faoliyatining taxlili, oxirgi uch yillik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari.
2.Korxonani ixtisoslashuvi, kooperatsiyasi, ishlab chiqaradigan maxsulotining turi va xajmi
3. Korxonani xom ashyo, materiallar va yarim tayyor maxsulotlar, energiya, issiqlik, suv ta’minoti va mexnat resurslari bilan ta’minlash
4. Korxonani tarkibi, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, asosiy texnologik yechimlar, taklif qilinayotgan ishlab chiqarish texnologiyasini va texnologik qurilmalarni tanlashni asoslash
5. Qurilish olib boriladigan rayonni, maydonni, axoli punkitini tanlash va ularning tavsifi
6. Asosiy qurilish yechimlari, qurilishni tashkil etish, arxitektura-planirovka va konstruktiv yechimlar xamda ularning asosiy ko‘rsatkichlari
7. Atrof muxit muxofazasi, suv osti va usti suvlari, yog‘ingarchilik miqdori, ularning tavsifi
8.Qurilishni xisoblangan qiymati
9.Qurilishni va ishlab chiqarishni texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari, investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligi
10. Tuklif va muloxazalar
11. Ilovalar: qurilish obyekti qiymatining yig‘ma xisobi, situatsion reja.
Loyixa ishlarini olib borish va texnik loyixalar ishlab chiqarish uchun loyixalanayotgan obyektga buyurmachi tomonidan qo‘yilgan talablar ko‘rsatilgan loyixalash topshirig‘i asos bo‘lib xizmat qiladi.
Loyixalash topshirig‘iga qurilish uchun ajratiladigan yer maydoni, tashqi muhandislik inshootlariga ulanishning texnik shartlari, yer soti va usti inshootlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi. Agar qurilish olib boriladigan maydondagi mavjud bino va inshootlar saqlab qolinadigan bo‘lsa, u xolda ularni texnik xarakteristikasi va o‘lchamlari ko‘rsatiladi.Qurilish maydonidagi uy-joy fondini buzish lozim bo‘lsa, ularni inventarizatsiyasi, baxolash dalolatnomasi, maxalliy boshqaruv organlarini buzilgan uy-joy fondini kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorlari ilova qilinadi.
Loyixalash topshirig‘i belgilangan tartibda va shaklda tuziladi va u qo‘yidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
-quriladigan bino va inshootni nomi;
-loyixa ishlarini olib borish uchun asosnoma;
-qurilish turi (yangi qurilish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish) ularni texnik-iqtisodiy asoslashda keltiriladi;
-qurilish olib boriladigan xudud, axoli punkti (quriladigan korxonani joylashuvini asoslovchi materiallar, avvaldan keltirilgan TIA va qurilish maydonini ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatilgan bino va inshootlar);
-ishlab chiqariladigan maxsulot nomenklaturasi, korxona bo‘yicha asosiy maxsulot turlarini ishlab chiqarish xajmi (natural yoki so‘m o‘lchovida), agar qurilish navbatma-navbat olib boriladigan bo‘lsa uning birinchi navbatda quriladigan bino va inshootlari;
-quriladigan korxonaning ish rejimi;
-ishlab chiqarish va xo‘jalik kooperatsiyasi to‘g‘risidagi yechimlar, shu jumladan xududning ishlab chiqarish bo‘g‘ini tarkibida korxonani joylashuvi;
-atrof-muxit ximoyasi bo‘yicha talablar va ishlab chiqarish chiqindilarini yo‘q qilish tadbirlari;
-obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari;
-quriladigan korxona texnologik jarayonini avtomatlashtirilgan tizim orqali boshqarishni ishlab chiqish zaruriyati;
-uy-joy va madaniy maishiy binolarni qurilishini loyixalash uchun ma’lumotlar;
-jalb qilinadigan investitsiyalar xajmi, quriladigan korxona yoki bino va inshootlarni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
-qurilishni tugatish muddati (qurilishmuddati me’yorlariga asosan), ishlab chiqarish quvvatlari va ekspluatatsiyaga topshiriladigan komplekslarni qurish muddati;
-eng maqbul loyixa variantlari yoki uni qismlarini tayyorlash bo‘yicha talablar:
-loyixalash bosqichlari;
-bosh loyixalovchi tashkilot nomi;
-qurilish tashkilotining nomi;
-xududiy loyixa tashkiloti bilan kelishilganligi to‘g‘risidagi xujjat.
Loyixalash topshirig‘i bilan birgabuyurtmachi loyixa ishlarini olib boruvchi tpashkilotga qurilish maydoni ajratilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani, korxona va inshootlarnijoylashuvi to‘g‘risidagi kelishilgan xujjatni, qurilish pasportini, loyixa qilinadigan obyektni ta’minot manbaalari va muxandislik kommunikatsiyalari bilan ulanish manbalarini topshiradi.
Loyixa topshirig‘i buyurtmachi tomonidan loyixa qiluvchi tashkilotga loyixa ishlarini boshlanishidan 3-4 oy oldin topshiriladi.

Оставьте комментарий