Biznesda joy masalasi.

DO`STLARGA ULASHING:

Biznesda joy masalasi.
• Ko’pchilik biznesga qiziqayotgan yoki boshlayotganlar “biznesimga joy sotib olishim kerak” deb o’zini mashaqqatga qo’yadi. Joy cheklangan va u juda qimmat hisoblanadi. Juda katta biznes egalarining maslahati bo’yicha, siz joy sotib olishingiz emas, balki ijaraga olib ishlashingiz ancha qulay hisoblanadi.
• Misol: Yurtimizdagi Korzinka.uz supermarketlari tarmog’i ham hamma joylarini sotib olishmagan lekin e’tibor bering Korzinka.uz shunday katta pul aylantiradi-ki, u bemalol joy sotib olsa qurbi yetadi. Lekin sotib olishmaydi.
• Masalan, biznes boshlashda “menga joy uchun 100 000$ va boshlash uchun 20 000$ kerak” deb o’zingizni motivatsiyangizni tushirib o’tiraverasiz. 100 000$ dollarlik joyni esa, 500-1000$ ga oyiga ijaraga olsangiz bo’ladi. Dunyodagi juda katta kompaniyalar ham ko’p joylari ijara hisoblanadi, garchi u milliard dollar yiliga aylantirsa ham.

Оставьте комментарий