DO`STLARGA ULASHING:
Markaziy Osiyoning buyuk ayollari
1. Nazipa Quljanova
Nazipa Quljanova — pedagog, etnograf, tarjimon, birinchi qozoq jurnalist ayoli. «Maktabgacha ta’lim», «Ona va bola» kitoblari muallifi. Asarlari bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan.
2. Sofya Hakimova
Sofya Hakimova — 33 yoshida tibbiyot fanlari doktori darajasini olgan ilk tojik ayoli. Tojikiston ilm-faniga hissa qo‘shgan jamoat arbobi. Dushanbedagi tug‘ruqxonada ilk inson genetikasi bo‘yicha labaratoriyasini ochgan.
3. Baljan Bultrikova
Baljan Bultrikova — Qozog‘istonning ilk tashqi ishlar vaziri sanaladi, BMT minbarida qatnashgan ilk qozog‘istonlik ayol diplomatdir.
4. Xadicha Sulaymonova
Xadicha Sulaymonova — huquq fanlari doktori, O‘zbekiston SSR adliya vaziri va o‘zbek tilidagi jinoyat huquqi bo‘yicha ilk darslikning muallifidir.
5. Dilbar Abdurahmonova
Dilbar Abdurahmonova — nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi ayol dirijyor sanaladi. Uning repertuarida 60 dan ziyod opera va balet spektakllari bor.
6. Asal Sartbayeva
Asal Sartbayeva — Markaziy Osiyoning ilk tan olingan olima ayollaridan biri. U vaksinalarni kremniy bilan qoplash usulini o‘ylab topgan. Bu tibbiyot vositalarini muzlatishsiz saqlash imkonini beradi. Bu butun insoniyat uchun muhim ixtiro bo‘lib, hozirda ko‘plab vaksinalar muzlatgichda saqlanmasa, aynib qolishi, hatto zaharli moddaga aylanishi ham mumkin.
7. Sayra Kizbayeva
Sayra Kizbayeva — Qirg‘iziston SSR xalq artisti, operachisi, jamoat arbobi, pedagog, professor. Uning davri qirg‘iz opera san’atida «oltin davr» sifatida eslanadi.
@Sahifa13