Chaqaloqning ko’zi g’ilay bo’lib qolishi

DO`STLARGA ULASHING:

Chaqaloqning ko’zi g’ilay bo’lib qolishi

Ko’pincha yangi tug’ilgan chaqaloqning ko’z ikki chetga yoki o’rtaga qarab siljib qoladi. Shunda ko’zlari g’ilay bo’lib qolganidan ota-ona cho’chib ketadi. Ko’zi har xil tomonga ketib qolishi bir necha soniya davom etadi.

✅Yangi tug’ilgan chaqaloqda ko’z mushaklari yaxshi rivojlanmagan bo’lgani tufayli bu normal holatdir. Ko’z mushaklari bolaning barcha boshqa mushaklari singari o’z maromiga yetishi lozim. Albatta ko’z mushaklari tez rivojlanadi.

1. Agar homiladorlik yoki tug’ish jarayonida ona yoki bola ma’lum shikast yesa, u holda bola miyasida ko’z mushaklariga javob beruvchi ayrim qon sosudlari yorilib, bola tug’ilishi bilan ko’zi g’ilay bo’lishi mumkin. Agar vaqt o’tgan sayin bu g’ilaylik ijobiy tomonga o’zgarmasa, u holda okulistga uchrang. Lekin ko’pincha bunday tug’ma g’ilaylik o’z-o’zidan o’tib ketadi.

2. Chaqaloqning ko’zini g’ilay yoki bir tomonga siljib ketgandek ko’rinishiga yana bir sabab — bu yuz mushaklarining ham bir oz kattalarnikidan farqli (yetarlicha rivojlanmagan) ekanligidan kelib chiqishi. Bu holat ham hech qanday muolajani talab qilmaydi va bola yuzi kattalashgan sari g’ilaylik o’z — o’zidan yo’q bo’lib ketadi.

3. Ikki oyga to’lgan go’dak qo’lidagi o’yinchoqni ko’zlariga yaqin keltirsa, ko’zi burun tomon o’rtaga siljib ketadi. Bu holat ham o’tkinchi va bezovta bo’lishni talab etmaydi. Odatda 3-4 oygacha o’tib ketadi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek