Emizikli onalarga maslahatlar

DO`STLARGA ULASHING:

Emizikli onalarga maslahatlar

🌟Bolani emizish vaqtida toʻgʻri ushlash lozim;

🌟Koʻkrak bezi soʻrgʻichlari yalligʻlanishining oldini olish uchun davriy ravishda bolaga taʼsir qilmaydigan maxsus krem va losyon surtish kerak;

🌟Bolani tez-tez, qisqa muddatga emizish koʻkrak bezlaridagi ogʻ­riqlarni kamaytiradi;

🌟Bolani emizish oldidan iliq dush qabul qilish ham ogʻriqlarni bartaraf qilishda yordam beradi;

🌟Bolani emizib boʻlganingizdan soʻng, koʻkrak bezlariga sovuq kompresslar qoʻysangiz ogʻriq qoladi;

🌟Emizikli onalarga iloji boricha koʻproq suyuqlik ichish va dam olish tavsiya etiladi;

🌟Koʻkrak bezi soʻrgʻichlarida yorilishlar kelib chiqsa, lanolin, solkoseril malhamlari yoki chakanda moyini surtish tavsiya etiladi;

🌟Koʻkrak bezi terisiga tarkibida spirt saqlovchi eritmalar (zelenka yoki yod) surtish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, bu sohaga sovun ishlatish ham mumkin emas.

Manba©
@Yosh_onalarga_maslahatlar

Оставьте комментарий