Bolalarda neyrosonografiya tekshiruvi

DO`STLARGA ULASHING:

Bolalarda neyrosonografiya tekshiruvi

Neyrosonografiya(NSG) — bolalar bosh miyasining liqildoqlar orqali ultratovush tekshiruvi.

Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda bosh miyaning tug’ma va orttirilgan patologiyalarini aniqlashda informativ va xavfsiz usul hisoblanadi. Neyrosonografiya 1 yoshgacha ya’ni liqildoqlar bitgunicha o’tqaziladi.

Neyrosonografiya quyidagi kasalliklarni aniqlashda yordam beradi:
▪️Kala suyagi ichidagi bosimning ortishi, gidrosefaliya
▪️Tug’ma rivojlanish anomaliyalari(Dendi-Uoker va Arnold-Kiari anomaliyasi)
▪️Kistalar, o’smalar
▪️Bosh miya ishemiyasi
▪️Gematomalar, anevrizmalar
▪️Travma va infeksiyalar natijasida yuzaga kelgan asoratlar

© Doctor Muxtorov

Оставьте комментарий