Chaqaloqqa qanday so‘rg‘ich tanlagan ma’qul

DO`STLARGA ULASHING:

Chaqaloqqa qanday so‘rg‘ich tanlagan ma’qul

Chaqaloqlarga so‘rg‘ich olishdan oldin quyidagi maslahatlar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
So‘rg‘ichning qanday turlari mavjud?
Lateksli so‘rg‘ichlar tabiiy hisoblanib, rangi to‘q sarg‘ish bo‘ladi. Ular ko‘pincha muddatidan oldin tug‘ilgan va nozik chaqaloqlarga tavsiya etiladi. Sababi, lateksli so‘rg‘ichlar og‘iz haroratida isib yumshaydi va ona ko‘kragini eslata oladi. Lekin lateksli so‘rg‘ichlar tarkibida oqsillar mavjudligi tufayli bolada allergiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Lateksli so‘rg‘ichlarni tanlashda yuqori sifatli taniqli brendlarga mansub bo‘lganini tanlash zarur. Sifatsiz lateks o‘zidan konseragen (salomatlik uchun o‘ta zararli) moddalarni chiqarish xususiyatiga ega.
Silikonli so‘rg‘ichlar sun’iy materialdan tayyorlanadi. Ular rangsiz bo‘ladi. Silikonli sorg‘ichning asosiy xususiyati bolada unga allergiya bo‘lmaydi, chunki silikon lateksdan farqli ravishda sun’iy moddadir. Silikonli so‘rg‘ich lateksli so‘rg‘ichdan ko‘ra uzoqroq muddatga yaroqlidir.
So‘rg‘ichni shakliga qarab farqlash:

🍼Oddiy so‘rg‘ich — asosan lateksdan tayyorlangan bo‘lib, ona ko‘kragi shaklida bo‘ladi. Uning uchi kattaroq va dumaloq shaklga ega bo‘ladi.

🍼Anotomik so‘rg‘ich — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan. Uning uchi biroz ezilgan shaklga ega bo‘lib, chaqaloq tanglayiga taqalib turadi.

🍼Ortopedik so‘rg‘ich — tomchi shaklini eslatadi. Bu shakldagi so‘rg‘ichlar bolaning og‘iz bo‘shlig‘ini butunlay qoplamaydi, natijada tish va jag‘ deformasiyalanmaydi.

Оставьте комментарий