Bolalarga ko‘zoynak tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Bolalarga ko‘zoynak tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Otabek Ikromov,
Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori:

— Hozirgi kunda bolalar o‘rtasida ko‘zoynak taquvchilar soni ko‘p uchramoqda. Bu, bir tomondan, endilikda kichkintoylarning ko‘zi ertaroq yoshida tekshirilayotganiga bog‘liq. Shu tufayli ularda ko‘rish nuqsonlari o‘z vaqtida aniqlanadi.

Ikkinchi tomondan, ko‘zga barvaqt zo‘riqish kelishi (masalan, mobil telefonga ko‘p tikilish, soatlab televizor ekrani oldida o‘tirish tufayli) maktab yoshidagi va maktabgacha yoshdagi bolalarda yaqindan va uzoqni ko‘rolmaslik avj olishiga olib kelmoqda.

Bunday vaqtda noto‘g‘ri tanlangan ko‘zoynak ko‘z optik tizimining me’yoriy rivojlanishini izdan chiqaradi va ko‘rish faoliyatiga zarar yetkazishi ham mumkin.

To‘g‘ri tanlangan ko‘zoynak kishiga katta yordam beradi, ya’ni atrofdagi narsalarni yaxshiroq ko‘rishiga imkon yaratadi.

Hatto keyinchalik ko‘rish quvvatini tiklashi ham kuzatilgan. Yaxshi tanlangan gardish yuz ko‘rinishini buzmaydi, uni bir qadar chiroyli ko‘rsatadi.

Ko‘zoynak tanlashda gardishning yaxshi o‘rnashganligiga e’tibor berish kerak.

Kishilarning yuz tuzilishi turlicha bo‘lganligi sababli goho yuzga mos keladigan gardishni tanlash kiyin. Demak, uni albatta, mutaxassis tanlab berishi lozim.

Gardish burun va quloqni og‘ritmasligi va shu bilan birga oynaklarning ko‘zga nisbatan to‘g‘ri joylashuvini ta’minlashi hamda ko‘z qorachig‘i orasidagi masofaga mos kelishi kerak.

Shunda bolaga ko‘zoynak noqulaylik tug‘dirmaydi va unga tezda ko‘nikib ketishi osonlashadi.
©ssvuz

@Bolalarshifokori1

Оставьте комментарий