Donorlar qanday huquq, imtiyoz va kafolatlarga ega?

DO`STLARGA ULASHING:

Donorlar qanday huquq, imtiyoz va kafolatlarga ega?
✅ Qonunchilikka ko’ra:
🔹 qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravishda hamda bepul topshiruvchi donor “O’zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko’krak nishoni bilan taqdirlanadi va BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming so’m) miqdorida biryo’la beriladigan pul mukofoti oladi; (https://lex.uz/docs/-46727#-46832)
🔹mazkur ko’krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to’lovidan ozod qilinadi; (https://lex.uz/docs/-2898879#-2899183)
🔹qon topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko’rikdan o’tadigan kuni donor ana shu kunlar uchun o’rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi; (https://lex.uz/docs/-46727#-46828)
🔹o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o’quvchilari, oliy o’quv yurtlari talabalari, ta’lim oluvchilarning boshqa toifalari qon topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko’rikdan o’tadigan kuni mashg’ulotlardan, harbiy xizmatchilar esa naryadlarni bajarishdan, xizmatni o’tashning vaxta va boshqa shakllaridan ozod qilinadi; (https://lex.uz/docs/-46727#-46828)
🔹 donorga har safar qon topshirgan kunning bevosita ertasiga dam olish uchun o’rtacha ish haqi saqlangan holda qo’shimcha 1 kun beriladi (https://lex.uz/docs/-46727#-46828). Donor xohishiga ko’ra mazkur dam olish kuni har yilgi mehnat ta’tiliga qo’shib berilishi mumkin;
🔹donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar soliq to’lovchining jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi; (https://lex.uz/docs/-4674902#-4686966)
🔹donor xodimlarga ko’rikdan o’tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun to’lov, ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash jumlasiga kiradi; (https://lex.uz/docs/-4674902#-4687165)
🔹 sog’lig’i saqlanishi tibbiyot xodimlari tomonidan kafolatlanadi hamda sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rni qoplanadi. (https://lex.uz/docs/-46727#-46813)go

Оставьте комментарий