CEFR imtihonlari haqida nimalar bilasiz? 10 ta asosiy fakt

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️⚡️⚡️ ‼️ CEFR imtihonlari haqida nimalar bilasiz? 10 ta asosiy fakt
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlaganlik va sertifikat berganlik uchun talabgor tomonidan ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
✅ Sertifikat test sinovlari yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini toʻplagan shaxslarga 3 yil muddat bilan beriladi.
✅ Chet tilini bilish darajasi test sinovlari oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi, u quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:
a) “audialash” boʻlimi — ogʻzaki nutqni qabul qilish koʻnikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
b) “oʻqish” boʻlimi — yarim autent va autent matnlarni tushunishni, oʻqilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
d) “leksika va grammatika kompetensiyasi” boʻlimi — grammatik tuzilishni va lugʻat zaxirasini farqlash hamda ulardan toʻgʻri foydalanish mahoratini tekshiradi;
e) “xat” boʻlimi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lugʻat zaxirasidan foydalangan holda berilgan mavzular boʻyicha bir-biri bilan bogʻlangan matnlar tuzish mahoratini tekshiradi;
f) “soʻzlash” boʻlimi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lugʻat zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va oʻz nuqtai-nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.
✅ ”Audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi” boʻlimlarining har biri 30 ta savoldan iborat boʻladi, “xat” boʻlimi A2, A2+, B1, B1+, B2 darajalari uchun ikkita yozma topshiriqdan, C1 darajasi uchun uchta yozma topshiriqdan (darajaga bogʻliq holda birinchi topshiriq — 30—150 ta soʻzdan, ikkinchi topshiriq — 50—250 ta soʻzdan, uchinchi topshiriq — 80—100 ta soʻzdan), “soʻzlash” boʻlimi topshiriqlarning uchta turidan iborat boʻladi.
✅ Test sinoviga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati, uni oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi axborot Davlat test markazining saytida eʼlon qilinadi. Test sinovini oʻtkazish sanasi u oʻtkaziladigan kundan bir haftadan kechikmay eʼlon qilinadi. Test sinovini oʻtkazish joyi va sanasi Davlat test markazi tomonidan aniqlanadi.Test sinovi guruhlarning shakllantirilishiga qarab, lekin talabgor roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab olti haftadan kechikmay oʻtkaziladi.
✅ Testni oʻtkazish vaqti:
A2, A2+ darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 150 daqiqani, soʻzlash uchun — 10 daqiqani;
B1, B1+ darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 185 daqiqani, soʻzlash uchun — 15 daqiqani;
B2 darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 200 daqiqani, soʻzlash uchun — 15 daqiqani;
C1 darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 210 daqiqani, soʻzlash uchun 20 — daqiqani tashkil qiladi.
Test sinovi har bir boʻlimining eng yuqori bahosi 30 ballni tashkil qiladi.
✅ Test sinovlari natijalari ular oʻtkazilgan kundan boshlab ikki haftadan kechikmay Davlat test markazi saytida eʼlon qilinadi.
✅ Test sinovi yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 60 foizidan kam ball olgan talabgor test sinovida qatnashish uchun, lekin test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab kamida bir oydan keyin, chet tilini bilish darajasini aniqlash va Sertifikat berish uchun toʻlov toʻlangan taqdirda, hujjatlarni takroran taqdim etish huquqiga ega.
✅ Test natijalaridan norozi boʻlgan talabgor Davlat test markaziga apellyatsiya taqdim etish huquqiga ega. Apellyatsiya test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida belgilangan boʻyicha yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
✅ Test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorga test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida, Davlat test markazi buyrugʻi asosida Sertifikat beriladi. Malaka Sertifikatining dublikati berilganligi uchun BHMning 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.

9 комментариев к “CEFR imtihonlari haqida nimalar bilasiz? 10 ta asosiy fakt”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: ecstasy pills pics

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: สินเชื่อส่วนบุคคลอนุมัติง่ายที่สุด

  5. Уведомление: marijuana gummy bear online sale

  6. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์ โอนเข้าบัญชี

  7. Уведомление: สล็อตวอเลท

  8. Уведомление: Buy DMT Vape pen for Sale Australia

  9. Уведомление: Buy Psychedelics Melbourne

Комментарии закрыты.