Bolani emlash kerakmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Bolani emlash kerakmi?

✅Pediatrlar fikricha, barcha bolalar yoshligida emlanishi kerak. Lekin ayrim ota-onalar bolasini emlatishdan bosh tortadilar.

Quyidagi fikrlar emlash kerak ekanligini aniqlashga yordam beradi:
1. Ota-bobolarimiz davrida epidemiya darajasida keng tarqalgan vabo, chechak kasalliklarini hozir hech kim eslamaydi ham. Aslida o’tmishda bo’lgan ko’pchilik kasalliklarning yo’q bo’lib ketishiga emlash sabab bo’ldi. Vaqtida amalga oshirilgan emlash natijasida ayrim o’ta og’ir kasalliklarni yo’q qilishga erishildi.
2. «Bizning millat bu kasallikka chalinmaydi»-degan fikr bilan emlashdan bosh tortish ham noto’g’ri, chunki taqdir taqazosi bilan o’rmonga borib qolib u erda ensefalitni yuqtirib olsa, inson miyasi o’tkir yalig’lanishi mumkin. Yoshligida ensefalitga qarshi emlatilgan bola katta bo’lganida bu og’ir asoratli kasallikdan xoli bo’ladi. Axir farzandingiz katta bo’lganda chet elga o’qishga, ishlashga yoki xizmat safariga ketishini oldinan bilmaysiz-ku.
3. Suv chechak kabi oddiy kasallikni barchamiz bilsak kerak. Uning oddiyligi shundaki, deyarli barcha bolalar unga qarshi emlatilgani uchun u asoratsiz oson o’tadi. Emlanmagan yosh bolalarda ham u oson kechadi, lekin agar suv chechak keksa yoshdagilarda namoyon bo’lsa, uning kechishi juda og’ir bo’lishi mumkin. Demak, emlangan bolalarga keyinchalik kasallik yuqsa ham, u asoratsiz va tez o’tib ketadi.
4. Epidemiya davrida emlatish qanchalik sifatli amalga oshirilsa, epidemiya shunchalik tez yo’qqa chiqadi. Agar o’sha payt emlatishdan bosh tortilsa, yuqish davom etaverib kasallik to’xtatilishiga erishish qiyin bo’ladi va u yanada kengroq miqyosga tarqalishi mumkin.
5. Ko’pincha ota-onalar emlatgandan keyin bo’ladigan reaksiyadan qo’rqib bolasini emlatmaydi. To’g’ri, ayrim kasalliklarga qarshi bo’lgan emlash vositalari reaksiya berishi mumkin. Masalan AKDS privivkasi og’ir hisoblanadi. Lekin emlash sifatli dori vositasi bilan, bola sog’lom paytida qilingan bo’lsa, reaksiya arzimagan istma chiqish bilan namoyon bo’ladi xolos. Lekin AKDSga qarshi ematish qilinmay qolib, bola koklyush yoki difteriya kasalligiga uchrasa, uning asorati hatto hayotga ham xavfli bo’lishi mumkin. Ya’ni emlashga bo’lgan reaksiya bilan kasallik asoratini taqqoslab ham bo’lmaydi.
❗️Janubiy Koreyada emlashga juda jiddiy qaraydilar va emlashni muddatlarini o’tkazmay vaqtida amalga oshiradilar.
Eng asosiysi, ota-ona emlashga borayotganda birinchi bo’lib o’zi bolasini nazorat qilishi kerak. Agar bolasi sog’ bo’lsa, istmalamayotgan bo’lsa, unda hech qanday surunkali kasalligi mavjud bo’lmasa, bola o’z vaqtida sog’lom tug’ilgan bo’lsa, unda emlashga borishi lozim. Faqat emlash vositasi haqida batafsil vrachdan ma’lumot olish kerak. Ya’ni qaysi mamlakat vositasi, sifati qanday, undan keyin reaksiya bo’lishi haqida ma’lumotlar bormi va hokazo. Tanishlardan qanday emlash vositasidan foydalanishgan va uning bergan reaksiyasi haqida ma’lumot yig’ish kerak. Vrachdam ko’ra, o’z bolasini emlatgan onadan olingan ma’lumot ishonchliroq. Emlash vositasi haqida yaxshi fikrlar bo’lsa, uning qiymati esa qimmat bo’lsa, puldan qochmang, albatta o’sha yaxshi fikrlar ko’p yiqqan emlash vositasidan foydalaning. Bolani emlatish yoki emlatmaslik ota-onaning huquqi. Ota-ona qanday qarorga kelmasin, unga ma’suliyat bilan yondashishi zarur.
© Doctor Muxtorov

Оставьте комментарий