Dunyodagi eng arzon smartfonning narxi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyodagi eng arzon smartfonning narxi qancha?

Hindistonning Reliance konglomerati JioPhone Next smartfoni Google bilan hamkorlikda yaratilganini e’lon qildi.

Ma’lum qilishicha, qurilma $47 qiymatida sotuvga chiqadi. JioPhone Next nafaqat Hindistondagi, balki butun dunyodagi eng arzon smartfonga aylanishini ta’kidlagan.

Qurilma Qualcomm Snapdragon 215 mobil platformasi bilan jihozlangan bo‘lib, u Android 11 Go operatsion tizimida ishlaydi. Telefonga Duo Go va Google Camera Go dasturlarining yengillashtirilgan versiyalari o‘rnatilgan bo‘ladi. Ekran tiniqligi HD+ bo‘lib, smartfon ikkita SIM-karta slotiga ega bo‘ladi, 4G VoLTE, Wi-Fi va Bluetooth 4.2’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonning asosiy kamerasi 13 megapikselli OmniVIsion, frontal kamerasi — 8 megapikselli sensor bo‘lib, 1080r sifatda video tasvirga olishga qodir. Tezkor xotirasi esa 3 gigabaytni tashkil etadi. Mazkur smartfon 10-sentabrda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

O’zbekistondagi eng arzon telefon qaysi?