“BUYUK BOBOLARIMIZNI QANCHALIK BILASIZ?”

DO`STLARGA ULASHING:

“BUYUK BOBOLARIMIZNI QANCHALIK BILASIZ?”

Tadbir rejasi:

  1. Boshlovchilarning chiqishi
  2. Hikmatlardan namunalar
  3. Sahna ko’rinishi- “Lutfiy va Navoiy”
  4. Bobur ruboiylaridan namunalar
  5. Milliy raqs
  6. Navoiy va Bobur hayoti va ijodidagi o’xshashliklar. Ma’ruza.
  7. “Xamsa” haqida ma’lumot
  8. Bobur siymosi Hindiston va Kobul nigohida
  9. Sahna ko’rinishi  “Uch yomonning ta’rifi”
  10. Milliy raqs
“BUYUK BOBOLARIMIZNI QANCHALIK BILASIZ?”
“BUYUK BOBOLARIMIZNI QANCHALIK BILASIZ?”

1-boshlovchi: Buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni-Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhamad Bobur tavalludi tantanasiga yig’ilgan aziz o’quvchilar, Assalomu alaykum!

 

2-boshlovchi: “Davron elining jismida jon bo’lg’on” mo’tabar ustozlar Assalomu alaykum!

 

1-boshlovchi: Jahonki muqaddas neni ko’ribdi,

Bariga onasan, ey qodir hayot.

Asrlar qaridan boqib turibdi,

Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.

 

2-boshlovchi: Shu buyuk o’g’lingni ardoqlab dildan

Xalqim ta’zim etsang arzigay tamom.

Uning nomi bilan birga bitilgan

Dunyo daftariga o’zbek degan nom.

 

1-boshlovchi: Navoiy va Bobur. Bu ikki buyuk inson o’zining ibratli hayoti, buyuk ijodiy merosi bilan o’zbek adabiyotida muhim o’rin egallaydi. Uning nomini eshitmagan, asarlari va ijodidan to’lqinlanmagan insonni topish mushkul. Zero, bu ikki buyuk daho – o’zbek xalqiga chinakam haykal qo’ygan desak mubolag’a bo’lmaydi.

 

2-boshlovchi:  Alisher Navoiyni turkiy til asoschisi, she’riyat va g’azal mulkining sultoni, quyoshi deb e’zozlasak, Boburni shoh va shoir, bir qo’lda qilich va bir qo’lda qalamni birdek tutib o’ynata olgan inson sifatida qadrlaymiz.

1-boshlovchi: Bugungi Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan ”Buyuk bobolarimizni qanchalik bilasiz?” tadbirini ochiq deb e’lon qilish uchun so’zni _______________________ ga beramiz.

______________________________________________________________

 

2-boshlovchi: Iliq fikrlaringiz uchun tashakkur, ustoz. Yurtboshimiz Navoiy haqida: ”Bu zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak desak shoirlarning sultoni” deb bejizga aytmagan.

1-boshlovchi: Ha, Hazrat Navoiyning hayot yo’li, yurt ravnaqi yo’lida olib borgan faoliyati barcha insonlar uchun ibrat maktabi bo’la oladi. Navbatni Navoiy hikmatlariga beramiz. Marhamat ___ sinf o’quvchilari. Sizlarni davraga taklif qilamiz.

__________________________________________________________

 

 

1-boshlovchi:

Ko’p jahongir ko’rgan bu dunyo

Barchasiga guvoh yer osti

Lekin, do’stlar, she’r ahli aro

Jahongiri kam bo’lar rosti.

2-boshlovchi

Besh asrkim nazmiy saroyni,

Titratadi zanjirband bir sher.

Temur tig’i yetmagan joyni,

Qalam bilan oldi Alisher.

 

 

2-boshlovchi — Mir Alisher o’z davridanoq buyuk daholar safidan mustahkam o’rin olib, o’zbek nomini jahonga mashhur qilib, xalqimiz timsoliga aylandi. Uning ummon qadar bepayon ijodidan har kim o’z iste’dodiga yarasha bahramand bo’lmoqda. Zero, Navoiyning har bayti hikmatli bir kitob.

1-boshlovchi:

Endigi navbatni yana ___ sinf o’quvchilariga beramiz. Navoiy hayotidan bir sahna ko’rinishini namoyish etadilar. Navoiyning yoshligi va Lutfiy bilan uchrashuvi.

_________________________________________________________________

 

 

1- Boshlovchi:

Andijon bag`ridan uchib bir yulduz,

Hindiston  tog`iga gavhardek qo`ndi,

Otash yuragida aylanar bir so`z,

Anda jon qoldiku,anda jon qoldi.

2- Boshlovchi:

Dunyo charxpalagi tinmay aylanar,

Talato`p zamonlar o`taveradi.

Asrlar qa’ridan bir so`z ingranar,

Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.

 

 

  2- Boshlovchi:

Navbat __ sinf o’quvchilariga. Ular Boburning dard va hasratlari jo bo’lgan ruboiylaridan namunalar aytadilar.

Milliy raqs

 

1-boshlovchi: Tog’lar  bag’rida  yashayotgan  odamlar o’sha  tog’larning ne  chog’lik  ulug’vorligini  his  eta  bilmaydilar. Ular  tog’lardan uzoqlashgach, tog’lar  butun  salobati, viqori, buyukligi  bilan  ravshan  ko’rina  boshlaydi.

2-boshlovchi: Navoiy  va Bobur ijodi ham  ana shunday  tog’larga, cho’qqilarga o’xshaydi.. Ular  yashagan davr bilan  bizning  davrimizni  besh  yarim  asrdan  ortiq  vaqt  ajratib  turibdi. Davr  o’tgan  sari  bu     ikki  buyuk  ijodkor  ijodi ne chog’lik    buyuk  ekani  toboro yorqinroq  ko’rinmoqda.

1-boshlovchi: Navbatni ”NAVOIY  VA BOBUR  HAYOTI VA  IJODIDAGI  O’XSHASHLIKLAR” mavzusidagi ma’ruzaga beramiz. Ma’ruzani ____________  ___________________ _______________________________o’qiydi.

_____________________________________________________

1-boshlovchi:-Biz shunday ulug’ va mutafakkir shoir bobolarimiz borligidan faxr hissini tuyamiz, iftixor qilamiz. Bugungi adabiy kechamiz ham  Navoiy va Bobur kabi  she’riyat daholariga bo’lgan ehtiromimizning bir ko’rinishidir.

2-boshlovchi:-Hazrati Mir Alisher butun kuchini, aql-idrokini xalqqa, Vatanga xizmat qilishga, ilm-fan, adabiyot va san’atning rivojiga bag’ishlaydi. Uning o’lmas asarlari dunyo xalqlariga ma’naviy ozuqa bo’lib kelmoqda. Alisher Navoiy yonimizda bo’lmasada, qalbimizda abadiy yashaydi. O’zbek xalqi ulug’ mutafakkir, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bilan g’ururlanadi, jon dildan sevadi va yuksak darajada qadrlaydi.

1-boshlovchi:-Davraga ____ sinf o’quvchilarini chorlaymiz. Ular Navoiyning shoh asari  — ”Xamsa” haqida ma’lumot beradilar.

 

1-  Boshlovchi:

Bobur Hindistonda shoh bo`lsada, bir umr Vatanim, uning tuprog’ini bag`rikeng odamlarini sog`inib yashadi.

2-  Boshlovchi:

U o`zga yurt toji taxtidan Vataning bir siqim tuprog`ini afzal deb bildi. Shoir g`azallarida, ruboiylarida armonga aylangan Vatan sog`inchini his etamiz.

1-boshlovchi: Navbat _____ sinfning ikki nafar  o’quvchisiga. Bobur siymosi Hindiston va Kobul nigohida.

_______________________________________________________

 

1-boshlovchi:-Birin- ketin o’tib borar asrlarning karvonlari

Oh, ne chog’lik xatarlidir uning oshar dovonlari,

Inson zoti murodiga azal-abad yetar edi,

Ushalsa gar umidvor zot Navoiyning armonlari.

 

2-boshlovchi:-Fursat keldi do’stu g’anim kimligini bilay bu kun,

Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,

Ko’kka boqib sahar chog’i iltijolar qilay bu kun

Nurga to’lsin aziz bobom Navoiyning makonlari.

1-boshlovchi: Navbat  ______ sinf o’quvchilariga. Ular Navoiyning naqadar dono shaxs egasi ekanligini ko’rsatuvchu  ”Uch yomonning ta’rifi” deb nomlangan sahna ko’rinishini ijro etadilar.

____        _____         _____         _____         _____         _____

2-boshlovchi: Sahna ko’rinishi. Uch yomonning ta’rifi.

Sulton Husayin bir kuni o’z vazirlarining aql farosatini donishmandligini sinab ko’rish uchun ularni huzuriga chaqiribdi: 

Vazirlar:  Shohim, yo’qlagan ekansiz.

Podshoh:- Menga uch yomon odam topib kelinglar, topganinggizga yuz tillo mukofot, topa olmaganingizga 70 darra, sizlarga uch kun muhlat.

2-boshlovchi: Topshiriqni bajarish uchun berilgan muddat tugasa ham vazirlar topshiriqni bajara olmabdilar.

Vazirlar: Bir qoshiq qonimizdan keching, shohim. Biz siz aytgan uch yomon odamni topa olmadik.

Podshoh: Shu oddiy topshirig’imni ham bajara olmadingizmi? Endi sizlarni jazolashimga to’g’ri keladi.

Mulozim: Shohim, huzuringizga do’stingiz Alisher kirmoq istaydilar.

Podshoh: Kirsin!

Mulozim: Bosh ustiga, olampanoh.

Alisher Navoiy:- (Jallod,qassob va sayyodni boshlab podsho huzuriga kelibdi).

— Shohim, uch yomon odamni topishni buyurgan ekansiz. Mana ular: Jallod,qassob va sayyod.

Podshoh:- Mana do’stim Alisher sizga yuz tillo donoligingizga tassanno.

(Vazirlariga qarab) Endi mana shu uch yomonga ta’rif berishingizni so’raymen.

(Ular boshini quyi solib o’tiraveribdilar)

Shunda:

Alisher:-Jallodga faqat farmon bo’lsa bas, haqmi nohaqmi baribir to’g’ri kelgan odamni  qilichdan o’tkazaveradi.Qassob hayvonlarning eng yaxshisini so’yadi.Sayyod jonivorlarni ovlaydi,chiroyli qushlarni tutib qafasda saqlaydi.Ularni hayot go’zalliklaridan mahrum qiladi.

Sulton Husayin:-  Do’stim Alisher, aqlu farosatingizga, donolingizga yana bir marotaba qoyil qoldim.

___ ____

2-boshlovchi:-Vazirlar podshoning bu savoliga ham javob bera olishmabdi

____________________________________________________________

Raqs.

2-boshlovchi:

O’lsam yasamang munda mozorimni mening,

Yuklab elting jismi figorimni mening.

O’tru chiqarib ahli diyorimni mening,

Ko’yida qo’yung tani nizorimni mening.

1-boshlovchi:

Mana, ulug’ bobomizga bag’ishlangan kechamiz ham yakuniga yetdi. Bugun oz bo’lsa ham Navoiy va Bobur bobolarimizni ruhini shod eta olgan bo’lsak o’zimizni baxtiyor hisoblaymiz. Biz ham bobomizdek o’qish, ilm olish, o’rganish, komil inson bo’lishga harakat qilamiz. Navoiy bobomizga bag’ishlab tayyorlangan bayram tadbirimiz ham nihoyasiga yetdi.

E’tiboringgiz uchun rahmat!

 

 

Mazkur ssenariy Azamat To’liyev tomonidan tuzilgan

30 комментариев к ““BUYUK BOBOLARIMIZNI QANCHALIK BILASIZ?””

  1. Уведомление: trực tiếp bóng đá

  2. Уведомление: บาคาร่า ขั้นต่ำ 5 บาท

  3. Уведомление: Devops Consulting

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: psilocybe mushrooms for depression

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: 이천속눈썹펌

  8. Уведомление: where to buy whisky online

  9. Уведомление: cc dumps shop

  10. Уведомление: เงินด่วนทันใจนอกระบบ

  11. Уведомление: click for more

  12. Уведомление: sbobet

  13. Уведомление: buy magic mushrooms legal in dc

  14. Уведомление: los cabos real estate

  15. Уведомление: maxbet

  16. Уведомление: benelli firearms guns

  17. Уведомление: Key Wall Safe

  18. Уведомление: tu peux vérifier

  19. Уведомление: this website

  20. Уведомление: official site

  21. Уведомление: Plantation Shutters

  22. Уведомление: buy blue oyster mushroom spawn

  23. Уведомление: green molly drug,

  24. Уведомление: all slot auto wallet

  25. Уведомление: Residual income opportunities

  26. Уведомление: where to buy magic mushrooms New South Wales,

  27. Уведомление: gun stores

  28. Уведомление: bonanza178

  29. Уведомление: non gamstop casinos

  30. Уведомление: วิเคราะห์บอล

Комментарии закрыты.