BIROVNING MULKIGA ZARAR YETKAZISHNING OQIBATI

DO`STLARGA ULASHING:

❗️BIROVNING MULKIGA ZARAR YETKAZISHNING OQIBATI

⚡️SAVOL;
O‘zganing mulkiga zarar yetkazgan shaxsga qanday javobgarlik bor ?

⚡️JAVOB;
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61 prim 2-moddasiga ko‘ra, o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, oz miqdorni tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (1 500 000) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️O‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ko‘p bo‘lmagan miqdorni tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha (3 000 000 so‘m) miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

👉 Oz miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravariGACHA (9 000 000 so‘m) bo‘lgan miqdor,

👉 Ko‘p bo‘lmagan miqdor deganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravariGACHA (100 000 000 so‘m) bo‘lgan doiradagi miqdor tushuniladi.

Оставьте комментарий