DO`STLARGA ULASHING:
Diktant: Ozodalik
Ozodalik insonning eng yaxshi fazilatlaridan biridir. Toza yurgan odam hamisha boshqalarda yaxshi taassurot qoldiradi. Ozoda kiyim, toza hovli va tartibli xona kishining didi va madaniyatini ko‘rsatadi.
Har bir o‘quvchi maktabga ozoda holda kelishi kerak. Sinf xonasi ham doimo toza saqlanishi lozim. Chunki tozalik bor joyda fayz bo‘ladi. Ozodalikka rioya qilgan inson sog‘lom ham bo‘ladi.
Shuning uchun ozodalikni kichik yoshdan odat qilish kerak. Bu yaxshi odat insonni tartibli va mas’uliyatli etib tarbiyalaydi.
