O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklashda ta’lim shaklini o‘zgartirish mumkinmi ?

DO`STLARGA ULASHING:

O‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashda ta’lim shaklini o‘zgartirish mumkinmi ?

Hukumat qarori(20.06.2017 №393)ga ko‘ra quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘ladi:

➖kechki (smenali) ta’limdan sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limga hamda kechki (smenali) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

➖sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

➖bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga.

Demak, ushbu yuqorida keltirilgan vaziyatlar bo’yicha o’qishni ko’chirish yoki qayta tiklash uchun ariza berganlarning arizasi rad etiladi. Demak bu holatda ta’lim shaklini o’zgartirish mumkin emas.

Оставьте комментарий