Bolalarda o‘tkir bronxiolit

DO`STLARGA ULASHING:

Bolalarda o‘tkir bronxiolit

O‘tkir bronxiolit — quyi nafas yo‘llarining, asosan mayda bronx va bronxiolalarning obstruktiv zararlanishi bilan kechadigan yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Har yili yer yuzida 150 mln ortiq holat qayd etiladi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchilari
▪️Respirator sinsitial virus — 60% holatda
▪️Rinovirus
▪️Paragripp 3-tip

Kasallik belgilari
?Nafas qisishi(aralash yoki ekspirator tipda)
?Perioral sianoz(og‘iz atrofi ko‘karishi)
?Samarasiz yo‘tal
?O‘pkada diffuz mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi.

❗️Bolada yuqoridagi belgilar aniqlanganda darhol uni vrach pediatr ko‘rigiga olib borish lozim. Esingizda bo‘lsin kasallik vaqtida davolanmasa og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Оставьте комментарий