Ethernet FDDI lokal tarmoq texnologiyalar

DO`STLARGA ULASHING:

Ethernet, FDDI lokal tarmoq texnologiyalar
Reja:
Kirish………………………………………………………………………………………………
  1. Lokal tarmoqni paydo bo’lishi……………………………………………………….
  2. BlueTooth –kabelsiz tarmoq……………………………………………………………
  3. Kompyuterning ichki portlari bilan ishlash…………………………………………..
Xulosa……………………………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati…………………………………………………..
Kirish
 
Axborot texnologiyalarining maqsadi inson taxlil kilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir.
Bundan tashqari, axborot texnologiyasining asosiy maqsadi — axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish.
Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-kompyuter tizimini o‘zida ifodalaydi. Axborot tizimi – o‘z tarkibida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta’minot hamda odamlarning birgalikdagi faoliyat yuritish jarayonini aks ettirib, u iste’molchi uchun axborot ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga oladi.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’lim – tarbiyada axborot tizimlarining asosiy vazifalari – bu o‘rganilayotgan ob’ektga tegishli barcha axborot resurslarini eng maqbul boshqarish usullari yordamida iste’molchiga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab chiqish va ulardan ta’lim ob’ektni boshqarishda foydalanish uchun axborotli va texnikaviy ta’minot muhitini yaratishdir.
Axborotlarni avloddan – avlodga uzatishning ahamiyati ta’lim – tarbiya ishining ahamiyati bilan hamohangdir.
Axborot texnologiyalari (AT) – bu tizim  masalalar yechimini topish  maqsadida axborotlarni yig‘ish, qayta yig‘ish, qayta tiklash, saqlash, ifodalash, tizimlash, uzatish va uni iste’molchiga foydalanishga qulay holga keltirish jarayonini kompyuter va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladigan, tartibga solingan amaliy dasturlar majmuasidir.
Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Tayyorlangan ma’lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha qayta ishlangan ma’lumotlarni uzatishni o‘z ichiga oladi.
Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug‘i bo‘lmasdan, balki ular ta’lim, tarbiya, san’at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va shu kabi sohalarning rivojlanishida ham doimo muhim omil bo‘la oladi.
Zamonaviy hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotlarni to‘plash, saqlash va kerakli manbalarga uzatishning zamonaviy usullari, ya’ni kompyuterlashtirilgan usullarigacha rivojlanib boraveradi.
Axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi, bu sohadagi ishlarni jonlantirib yubordi, ya’ni endigi hayot nafaqat axborotlar, axborot texnologiyalari, balki axborot tizimlarini yaratishni taqozo etib qoladi va ulardan bilim bazalari, vazifalar, mantiqiy xulosalarni yechuvchi mashina kabi xizmat tizimlarini ham o‘zichiga olishini talab qilmoqda. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy islohotlarga bog‘liqdir.
Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta’lim muhitiga integrallashishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi. Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash va uni boshqarish ham muhim o‘rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda.
2012-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM) o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi.
“O‘zbekenergo” AJda Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, o‘tgan yil 30 noyabrda Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan “O‘zbekenergo” AJda Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, o‘tgan yil 30 noyabrda Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimni, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimi hamda axborot boshqaruv tizimlari (ERP) boshqariladigan yagona respublika ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolangan edi. Ushbu Markazda yetakchi ishlab chiqaruvchilarning eng zamonaviy uskunalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Hozirda elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashish va taqsimlash bo‘yicha energetika tizimining barcha korxonalarini, jumladan, barcha elektr energiyasi iste’molchilarini qamrab oladigan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini, shuningdek, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimini joriy etish bo‘yicha ishlari boshlandi. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasining 1 bosqichi (Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyati)da amalga oshirish davomida Osiyo taraqqiyot bankining iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi va 2019 yil 1 sentyabrgacha ishga tushirilishi mo‘ljallangan. Bundan tashqari, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimini yaratishni moliyalashtirish masalalarini hal qilish maqsadida joriy yilning 11 yanvar kuni “Eximbank”ning Seuldagi bosh ofisida “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov va “Eximbank” direktori Von Suk Xa o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida tegishli tadqiqotlar o‘tkazish va yuqori malakali xorijiy maslahatchilar yordamida loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun grant ajratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ma’qullanganidan so‘ng, “Eximbank” loyihaga 20 yil muddatga imtiyozli kredit ajratadi. E’tiborli jihati, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimining joriy etilishi elektr qurilmalari ish rejimining optimallashtirilishi va inson omili tufayli yuz beradigan avariyaviy o‘chishlar oldi olinishi orqali iste’molchilarning elektr energiyasi bilan ta’minlash ishonchliligini oshirishga yordam beradi.
 
 1.1Lokal tarmoqning paydo bo`lishi
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo’shimcha mablag’ni asraydi.
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi.
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
— past  100 Kbit/ s gacha;
— o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
— yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq:
— LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
— CAN (Campus-Area Network) — kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
— MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
— WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
— GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun — hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi.
 4) tugunlar munosabatiga ko’ra:
— bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).
 5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS):
gomogenli — hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i);
geterogenli — bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).
Tarmoservisi
 Tarmoqda bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz:
 -fayl — server — mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga kirish imkonini berishi zarur. Shunigdek, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi;
— print — server umumiy holda ko’pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;
faks – server-mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari  bilan mujassam  tarmoqli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bu   go’yo axborot chiqarishga o’xshaydi (printer kabi). Faks-server olgan faksimal xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi.
-elektron pochta (E-mail) — mijozlar o’rtasida, ular bir-birlaridan qancha uzoqlikda joylashganligidan qat’iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu erda jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o’z adresiga ega. Uni jo’natuvchi desak, qabul qiluvchi xam o’z adresiga ega. «Xat» pochta qutisiga tashlanadi (ya’ni pochta serveri) va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni bu erda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo’ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi.
-bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot (matnli, tovush, video) almashinishi tushuniladi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o’tkazish qobiliyati kuchli bo’lishi lozim. MS Net Meeting – dasturi orqali bevosita muloqotni amalga oshirish mumkin.
Lokal kompyuter tarmoqlari
Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamlakat, qit’alarni qamrab oladi. Lokal tarmoqlar esa etarlicha kichik maydonni o’z ichiga oladi. Ular 10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga xizmat qilishga mo’ljallanadi. Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini beradi. Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print serverlari va boshqalar) o’zaro kabel bilan bog’lashdan iborat. Ular o’z navbatida tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) ulanadi.
Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda uchta topologiya qo’llaniladi:
  1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega.
  2. Xalqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
  3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.
Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi.
Kabellar asosan uchga bo’linadi:
-koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.
-juftli o’ram kabellari (tvisted pair) telefon simini eslatadi. O’tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi
.
-optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo’llaniladi. O’tkazish tezligi: 2 Gbit/sek.
Tarmoq kabellarini  texnik ko’rsatkichi
Kabel turi
O’tkazish tezligi,
Mbit/sek
Tarmoqni hosil qiluvchi nuqtalar orasidagi masofa
Kabel uzilganda tiklash mukinligi
Narxi
Koaksial kabellar
10 Mbit/sek
500 m
Past
100 so’m/metr
Juftli o’ram kabellari
100 Mbit/sek
100 m
yaxshi
200 so’m/metr
Optiktolali kabellar
1-2 Gbit/sek
100 km
Maxsus qurilmalar talab qilinadi
1000-3600 so’m/metr
Lokal tarmoqlarning qo’llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ishlarini avtomatlashtirish, korxona boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va robototexnika komplekslari, bank va axborot sistemalari, elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi.
WINDOWS OSda lokal tarmog’ni sozlash va ishlatish uchun juda qulayligini albatta e’tirof etish kerak. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar Sizning kompyuteringiz lokal tarmoqqa ulanmagan bo’lsa, sozlash ishlari olib boriladi. Kompyuter tarmoqda ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha:
Avvalo kompyuterda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch hosil qilish darkor.
RJ-45 raz’yomiga maxsus konnektor orqali simlar ulanadi.  -konnektor.
Boot Rom mikrosxemasi tarmoqdagi boshqa kompyuterdan foydalanib, operatsion sistemani yuklash imkonini beradi. Simlar  HUBlarga ulanib tarmoq hosil qilinadi.
HUB (Switch) qurilmasidan foydalangan holda  kompyuterni tarmoqqa ulash. Hub lar xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lash uchun kerak bo’lsa, Switchlar binolar orasiga qo’yiladi.
Tarmoqda ishlovchi har qanday kompyuter o’z nomi, maxsus TCP-IP adresi va  ishchi guruhiga ega bo’lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom va TCP-IP adres bilan murojaat qilishlari mumkin (fayl va papka, xabar jo’natish). Windows OC o’rnatilgan kompyuterlar orasida aloqa mavjudligini tekshirish uchun ping <TCP-IP>  (bu erda TCP-IP tarmoqdagi tekshirilayotgan kompyuter adresi) buyrug’i  ishlatiladi. Masalan, ping 10.1.14.27.
BlueTooth –kabelsiz tarmoq.
BlueTooth — kabelsiz tarmoq standartidir. Ishlash radiusi 10- 100 metr oralig’i bo’lib, 2.5 GGts chastotada ishlaydi. O’tkazish tezligi 1Mbit/sek. Albatta qurilmalar ham bu standart uchun mo’ljallangan bo’lishi shart. Shuningdek, qo’l (mobilniy) telefoni bilan aloqa bog’lash mumkin. Agar telefon operatori (masalan, Uzdunrobita) Internetga bog’lash imkonini bersa, u holda kompyuterdan va qo’l telefonidan foydalangan holda simsiz Internetga bog’lanish mumkin (noutbuklar uchun juda qulay).
                       1.2 Hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish tamoyillari
Informatsion texnologiyalarda port – bu yuborilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar o`rtasidagi bog`lanishni tashkil etadi (mantiqiy yoki fizik).Odatda quyidagilar:
Qurilmali (apparatli) portlar – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo`lib u asosan vilka yoki kabel yordamida kompyuterga bog`lanadi.Ularga quyidagilar kiradi:
Parallel port, Davomli port, USB, PATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2
Kiritish- chiqarish porti – mikroprotsessorlarda (masalan Intel) qurilmalar yordamida ma`lumotlar almashish imkonini beradi. Kiritish- chiqarish porti dasturga ma`lumotlar berish va uni almashishni tashkil etadi.
Tarmoqli port – TCP va UDP protokol parametrlari bo`lib u  IP formatidagi ma`lumotlar paketi qo`llanilishini aniqlaydi.
Kompyuterning tashqi qurilmalari bilan axborot almashishi jarayonini, kopmyuterning tashqi interfeysi tashkil qiladi. Tashqi interfey tashqi portlar, shinalar, kopmyuterlar birlashmasi va tashqi qurilmalar jamlamasidan iboratdi. Asosan kopmyuter va tashqi qurilmalarni bir-biriga bog’lashda shinalardan foydalaniladi.
Kopmyuterga printer, scaner, sichqoncha, klaviatura va shunga o’xshash qurilmalarning  kompyuterga ulanishi tashqi interfeysga misol bo’ladi. Tashqi interfeysni amalga oshirish uchun unga apparat va dasturiy ta’minot: tashqi qurilmani boshqaruvchisi (controller) va controller ni boshqaruvchi maxsus dastur, drayver (driver) kerak bo’ladi.
Har qanda kopmyuterda tashqi interfeys bir qancha portlar, jumladan, LPT, PS/2, COM, USB, … kabilar orqali amalgam oshiriladi. (1-rasmga qarang). Har bir portning o’ziga yarasha vazifasi bor.
IEEE 1284 (Printer port, parallel port, LPT) – shaxsiy kompyuterga ulashga mo`ljallangan xalqaro parallel interfeys standartiga mos tushuvchi qurilma. “LTP” nomi MS DOS oilasidagi operatsion tizimdagi “LTP1” (Line Printer Terminal yoki Line PrinTer) standart nomidan kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda bu interfeys asosan USB interfeysi bilan mos tushadi va u yi`g`ma apparatlarni (skaner – printer — kserokopiya)  ulashsh uchun ishlatiladi. Lekin asosan yuqori tezlikda chop etish va printer uchun ishlatiladi. Bu bilan asosan Cetronics, Betronics, HP, Hewlett-Packard firmalari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular 1284.3-2000 va 1284.4-2000 standartiga asoslangan. Ishchi rejimlari:
  • SPP(Standart Paralell Port) — bir yo`nalishli port, to`laligicha Cetronics interfeysi bilan mos tushadi.
  • Nibble Mode— SPP rejimida ikki yo`nalishli ma`lumotlar almashinishga asoslangan (4 baytli) qo`shimcha qurilmalar bilan jihozlangan
  • Byte Mode— Ba`zida qo`llaniluvchi IEEE 1284 standartiga asoslangan eski  kontrollerlardan ikki tomonlama ma`lumot almashish uchun foydalaniladi.
  • EPP(Enhanced Parallel Port) —ishchi qurilma Intel, Xircom va Zenith Data Systems — firmalariga tegishli ikki tomonlama ma`lumot almashish, 2 Mbayt/sekund tezlikda
  • ЕСР(Extended Capabilities Port) — ishchi qurilma Hewlett-Packard va Microsoft kompaniyalari, qo`shimcha ravishda ma`lumotlarni siqish appatiga ega va DMA rejimida ishlovchi qurilma
Tarmoq kommutatori (TCP/IP port) yoki svitch (switch- qo`shmoq, qaytaulagich)- kompyuter tizimlarida bir necha uzellarni bir segmentda birlashtirish uchun mo`ljallangan qurilma. Konsentratorlardan asosiy farqi bitta qurilmaga berilgan ma`lumotlar kommutator orqali boshqa kommutatorlarga uzatiladi. Kommutatorlar OSI modelining kanal rejimida ishlaydi va bir- bir biriga MAC adresslari orqali uzellar bir tarmoqqa bog`lanadi. Bir necha tarmoqlarni birlashtirish uchun tarmoq darajali marshrutizatorlardan foydalaniladi.
Kompyuterning ichki portlari bilan ishlash.
Kompyuterning ichiki portlari ichiqi qurilmalarning bir-biri bilan aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi, xuddi tashqi portlarga o’xshab. Ichiki portlarda ham axborot (signal) lar uzatish uchun qo’llaniladi va har bir portning maxsus raqami mavjuddir. Har qanday ichiki qurilmaning o’zining porti mavjud. Bu portlardan protsessorning buyrug’iga qarab, shu portdan axborot qabul qilishi yoki uzatishi mumkin. Agar microprotsessor ma’lum raqamli portga OUT buyrug’ini bersa, shu portdan ma’lumot uzatish mumkin. Bu ma’lumotning o’lchami 1 yoki 2 bayt bo’lishi mumkin. Agar microprotsesseor IN buyrug’ini bersa, deman shu portdan axborot o’qilishi lozimligini bildiradi.
Masalan, klaviaturada ixtiyori tugmaning bosilgani holati. Bu holatda darhol natijasi namoyon bo’ladi. Lekin bu jarayon bir necha bosqichlardan o’tadi. Klaviaturanig tugmasi bosilganda markaziy protsessor klaviaturaning portiga IN buyrug’ini beradi. Qaysi tugma bosilgani aniqlanib chiqish portlariga uzatiladi.
Ichki portlarning 944 (ЗВ0(16))-sidan boshlanadigan bir qancha portlar oq-qora grafikali rejim uchun, 976(3D0(16)) boshlanadiganlari ragli grafik rejim uchun. 1008 (3F0(16)) dan boshlanadiganlari yumshoq disk (floppy) ni boshqarish uchun, 1013(3F5(16))  da esa floppy diskka yozish va floppy diskdan o’qish uchun qo’lladinlar.
Agar kopmyuterda tashqi portlar mavjud bo’lmasa u kopmyuterda faqat o’zining ichida bor ma’lumotlar bilan ishlash mumkin, ya’ni tashqi qurilmalar ulab bo’lmaydi. Bu esa ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Ichiki portlarning mavjud bo’lmasligi mumkin emas. Chunki ularsiz kopmuuter ishlashi emas yonishi qiyin. Insonning qon tomirlari inson tanasini kislorodni eltib bersa, portlar esa kopmyuterning qurilmalarini axborot (berilgan buyruq) ni eltib beradi. Ayonki, insonning qon tomirlari bo’lmasa yashamasligi aniq, kopmyuter ham shundoq portlari bo’lmasa u kopmyuter emas.
3.Interfeys bu ikki tizim, qurilma yoki dastur orasidagi chegara bo`lib u elementlar orasidagi bog`lanishni tashkil etuvchi yordamchi boshqaruvchi mikrosxemalar yoki bog`lanish qurilmasidir.
Foydalanuvchi interfeysi – foydalanuvchi bilan qurilmalar o`rtasidagi aloqani ta’minlab beruvchi muhit:
Buyruqlar qatori interfeysi: matnli qator (buyruq) yordami bilan yo`l ochuvchi kompyuter konstruksiyasi;
Foydalanuvchining grafik interfeysi(graphical user interface, GUI): Monitorning elementlarini taqdim etuvchi dasturiy funksiya;
Dialogli interfeys;
Yagona tilli interfeys: foydalanuvchi dastur bilan uning ona tilisida “gaplasha oladi”.
Miya interfeysi (in english: brain- computer interface) – kompyuter elektordlar va miyaga o`rnatilgan retseptorlar yordamida foydalanuvchi miyasidagi o`zgarishlarga mos ravishda ovoz va nurlanishni boshqarib turishga javobgar bo`ladi.
Fizik interfeys – bu fizik qurilmalar bilan ishlash muhiti. Bu muhit haqida gapirilganda asosan kompyuter portlari tushuniladi:
            Tarmoqli interfeys;
            Shlyuz (telekommunikatsiya) – mahalliy tarmoqlarni undan kattaroq tarmoqlar bilan, misol uchun Internet, bog`lovchi qurilma;
            Shina(Kompyuter);
COM interfeys (Component Object Model interface) – mavhum funksiyalar va xususiyatlarni shu interfeys komponentalari orqali boshqa dasturlarda aniq funksiya ko`rinishida qo`llash imkonini beradi;
Ma’lumotlar almashish uslubiga ko`ra interfeys parallel va interfeyslarga bo`linadi
4.Kompyuter tarmog`i (hisoblash tarmog`i, ma`lumotlar almashish tarmog`i) – ikki yoki undan ortiq kompyuterlar o`rtasidagi aloqa tizimidir. Ma`lumotlar almashish turli xil fizik hodisalarni qo`llash orqali amalga oshiriladi: elektr signallari yoki elektromagnit nurlanishlarning turli xil ko`rinishlari orqali.
Kompyuter tarmog`i o`z navbatida ma`lum qoidalar asosida bir necha turlarga bo`linadi.
Sinflanishi
  1. Hududiy chegaralanishlar va o`lchamlar bo`yicha:
  2. a) Shaxsiy tarmoq (PAN, Personal Area Network);
  3. b) Mahalli tarmoq (LAN, Local Area Network);
  4. c) HomePNA;
  5. d) Shahar tarmog`i (MAN, Metropolitan Area Network);
  6. e) Milliy tarmoq;
  7. f) Xalqaro hisoblash tarmog`i (WAN, Wide Area Network);
  8. Operatsion tizim tarmog`i bo`yicha:
  9. a) Windows asosida;
  10. b) UNIX asosida;
  11. c) NetWare asosida;
  12. d) Aralashgan;
  13. Funksional qo`llanilishi bo`yicha:
  14. a) Ma`lumotlarni saqlash tarmog`i;
  15. b) Serverli fermalar;
            c)
  1. d) SOHO tarmog`i;
  2. O`zaro aloqadorlik bo`yicha:
  3. a) Mijoz- server;
  4. b) Ko`p qatlamli arxitektura;
  5. c) Nuqta- nuqta;
  6. d) Bir rangli(bir xillilik);
  7. Tarmoq topologiyasi tipi bo`yicha:
  8. a) Shina;
  9. b) Yulduz;
  10. c) Xalqa;
  11. d) Panjara;
  12. e) Aralashgan topologiya;
  13. f) To`liq aloqadagi topologiya;
  14. Zaruriy holda doimiy aloqani ta`minlash bo`yicha:
  15. a) Paketli tarmoq, misol uchun Fidonet va UUCP;
  16. b) Onlayn (online) tarmoq, misol uchun Internet va GSM
Protokollar steki
Kompyuter tarmog`ini boshqarish davomida bir necha ko`rinishdagi protokollar to`plamidan foydalanish mumkin. Quyida ulardan bir nechtasi berib o`tilgan:
ARCNET, DECnet, Ethernet, IP, TCP, UDP, AppleTalk, Token Ring, IPX, SPX, FDDI, HIPPI, Myrinet, QsNet, ATM, IEEE-488, USB, IEEE 1394 (Firewire, iLink), X.25, Frame relay, Bluetooth, IEEE 802.11, Systems Network Architecture, RapidIO
Kommunikatsiya nazariyasi
  1. Darajalar:
  2. a) OSI modeli;
  3. b) Amaliy daraja;
  4. c) Axborotni taqdim etish darajasi;
  5. d) Seansli daraja;
  6. e) Transportli daraja;
  7. f) Tarmoqli daraja;
  8. g) Kommutatsiya;
  9. h) Marshrutizatsiya;
  10. i) Kanalli daraja (Ma`lumotlarning bog`lanish darajasi);
  11. j) Fizik daraja;
  1. Tarmoqlar orasida ma’lumotlar almashish turlari:
  2. a) Simli (o`tkazgichli) aloqa: PSTN telefon tarmog`i, Modem va kommutatorli aloqa, Belgili liniyalar(Выделенныелинии);
  3. b) Paketlar kommutitatsiyasi (Коммутацияпакетов): Frame relay, PDH, Ethernet, RS-232;
  4. c) Oprik tola bo`yicha ma`lumot almashinish: Synchronous optical networking, Fiber    distributed data interface;
  5. d) Simsiz aloqa
  6. i) Yaqin radiusli harakat: Bluetooth, Human Area Network;
  7. ii) O`rta radiusli harakat: IEEE 802.11, Netsukuku
iii) Uzoq radiusli harakat: Sun`iy yo`ldoshli aloqa, MMDS, SMDS
  1. e) Mobil telefon yordamida ma`lumotlar almashish: CSD, GPRS, HSCSD, EDGE, UMTS,      HSDPA, HSUPA, CDMA, CDPD, Paging networks, DataTAC, Mobitex, Motient;
1.3    Konsentratorlar bajaradigan vazifalar
Tarmoq konsentratori – tarmoq qurilmasi bo`lib, u asosan bir necha Ethernet qurilmalarini bir segmentda birlashtirishga xizmat qiladi. Bu qurilma koaksil kabel yoki optic tolali o`tkazgichlar bilan bog`lanadi. Hozirgi paytda ular ko`p darajada qo`llanilmaydi- ular o`rnida tarmoq kommutatorlari alohida segment ko`rinishida ishlatiladi. Bu kommutatorlar qo`pol ravishda “intellektual konsentratorlar” deb ham yuritiladi.
Hozirgi zamonaviy texnologiyalarda asosan bir biriga o`xshash bo`lgan bir necha  qurilmalardan foydalaniladi, misol uchun konsentrator (concentrator), hab (hub), takrorlagich (repeator). Ular bir- biriga o`xshash bo`lsada lekin ularning bajaradigan vazifasi va konsrukturaviy qo`llanilishiga qarab farqlanadi.
Konsentratorlar odatda bir necha portlardan iborat bo`lib, ular tarmoq uzellarininh alohida segment kabellariga ulangan bo`ladi. Konsentratorlar turli mahalliy tarmoq protokolallarini bir segmentda joylashtirishga harakat qiladi, misol uchun Ethernet, Token Ring. Bunga asosiy sabab turli mahalliy tarmoq protokollarining har xilligidadir, misol uchun Ethernet, Tokent Ring, FDDI va 1OOVG- AnyLAN tarmoqlari.
Konsentratorlar tarmoqning OSI modelidagi fizik muhitida ishlaydi, bitta portdan kelgan signalni barcha aktiv portlarga uzatadi. Agar bir vaqtda ikki yoki undan ortiq portlardan kirish bo`lsa, kolliziya hosil bo`lib ma`lumot kadrlari buziladi. Konsentratorlar doimo yarim dupleks rejimida ishlaydi.
Yuqorida aytib o`tilgan kolliziyani yo`qotish uchun  asosan ko`p sonli konsentratorlarni birlashtirish orqali bu muammoni hal etish mumkin.
Konsentratorlarning tavsifi:
  • Portlar miqdori– tarmoqqa bog`lanish uchun odatda 4, 5, 6, 8, 16 portli xablar (odatda oxirgi ikkitasi) ishlab chiqariladiva foydalaniladi va bir necha konsentratorlardan foydalanilganda kaskad usulidan foydalaniladi;
  • Ma`lumot almashinish tezligi– konsentratorlarning ma`lumot almashish tezligi odatda 10 va 100 Mb/s oralig`ida o`zgarib turadi. Tezlik avtomatik ravishda yoki qayta ulagich yordamida o`zgartirilib boriladi. Konsentratorlarning afzallik jihati u barcha portlarga axborotni bir xil tezlikda uzatadi;
  • Tarmoq o`tkazmalarining tipi— odatda maxsus o`tkazgich yoki optic tolali o`tkazgich, ba`zi konsentratorlarda aralashgan o`tkazmalardan foydalaniladi. Misol uchun maxsus o`tkazgichlar va koaksial kabellarni muvofiqlashtirgan holda;
            Aniq bir protokol uchun ba`zan maxsus tuzilishga va ishlash funksiyasiga ega bo`lgan konsentratorlar ishlatiladi, masalan Token Ring konsentratorlari MSAU nomi bilan ham yuritiladi. Har bir konsentrator bir qancha funksiya bajaradi va bu uning bir necha xususiyatlari va qaysi protkollarni quvvatÿÿshigÿÿbog`liq. Uning aÿÿÿÿy funksiyasi bu qo`himcha funkÿÿÿÿangiÿÿdir. Misol uchun Token Ring protokolida noto`gri ishlayotgan portni uzish va qo`shimcha xalqaga qayta uzatishi mumkin bu uning yozilmagan tasniflaridan biridir.
Ethernet konsentratorlari
Ethernet texnologiyasi qurilmasida bir necha fizik segmentlarni birlashtirishda allaqachon koaksial kabellardan foydalanib kelinadi va u bajaradigan asosiy funksiya – ya`ni bir portdan olingan signal tarmoqdagi barcha portlarga yuborish xususiyati bilan “qaytargich” nomini oldi. Koaksial kabel qo`llanilgan tarmoqlarda faqat ikkita segmentni birlashtirishda odatda qo`sh portli qaytargichlardan foydalaniladi va odatda unga nisbatan konsentrator atamasi qo`llanilmaydi.
10 Base-T spesifikatsiyasi yordamida Ethenet tarmoqlarining qismlari hosil qilinadi va agarda undan foydalanilmasa faqatgina ikkita uzel tarmog`ini boshqarish mumkin bo`ladi. Ko`p portl Ethernet qaytargichlari konsentrator yoki  xab nomi bilan yuritiladi va odatda o`zidan ko`p uzelli segmentlarni markazlashtirishga erishadi. Ethernet konsentratorida odatda 8 dan 72  gacha portlari bo`ladi, va ularning asosiy qismi kabellarni tarmoqqa ulashga  mo`ljallangan. Quyidagi rasmda tipik konsentrator berilgan bo`lib, unda 16 ta port bor va 10Base-T standarti va RJ- 45 muhiti bilan hosil qiligan va shuningdek bitta AUI porti tashqi transferga ulashga mo`ljallangan.
Odatda bu portga transiver ulanadi va bu koaksial yoki optic tolali o`tkazgichlarda ishlaydi. Bu trannver yordamida konsentrator magistral kabelga ulanishi mumkin va bu bir necha konsentratorlarda qo`llash mumkin va bu ishchi stansiyadan odatda 100m dan ortiq masofagacha olib boorish mumkin.
Iyerarxik tizimlarni 10Base-T texnologiyasida konsentratorlar bilan birlashtirishda koaksial yoki optic tolali o`tkazgichlar talab etilmaydi, bunda oxirgi portlani birlashtishning o`zi kifoya qiladi. RJ- 45 oddiy porti tarmoq adapteriga bog`lashga mo`ljallangan va u MDI-X (kesishgan MDI) nomi bilan yuritiladi. Adapter konsentratorga standart bog`lovchi kabel yordamida kesishmali bo`lmagan holatda bog`lanadi.
Ko`p portli qaytargich – Ethernet konsentratori to`rtlik xab qoidasi bo`yicha ishlatiladi. Katta hajmli barcha portlar bitta qaytaruvchi blok bilan bog`liq bo`ladi va ikkita  portdagi qaytargichlar va qaytaruvchi blok orqali bir marta qaytarilish orqali o`tadi. Bu faqat to`rtlik xab qoidasida bajariladi. Lekin, boshqa modellarda har bir port uchun alohida biriktirilgan qaytaruvchi blok biriktirilgan bo`ladi.
Bir modali optik tolali kabellarda lazer nurlanishini qo`llash mumkin va bu orqali axborotni 40- 100 kmgacha uzatish mumkin.
Ko`p segmentli konsentratorlar
Kompyuterlar orasidagi turli xil segmentlarni birlashtirishda konsentratorlardan foydalanib bo`lmaydi va konsentratorlardagi shinalar bilan hech qanaqa aloqa o`rnatib bo`lmaydi. Ko`p segmentlarni bo`lish uchun ko`p segnetli konsentratorlar zarur bo`ladi va bu uni oson o`zgartirish imkonini beradi. (quyidagi rasm)
Katta hajmdagi ko`p segmentli konsentratorlar, misol uchun Nortel Networks kompaniyasining System 5000 yoki 3Com kompaniyasining PortSwitch konsentratorlari ichki shinalardan biri bilan portni bog`lash uchun alohida dastruriy ta`minotni talab qiladi, masalan mahalliy konfiguratsiyani konsol port orqali osil qiladi.
Natijada administrator tarmoqdagi foydalanuvchining kompyuteriga konsentratordagi istalgan portlar orqali ulanishi (bog`lanishi mumkin). Keyin bu har bir segmentni konsentratorning tuzilmasi dasturi orqali boshqarishi mumkin. Agarda ertasi kuni biror bir segment yuklanish (peregruzka) holatida bo`lsa konsentratordagi boshqa segmentlar orqali kompyuterga murojaat qilishi mumkin.
Konsentratorlaning tuzilmaviy qo`llanilishi
Konsentratorlarning tuzilmasiga qarab uning foydalanish sohasi farqlanadi va uni ko`rsatib beradi. Ishchi guruh konsentratorlarining barchasi ma`lum aniqlangan sondagi portlar bilan ishlab chiqiladi, korporativ konsentratorlar esa modulli ko`rinishda bo`ladi, bo`lim konsentratorlar esa  oqim tuzilmali bo`ldi. Bunday bo`linish muhim hisoblanmaydi, va korporativ konsentratorlar sifatida modulli konsentratorlani ham qo`llash mumkin.
Konsentrator portlarini ko`pyatirish usullari
Bu juda sodda tuzilmaviy qo`llanish bo`lib, bu qurilma doimo keraksiz elementlar (masalan portlar, indikatsiya bo`limi va ta`minlash manbai) uchun alohida korpusni hosil qiladi. Chunki bu  elementlarni band qilish foydasiz hisoblanadi. Odatda bu turdagi konsentratorlar faqat bir axborot almashnish muhitini hosil qilishi mumkin, va umumiy portlar soni 4-8 dan 24 tagacha o`zgartirish mumkin. Bitta port albatta tarmoq magistaraliga ulanish uchun ajratilgan bo`lishi shart (bu port AUI interfeysi bilan ishlaydi). Bu usl bilan ixtiyoriy fizik muhitdagi konsentrator portiga amaliy jihatdan murojaat qilish mumkin.
Ulanish usullari
  1. modulli konsentratorlar;
  2. oqimli konsentrator;
  3. modul- oqimli konsentratorlar;
lokal tarmoqqa xizmat ko`rsatish
 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
  1. B.Х, Djurayeva Х.G, Irgashev    «Informatika va informatsion texnologiyalar» Тoshkent –2001.
  2. Raxmonqulova S.I. IBM «shaxsiy kompyuterlarida ishlash».Т., UUI, 1994 y.
3.X.Zayniddinov, S. O‘rinboyev, A. Beletskiy «Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi» «SHARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent – 2007
 

Оставьте комментарий